• December 2022
  • Translation forum – 2022 форум переводоведов– 2022 tarjimashunoslar forumi




    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/11
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #257008
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1 Akmal SAIDOV 7-17

    TRANSLATION FORUM – 2022 
    ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ– 2022
     
    TARJIMASHUNOSLAR FORUMI
    – 2022
     
     
    VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28 
    ISSN 2181-1784 
    SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
     
    10 
    w
    www.oriens.uz
    December 
    2022
     
    ijodining rang-barang janrlarigacha bo‘lgan barcha asarlar jamlanmasi – 
    bu jahon adabiyotidir. 
    Ushbu talqinning muammoli jihati ham bor. Tadqiqot mavzusining bu 
    qadar chek-chegarasiz ekani, o‘z navbatida, uni o‘rganish uchun muayyan 
    tadqiqotchining 
    intellektual 
    salohiyati 
    va 
    imkoniyati 
    (vakolati) 
    yetishmasligiga olib kelishi tayin[3]. 
    Shu bilan birga, nemis adabiyotining ulug‘ namoyandalaridan biri, 
    Nobel mukofoti sohibi Hermann Hesse ta’kidlaganidek, “Jahon adabiyoti-
    ning muhtasham galereyasi har bir odamning nigohi qarshisida ochiq va 
    hech kim uning boyligidan cho‘chimasligi kerak, chunki bu o‘rinda 
    miqdorning ahamiyati yo‘q”[4,5].
    Ikkinchi talqin: jahon adabiyoti – barcha millatlarning adabiy-badiiy 
    boyliklaridan tanlab-saralab olingan va jahon adabiyoti durdonalari 
    sifatida e’tirof etilgan kam sonli, ayni chog‘da, yuksak badiiy saviyali 
    asarlar turkumidan iborat. Misol uchun, 1967-1977 yillarda, ya’ni sobiq 
    ittifoq zamonida Moskvadagi «Художественная литература» nashriyoti 
    200 jilddan iborat «Jahon adabiyoti kutubxonasi» («Библиотека 
    всемирной литературы») turkumini chop etgan. Keyingi yillarda 
    O‘zbekistonda “Yangi asr avlodi” nashriyoti milliy adabiyot nodir namu-
    nalaridan 50 ta va jahon adabiyoti durdonalaridan 50 ta kitobni nashrdan 
    chiqardi. Shuningdek, 2015 yildan boshlab O‘zbekistonda “Jahon 
    adabiyoti durdonalari” turkumidagi kitoblarni nashr ettirishga kirishildi [5, 
    612].
    Ayni chog‘da, jahon adabiyoti tushunchasining bu talqini ko‘proq ro-
    mantiklar ruhiyatiga yaqin bo‘lib, bir tomondan, ushbu turkumga kiritish 
    mumkin bo‘lgan asarlarni saralash jarayoni o‘ta mushkul, ikkinchi 
    tomondan, ularni tanlash mezonlari juda o‘zgaruvchandir. Ushbu masalani 
    alohida o‘rgangan Diter Lamping va Frank Sipfel ta’biri bilan aytganda, 
    bunday yondashuv anchayin noxolis va bahsli baholar uchun ham yo‘l 
    ochishi mumkin[6, 9].
    Uchinchi talqin: jahon adabiyoti tushunchasi sivilizatsiyalar taraqqi-
    yotining muayyan bosqichidagina yuzaga keladigan jarayondir. Bu ja-
    rayon, Gyote ta’kidlaganidek, adabiyotlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi 
    va o‘zaro boyishi uchun xizmat qiladi[7, 787]. 



    Download 0,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Translation forum – 2022 форум переводоведов– 2022 tarjimashunoslar forumi

    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish