|
Translation forum – 2022 форум переводоведов– 2022 tarjimashunoslar forumiBog'liq 1 Akmal SAIDOV 7-17TRANSLATION FORUM – 2022
ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ– 2022
TARJIMASHUNOSLAR FORUMI
– 2022
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
14
w
www.oriens.uz
December
2022
aniqlashgina emas, balki o‘zbek tilining salohiyati, boyligi va
imkoniyatlarini ko‘rsatish, jahon adabiyotini milliy zaminda qayta yaratish
ekani tan olinib, tarjimashunoslik shu jarayonni umumfilologik aspektda
tadqiq qiladigan fan ekanligi aniqlandi. Tarjima Vatan adabiyotini boyitish,
o‘zaro ma’naviy qadriyatlar, fikr-g‘oyalar almashish vositasi, tarjimon esa
chinakam ijodkor adib deb qaraladigan bo‘ldi[12].
Domlaning bevosita sa’y-harakatlari bilan o‘sha paytdagi ToshDU
(hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) negizida sobiq ittifoqda birinchi
bo‘lib “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tashkil etilgandi.
G‘aybulla Salomov mamlakatimizda eng ko‘p shogirdlar tarbiyalagan
zahmatkash olimlardan biridir. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda,
domlaning ilmiy rahbarligida 67 kishi fan nomzodi, 8 kishi fan doktori
bo‘lgan. Ular orasida mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan fan va
madaniyat xodimlari, jamoat arboblari bor[13].
Ustozning badiiy tarjimachilik va tarjimashunoslikka doir ilmiy-
nazariy asarlari kutubxonalarda, Internet sahifalarida faol izlab-topib
o‘qilayotgan nashrlar sirasiga kiradi.
Jumladan, «Maqol va idiomalar tarjimasi» (1961), «Til va tarjima»
(1966), «Tarjima nazariyasiga kirish» (1978), «Do‘stlik ko‘priklari»
(1970, N.Komilov bilan hamkorlikda), «Adabiy an’ana va badiiy
tarjima» (1980), «Tarjima nazariyasi asoslari» (1983) kabi kitoblari
tadqiqotchilar, o‘qituvchi va talabalar uchun muhim hamda qiziqarli
manbalar hisoblanadi.
Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin. Ya’ni, olim bo‘laman degan
kishiga naqadar katta talablar qo‘yilishini, xususan, undan tom ma’noda
ilmli va izlanuvchan, mehnatsevar va kamtar, halol va xolis, jonkuyar va
fidoyi, sodiq va vatanparvar bo‘lish talab etilishini bilamiz. Ammo, odam
bo‘lish uchun bu fazilatlarning o‘zigina hali yetarli emas.
Aytmoqchimanki, G‘aybulla aka avvalo o‘zlari ulug‘ alloma va pokiza
qalbli zot sifatida umr bo‘yi talaba-yu shogirdlariga tarjima nazariyasi va
amaliyoti darsi bilan bir qatorda, insoniylik, odamiylik va odamoxunlikdan
saboq berdilar. Bundan ming yillar ilgari Abu Ali ibn Sino “Yaxshi inson
– yerdagi farishta”, degan ekan. Bu aynan G‘aybulloh as-Salomga mos va
xos ta’rifdir.
|
| |