• 1-§. Matematik statistikaning asosiy masalalari 1.1. Bosh to‘plam, tanlanma to‘plam va uning hosil qilish usullari.
  • U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika




    Download 1,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/85
    Sana01.01.2024
    Hajmi1,93 Mb.
    #129364
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85
    Bog'liq
    kombinatika, ehtimol 230170022338

     
     


    130 
     
    IV BOB. MATEMATIK STATISTIKA 
     ELEMENTLARI 
     
    Ushbu bobda matematik statistikaning obyekti, predmeti, vazifa-
    lari, matematik statistikaning asosiy masalalari, bosh to‘plam, tanlanma 
    to‘plam va uni hosil qilish usullari, variatsion qator, gistogramma va 
    poligon, empirik taqsimot funksiyasi kabi ba’zi ma’lumotlar bayon 
    etiladi.
    1-§. Matematik statistikaning asosiy masalalari 
     
    1.1. Bosh to‘plam, tanlanma to‘plam va uning hosil qilish 
    usullari. “Statistika” so„zi lotincha so„zdan olingan bo„lib, holat, vaziyat 
    degan ma‟noni anglatadi va u tabiat hamda jamiyatda sodir bo„layotgan 
    ommaviy hodisalarni o„rganadi. Matematik statistikaning asosiy vazifasi 
    statistik ma‟lumotlarni to„plash, ularni tahlil qilish, baholash usullarini 
    ishlab chiqish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdan iborat. 
    Hodisalarni matematik statistika usullari bilan o„rganish, baholash fan 
    va texnika uchun dolzarb bo„lgan juda ko„p masalalarni oydin-
    lashtirishga muhim omil bo„lib xizmat qiladi.
    Ayrim xususiyatlariga ko„ra tekshirish lozim bo„lgan bir jinsli 
    obyektlarni bir guruhini olaylik. Masalan, biror kasallikka qarshi 
    preparatni samaradorligi aniqlanyapti. Bunda nazorat uchun obyektlarni 
    hammasini yoppasiga tekshirish mahsulotni isrof bo„lishiga, ko„p vaqtni 
    va sarf-xarajatlarni sarflashga olib keladi. Yana bir misol sifatida 
    aholining biror so„rovnomaga munosabatini aniqlash va zarur 
    ma‟lumotlarni yig„ish masalasini olaylik. Optimallikni hisobga olib, 
    bunday hollarda kerakli ma‟lumotlarni olish uchun tanlanma so„rovlar 
    o„tkaziladi. Tekshirishning bunday usuli tanlanma usul deyiladi. 
    Statistik tahlil qilish uchun tasodifiy tanlab olingan to„plamga tanlanma 
    to‘plam deyiladi. Tekshirilayotgan alomati bo„yicha o„rganilayotgan 
    barcha obyektlar to„plami bosh to‘plam deyiladi. Bosh to„plam yoki 
    tanlanma to„plamdagi barcha obyektlar soni uning hajmi deyiladi. 
    Odatda, bosh to„plamning hajmi 
    , tanlanma to„plamning hajmi harfi 
    bilan belgilanadi. Masalan, agar 1000 ta mahsulotni sifatini tekshirish 
    uchun 10 ta mahsulot tanlab olinsa, bosh to„plamning hajmi 



    131 
    tanlanma to„plamning hajmi 
    bo„ladi. Agar tanlanma to„plam 
    bosh to„plamning deyarli barcha xususiyatlarini o„zida saqlasa, u holda 
    bunday tanlanma to„plam reprezentativ (vakolatli) tanlanma deyiladi. 
    Tanlanma reprezentativ bo„lishi uchun, u tasodifiy tanlangan bo„lib, 
    tanlab olinish usuli bosh to„plamning bizni qiziqtirayotgan belgisiga 
    ta‟sir etmagan shaklda, bosh to„plamning har bir elementi tanlanmada 
    bir xil imkoniyat bilan qatnashishi zurur. Agar tanlanma reprezentativ 
    bo„lmasa, u holda tanlanma ustida chiqarilgan xulosalarni bosh to„plam 
    uchun tatbiq qilish noto„g„ri xulosalarga olib keladi. Tanlanmalar 
    tuzilishiga ko„ra ikkiga bo„linadi: takroriy va notakroriy tanlanmalar. 
    Tanlangan obyekt kuzatish o„tkazilgandan so„ng bosh to„plamga 
    qaytarilsa, tanlanma takroriy deyiladi. Bunda har bir tanlangan obyekt 
    keyingi tanlanmada yana ishtirok etishi hamda takroriy tanlanmaning 
    hajmi 
    va bosh to„plamning hajmi ixtiyoriy munosabatda bo„lishi 
    mumkin, ya‟ni,
    Agar kuzatish uchun olingan tanlanma 
    bosh to„plamga qaytarilmasa, bu notakroriy tanlanma deyiladi. 
    Notakroriy tanlanma uchun 
    munosabat o„rinli. Agar bosh to„plam 
    hajmi juda katta bo„lsa va tanlanma to„plamning hajmi kichik bo„lsa, u 
    holda takroriy va notakroriy tanlanmalar orasida farq sezilarli 
    bo„lmaydi. Amaliyotda ko„pincha notakroriy tanlanma usulidan foyda-
    laniladi. Tanlash usuliga ko„ra tanlanma tasodifiy, mexanik, tipik va 
    seriyali tanlanmalarga bo„linadi. Bosh to„plamdan obyektlar tavakkaliga 
    bittalab olinadigan tanlanma tasodifiy tanlanma deyiladi. Tasodifiy 
    tanlanmani quyidagicha hosil qilish mumkin: bosh to„plamning hajmi 
    chekli bo„lsa, uning barcha obyektlari raqamlab chiqiladi. Ular 
    aralashtirilgandan so„ng, bittalab 
    ta obyektlar olinadi. Tanlab olingan 
    obyektlar tasodifiy tanlanmani hosil qiladi. Bosh to„plamda obyektlar bir 
    necha guruhlarga bo„linib, so„ngra har bir guruhdan bittadan obyekt 
    olish orqali hosil qilingan tanlanma mexanik tanlanma deyiladi. Mexanik 
    tanlanma ko„pincha reprezentativ bo„lmaydi.
    Masalan, texnik nosozlik tufayli, har beshinchi mahsulot sifatsiz 
    bo„lsin, u holda bosh to„plamdan olingan 5% li mexanik tanlanma maz-
    kur partiyadagi sifatsiz mahsulotning aniq nisbatini noto„g„ri ifodalaydi. 
    Bosh to„plamdagi obyektlar namunaviy o„zaro kesishmaydigan “seriya-
    larga” ajratilgan bo„lib, har bir seriyadan tasodifiy tanlanma olingan 
    bo„lsa, bunday tanlanma namunaviy tanlanma deyiladi. Masalan, barcha 
    litseylardan iqtidorli o„quvchilar ajratilgan bo„lsin. Har bir litseydan 2 
    tadan o„quvchi olinsa, bu namunaviy tanlanma bo„ladi.


    132 
    Bosh to„plamdagi obyektlar o„zaro kesishmaydigan seriyalarga 
    ajratilgan bo„lib, tanlanma bir necha seriyadan iborat bo„lsa, bunday 
    tanlanma seriyali tanlanma deyiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan 
    misolda 2 ta litsey tanlab olinib, ularning o„quvchilari tekshirilsa, bunda 
    seriyali tanlanmaga ega bo„lamiz. 

    Download 1,93 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85




    Download 1,93 Mb.
    Pdf ko'rish