• December 2022
  • Translation forum – 2022 форум переводоведов– 2022 tarjimashunoslar forumi




    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/11
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #257008
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1 Akmal SAIDOV 7-17

    TRANSLATION FORUM – 2022 
    ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ– 2022
     
    TARJIMASHUNOSLAR FORUMI
    – 2022
     
     
    VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28 
    ISSN 2181-1784 
    SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
     

    w
    www.oriens.uz
    December 
    2022
     
    example of the scientific and practical activities of Professor Gaibulla Salomov, the 
    founder of the Uzbek school of translation. 
    Key words

    comparative studies, international literary relations, migration of 
    literary ideas and interpretations, comparative historical method, literary translation, 
    Uzbek school of translation studies. 
    Qiyosiy adabiyotshunoslik – adabiyot tarixining xalqaro adabiy alo-
    qalar va munosabatlarni, turli mamlakatlardagi adabiy-badiiy voqea-
    hodisalarning o‘xshash va farqli jihatlarini o‘rganuvchi mustaqil yo‘-
    nalishidir [1]. Bu maktab namoyandalari, bir tomondan, asosiy e’tiborni 
    adabiy oqimlar, milliy va xorijiy adabiyotlar, obraz va syujetlar o‘rtasidagi 
    o‘xshash hamda farqli xususiyatlarni aniqlashga qaratadi. Boshqa tomon-
    dan esa, adabiy g‘oya va talqinlar migratsiyasini, ya’ni bir xalq ada-
    biyotining boshqa xalq adabiyotiga ta’siri va o‘zaro o‘zlashtirilishini jahon 
    adabiy taraqqiyotning muhim omili deb qaraydi. 
    Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik sohasi ilm-fanda «komparativisti-
    ka» deb ham nomlanadi. Bu lotincha atama «qiyoslamoq» degan ma’noni 
    anglatadi. Ushbu maktab XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada paydo 
    bo‘lgan.
    Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasiga germaniyalik filologlar, xususan, 
    Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) asos solgani e’tirof etiladi. U o‘zining 
    adabiyotni tarixiy-qiyosiy o‘rganish uslubini «Eng yangi nemis adabiyoti 
    xususida. Parchalar» (“
    Fragmente zur deutschen Literatur”
    , Riga, 1766-
    1768) va «Tanqid o‘rmonzori» (“
    Kritische Wälder”
    , 1769) asarlarida 
    bayon etgan. 
    Ma’lumki, I.G.Gerder adabiy jarayonni har bir xalqning tarixiy va 
    ma’naviy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rgangan. Olim adabiyot-
    shunoslikda qiyosiy-tarixiy uslubning ahamiyatiga e’tibor qaratar ekan
    bunda dunyodagi turli xalqlarga mansub adabiy yodgorliklarning o‘ziga 
    xos xususiyatlariga alohida urg‘u beradi. Uning qayd etishicha, qiyosiy 
    adabiyotshunoslik sohasining shakllanishida birinchi navbatda xalqaro 
    tarixiy-iqtisodiy aloqalar muhim omil bo‘lgan. 
    Keyingi davrda bir qator taniqli adabiyotshunos olimlar qiyosiy ada-
    biyotshunoslik sohasini izchil rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan. 
    Rossiyalik adabiyotshunos olimlar A.N.Veselovskiy, V.M.Jirmunskiy va 
    N.I.Konrad; Fransiyadan – F.Baldansperje va P.van Tigem; AQShdan – 



    Download 0,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Translation forum – 2022 форум переводоведов– 2022 tarjimashunoslar forumi

    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish