216
katta bo`ladi. Lekin quvvat kamayadi, ya`ni
D
2
g`altakdagi quvvat
D
1
g`altakdagi
quvvatga
nisbatan taxminan i qiymatga teng marta kichik bo`ladi.
3.5.2-rasm. Silindrik friktsion uzatma turlari
Agar
i<1 bo`lsa, uzatma kichraytiruchi bo`ladi, bunda
D
2
g`altak
yetaklovchi,
D
1
g`altak esa yetaklanuvchi bo`lishi kerak.
Friktsion
uzatmalarni hisoblashda, ko`pincha, burchak tezlik kattaligidan
foydanilashadi. Uning o`lchov birligi
radian / sekund, ya`ni 1 sekundda g`altak 1
radian kattalikka aylanadi.
1 radian = 57,2958 gradus. Bundan kelib chiqadiki 1
ayl/sek burchak tezlik 6,2832 rad/sek ga teng.
3.5.3-rasm. Konusli friktsion uzatma
Konusli uzatmalarni hisoblashda geometrik diametr
qiymatini qabul qilish
g`altaklarning o`rtacha diametri
D
1
va
D
2
bo`yicha amalga oshiriladi (3.5.3-rasm).
217
Friktsion uzatmalarda katoklarni bir-biriga qisish
kuchini yaratish kerak
bo`ladi. Bu vazifani, ko`pincha, prujinalar bajarishadi.
3.5.4-rasm. Katoklarni prujina yordamida qisish
Katoklar bir-biriga
F
pr
kuch bilan qisilganda
ular kontaklashadigan joyda
ishqalanish kuchi
F
f
paydo bo`ladi, bu kuch aylantiruvchi kuch
F
r
ni
hosil qiladi
(3.5.4-rasm). Uzatma normal ishlashi uchun
F
f
≥ F
r
sharti bajarilishi kerak. Bu
shartning bajarilmasligi uzatmani buksovkaga va katoklarni yeyilishiga olib keladi.
Ishqalanish kuchi
F
f
qiymati aylantiruvchi kuch
F
r
dan ilashish zahira koeffitsiyenti
B qiymatiga katta bo`lishi kerak.
B = 1,25...2,0. Katoklar
orasidagi ishqalanish
koeffitsiyenti
f o`rtacha quyidagicha bo`ladi: po`lat yoki cho`yan charm teri yoki
ferrodo bilan quruq
f = 0,3 (ferrodo- friktsion, issiqqa chidamli kompozit material);
shuning o`zi moy muhitida
f = 0,1; po`lat yoki cho`yan bilan quruq
f = 0,15; shuning
o`zi moy muhitida
f = 0,07.