|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 403/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
399
Шу боисдан, тижорат банклари фаолиятини рақамли трансформациялаш
жараёни танланган дастурий таъминотга ва шу билан биргаликда истиқболни
режалаштириш, муаммони белгилаш ва ресурсларни бошқариш сифатига
боғлиқдир.
BANKLARARO RAQOBAT SHAROITIDA TIJORAT BANKLARI
DEPOZIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI
M.Sirajova, Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Bank tizimida raqobatning kuchayib borishi banklarning faoliyatiga toʻgʻri
baho berish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Jahon amaliyotida banklar oʻrtasidagi
raqobat darajasini baholash asosan yirik banklarning aktivlari yoki boshqa
koʻrsatkichlarining bozordagi ulushi orqali baholanadi.
Bozor munosabatlarining muhim boʻgʻinlaridan biri boʻlgan bank tizimini
isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank
tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular
faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Iqtisodiyotni
rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz
aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan
turib, “yashirin iqtisodiyot”dan toʻliq xalos boʻla olmaymiz”
302
Banklararo raqobat sharoitida tijorat banklari bosh maqsadi yuqori foyda
olishga qaratilgan boʻlib, ushbu natijaga erishishi uchun avvalom bor, tijorat
banklarining resurs bazasini kengaytirish, ularning kapitallashuv darajasi hamda
aholi va xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarning boʻsh pul mablagʻlarini depozitlarga jalb
qilish darajasini oshirishni taqazo etadi. Banklararo raqobat sharoitida tijorat
banklari tomonidan puxta ishlab chiqilgan depozit siyosati va shu orqali tijorat
banklariga depozitlarni yanada koʻproq jalb qilish banklar uchun muhim
hisoblanadi.
Banklararo raqobat sharoitida tijorat banklari depozit siyosatini yuritish
elementlarining asosi boʻlgan bank siyosati resurslarni jalb qilishga asoslangan
holda bankning aktiv va passivlarini samarali boshqarishni oʻz oldiga maqsad qilib
koʻyadi.
|
| |