|
‘z b e k ist 0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi Pdf ko'rish
|
bet | 76/237 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 13,35 Mb. | | #116299 |
Bog'liq Chizmachilik.I.Raxmonov. 2016Guli girix - o ‘simlik va geometrik naqsh elementlaridan tashkil top-
gan.
Uning elementiga yuqorida sanab o ‘tilgan geometrik va
o ‘simliksimon naqshlar kiradi.
Yuqoridagilardan tashqari yana ramziy naqshlar bo'lib, ular kabutar,
sher, baliq, davlat gerbi va boshqalami stillashtirib, tasvirlangan naqsh
elementlaridan tashkil topadi.
Shuningdek, ustalar biror narsa va voqelikni ham ramziy tariqada tas-
virlab kelganlar. Masalan, zirk gulini osoyishtalik va umr uzoqlik, jin-
galak naqshlar esa to'kin-sochinlik, boylik, Anqo (qush) kishiga baxt
keltiruvchi va hokazo.
Bu paragrafda, asosan, girixning ayrim turlari va ulami yasash haqida
so‘z yuritamiz.
«Girix» so‘zi asli forscha-tojikcha so‘z bo'lib, «qochgan», «tarqal-
gan», arabchada «tugun» m a’nolarini anglatadi. Geometrik naqsh hisob-
langan girixlar o 'z elementlaridan tashkil topadi. Uning elementlari 4
qismdan - uchburchaklar, to'rtburchaklar, ko'pburchaklar va egri
chiziqlardan iborat (3.67 va 3.68- shakllar). Shu girix elementlari yor
damida minglab naqshlar yasash mumkin.
Girix ham boshqa naqshlar singari taqsim deb ataladigan juda oddiy
elementdan tashkil topadi. Shu taqsimlaming takrorlanishidan tugal
naqsh kompozitsiyasi hosil qilinadi. Geometrik naqshlar kompozitsi-
yalarini tuzishning o'ziga xos turli sirlari mavjud bo'lib, quyida girix
naqsh tuzishning ba’zi bir tomonlarini ko'rib chiqamiz:
1. Girix elementlarini kombinatsiyalash asosida naqsh kompozitsi-
yasini hosil qilish:
a) to'rtburchaklam ing kombinatsiyasi asosida (3.67, 3.69 va
3.70- shakllar).
b) uchburchaklaming kombinatsiyasi asosida (3.68 va 3.71-shakllar).
2.Girix elementlarining ba’zi tomonlarini davom ettirish bilan
(3 .7 1-shakl).
3. Kompozitsiyaga ba’zi elemetlarni qo'shish bilan.
4. Kompozitsiyadagi
naqsh
elemetlarining
ba’zi
tomonlarini
o'zgartirish bilan.
122
|
| |