|
Translation forum – 2022 форум переводоведов– 2022 tarjimashunoslar forumiBog'liq 1 Akmal SAIDOV 7-17TRANSLATION FORUM – 2022
ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ– 2022
TARJIMASHUNOSLAR FORUMI
– 2022
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
11
w
www.oriens.uz
December
2022
Germaniyalik olim Xorst Shteynmets esa “jahon adabiyoti” tushun-
chasining mutlaqo boshqacha talqinini ilgari surgan. Uning fikricha, jahon
adabiyoti – avvalboshdanoq millat va til bilan bog‘liq tafovutlarga barham
berishga yo‘naltirilgan iqtisodiy, tarixiy va ma’naviy taraqqiyot
mahsulidir[8, 103-126].
Bu talqin zamirida olimning rivojlangan kapitalizm davriga xos
olamshumul jarayonlarni baynalmilallashtirish nazariyasi yotadi. Bunda
jahon adabiyoti mazkur voqelikning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Yana
bir nemis olimi Erix Auerbax ham baynalmilallashuv sharoitida adabiyotni
gomogenlashtirish, ya’ni birxillashtirish tendensiyasiga e’tibor qaratgan[9,
83-96].
Ushbu talqinni jahon adabiyoti taraqqiyoti tarixining cheklangan
davri, ya’ni faqat XIX asrning birinchi yarmidan to XX asr oxirigacha
bo‘lgan 150 yildan ko‘proq davriga nisbatan tatbiq etsa bo‘ladi, xolos.
Jahon adabiyotining bunga qadar kechgan uzoq asrlik tarixini qamray ol-
masligi ushbu talqinning eng katta kamchiligidir.
Qiyosiy adabiyotshunoslik, ilmiy jihatdan yondashganda, jahon ada-
biyotining keng sohalari, ayniqsa, qiyosiy adabiyot tarixi va qiyosiy ada-
biyot nazariyasining dolzarb muammolarini o‘zida aks ettiradi. Yanada
ahamiyatlisi, qiyosiy adabiyotshunoslik faqat badiiy adabiyotni o‘rganish
bilangina cheklanib qolmaydi, balki san’atning boshqa turlariga ham
murojaat qiladi. Shu tariqa, qiyosiy adabiyotshunoslik boshqa sohalardagi
tadqiqotlarga bemalol tayanadi. Bu esa mazkur sohaning fanlararo fan
ekanidan dalolat beradi. Qolaversa, qiyosiy adabiyotshunoslik bizga ham
o‘zbek adabiyotini, ham jahon adabiyotini o‘rganish uchun nihoyatda
zarur. Albatta, ushbu sohada tadqiqot olib borgan va olib borayotgan
olimlar dunyo miqyosida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham ko‘pchilikni
tashkil etadi. Ammo, biz bu o‘rinda ayni mavzuga batafsil to‘xtalmoqchi
emasmiz.
Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasi tadqiqot predmeti nuqtai nazaridan,
odatda,
tarjimashunoslik
sohasiga
yaqin
turadi.
Ayrim
xorijiy
mutaxassislarning fikricha, badiiy tarjima sohasi ham, aslida, qiyosiy
adabiyotshunoslikning tarkibiy qismidir. Buning zamirida “tarjima
nazariyasi dastlab qiyosiy adabiyotshunoslik negizida qiyosiy-tajribaviy
uslub sifatida shakllangan”, degan g‘oya yotadi[10].
|
| |