• POROSHOKLARNI TAYYORLASh BOSQICHLARI
  • Maydalash, aralashtirish
  • 1.1.-rasm. Maydalash usullari
  • PESTIK– PISTILLA - (hovoncha dastasi)
  • 1.2.-rasm. Hovonchalar
  • 5 semestr o’quv materiallari 1 Ma’ruza mavzu 1




    Download 1.18 Mb.
    bet1/20
    Sana31.12.2019
    Hajmi1.18 Mb.
    #6884
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


    NAZARUY MATERIALLAR

    5 semestr o’quv materiallari

    1 - Ma’ruza

    MAVZU 1. Dori tеxnologiyasi fani. Davlat farmakopеya. Og’irlik bo’yicha dozalarga bo’lish rеtsеpt. Posongili va qo’l tarozlari, tarozi toshlari.

    REJA:

    1.Poroshoklar ta'rifi, tasnifi.

    2. Poroshoklarning DT sifatida afzallik va kamchiliklari.

    3. Poroshoklarning umumiy texnologiyasi.

    4. Poroshoklar tasnifi.

    5.. Poroshoklarga qo’yilgan talablar.
    Poroshoklar qadimdan ma'lum dori shakllaridan bo’lib, eramizdan oldingi 3000 yil avval ham tabobatda qo’llanilgan. Elaki dorilarning o’ta maydaligi ularning ta'sir darajasini yuqori bo’lishini ta'minlaydi. Shu jixatdan elaki dorilar qattiq dori shakllari ichida yuqori ta'sir darajasiga ega dori hisoblanadi.

    Davlat farmakopeyasi ta'biri bilan aytganda, elaki dorilar — ichish va tana yuzasiga qo’llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli bo’lib, sochiluvchanlik xususiyatga ega bo’ladi.

    Poroshoklar oddiy — (Pulveres simplices) bir dori moddasidan tashqil topgan yoki murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo’lishi mumkin. Undan tashkari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo’lib taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo’ladi. Ichish uchun mo’ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taksimlangan bo’ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda beriladi. Kukunlarning boshqa dori shakllaridan quyidagi afzalliklari bor:

    1. Dori moddasi yaxshilab maydalanganligi sababli yuqori farmakologik faollikka erishish mumkin.

    2. Tabletka va pilyulyalar (xab dorilar) bilan solishtirilganda elaki dorilarning tayyorlash texnologiyasi juda sodda.

    3. Ixchamligi va saqlash davomida turg’unligi (suyuq dorilarga karaganda).

    4. Tarkibining xilma-xilligi kukun tarkibida organiq, noorganiq moddalar, o’simlik va xayvonlardan olingan kukun moddalar, kam miqdorda suyuqliklar hamda qovushqoq moddalar bo’lishi mumkin (kiritilishi mumkin).

    Poroshoklarning bir qator kamchiliklari ham bor:

    1. Dori moddalarning organizmga so’rilishi eritmalarga nisbatan sekinrok boradi, chunki dorivor modda avval eriydi, keyin esa so’riladi.

    2. Ba'zi moddalar atrof-muxitning ta'siri ostida o’zgarishi mumkin:

    a) kristallizatsion suvini yo’kotishi ; b) xavodagi uglerod ikki oksidini yutib, karbonatlar hosil kilishi; v) xavodagi kislorod ta'sirida oksidlanishi ; namlik ta'sirida esa sochiluvchanligini yo’kotishi mumkin.

    3. Ba'zi moddalar me'da va ichakning shillik pardalariga kitiklovchi ta'sir ko’rsatishi mumkin, eritma holida esa bu holat kuzatilmaydi (kaliy va natriy bromid tuzlari).

    4. Achchiq ta'mli, yokimsiz hidli va rangli moddalardan tayyorlangan kukunlar ichish uchun nokulay bo’lgani sababli maxsus kapsulalarga solinadi.
    POROSHOKLARNI TAYYORLASh BOSQICHLARI

    Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to’la bo’lishi yoki ba'zi bir jarayonlarning bo’lish-bo’lmasligi dori tarkibi, uning qo’llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o’ta maydalangan bo’lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o’xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik zarrachalarning bo’lishi tishning emal qavatini zararlashi mumkin. hidlash uchun ishlatiladigan elaki dorilar zarrachalarining maydaligi o’rta me'yorda bo’lgani ma'kul (0,2 mm), chunki bunday kukunlar nafas yo’llarining tashqi qavatiga mo’ljallangan bo’lib, ularning tomok yo’llariga tushish zarurati yo’k. Ishlatilishi oldidan eritish uchun mo’ljallab beriladigan elaki dori tarkiblarini maydalash shart emas. Yaraga sepish uchun va jaroxatlarni davolash maqsadida ishlatiladigan kukunlar iloji boricha mayda qilib va aseptik sharoitda tayyorlanishi kerak. Agar issiqlikka chidamli bo’lsa, ularni sterillab berish zarur. Elaki dorilar tarkibi va qo’llash usulidan tashkari bir-biridan agregat holati (kristall, amorf), zichligi, qattiqligi, rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Xayvonot va o’simliklardan olingan elaki dorilar amorf kukunlar bo’lib, minerallardan solishtirma og’irligining kichikligi bilan farqlanadi. Kukun holatidagi ba'zi bir moddalar yoruglik ta'sirida, kislorod, karbonat angidrid va xavo namligi ta'sirida o’zgaradi. Ko’pchilik kukunlar gigroskopik bo’lgani sababli xavoda namlanadi va aksincha, tarkibida kristal suv saqlaganlari xavo ta'sirida suvini yo’kotadi, masalan, natriy sulfat, magniy sulfat. Ba'zi bir kukun holidagi dorivor moddalar (kamfora, mentol, xloralgidrat) oson uchuvchan hisoblanadi. Kukun holatidagi elaki dori tayyorlashda xususiyati jixatidan turlimoddalarning aralashtirilishi natijasida tarkibidagi fizik xususiyatlar (gigroskopik xususiyati, uchuvchanligi, portlash xususiyati) o’zgarishi mumkin. Elaki dorilar tayyorlashda farmatsevt ana shu xususiyatlarni hisobga olishi kerak.



    Maydalash, aralashtirish. Dori tayyorlash uchun mo’ljallangan kukunlarni maydalashdan ikki maqsad bor. Birinchisi dori moddaning tanaga tezrok va to’larok so’rili­shi bo’lsa, ikkinchisi maydalangan kukunlar yaxshi aralashadi, dozalanganda qavatlarga ajralmaydi va ingredientlarning ayrim zarrachalari ajralib ko’rin­maydi.

    Dori modda zarrachalari maydalanishi natijasida bir zarracha, alohida zarrachaning sathi kamaysa ham, umum zarrachalar sathini ifodalovchi umumiy sath (umumsath) bir necha bor oshadi.

    Umumsath ko’rsatkichining oshishi quyidagi 2-jadvalda yakkol ko’rinib turibdi.

    1.1.-jadval

    Zarracha qirralari

    o’lchami, mkm



    1 sm3 hajmdagi

    zarrachalar soni



    sm2 o’lchamidagi

    umumsath m2



    0,1 sm q 10000 mkm

    0,1 mm q 1000 mkm

    100 mkm

    10 mkm


    1 mkm

    0,1 mkm


    1

    103

    106

    109

    1012

    1015



    6

    60

    600



    6000

    60000 = 6 m2

    600000 = 60 m2

    Umum sath oshishi bilan dori moddaning tana bilan tutashgan sathi ham ortadi. Natijada eriydigan moddalarning erishi tezlashadi, tanaga so’rilishi kuchayadi. qattiq moddalarga mexaniq ta'sir ko’rsatish har xil bo’lishi mumkin. Ularni parchalash, maydalash, ezish, yorish, sindirish, kesish, arralash, urish yoki shu usullaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi (1.1.-rasm).



     



    1.1.-rasm. Maydalash usullari

    a — ezib maydalash; b — yorish; v — sindirish; g — kesish; d — arralash;

    e — ezgilab maydalash; j — urib maydalash; z — erkin tushish.
    Yorishda – jismning bosim ko’p ta'sir qilingan joyi yoriladi.Hosil bo’lgan zarrachalar bir-biriga o’xshash bo’lsa ham shakli, kattaligi jixatdan bir-biriga yakin bo’ladi. .

    Sindirishda — egiltiruvchi kuchlar ostida jism parchalanadi.

    Parchalanishdan hosil bo’lgan zarrachalar kattaligi va shakli jixatidan turlicha bo’ladi.

    Kesish va arralashda - jismlarni belgilangan kattalikda va shaklda maydalash mumkin. Yanchishda - jism siqiluvchi, cho’zuvchi, kesuvchi, ezuvchi kuchlar ta'sirida maydalanadi. Bunda mayda kukunga o’xshash mahsulot hosil bo’ladi.

    Urilganda - mo’ljalga olib urilganda yorilgandagi kuch ta'siri qaytarilib jism yorilishi mumkin, umuman urilishda ezish ta'sir kuchi bilan maydalanadi. Dori moddalari fizik jixatdan maydalangan, qattiqlik jixatdan o’rta qattiqlikdagi qovushqoq jismlar bo’lganligi sababli (xox kristal, xox amorf modda bo’lsin) ularni maydalashda yanchish va ezish usulidagi kuchlar ta'siridan foydalaniladi.

    Ezish va ishkalash modda zarrachalarini maydalash bilan birga ularni o’zaro yaxshi aralashishini ham ta'minlaydi. Bu esa murakkab kukunlarni tayyorlashda ayniqsa ko’l keladi.

    Xozirgi kunda elaki dorilar tayyorlashda ularni maydalash va aralashtirish uchun dorixonalarda kadimdan ma'lum bo’lgan hovonchadan (mortaria) foydalaniladi (1.2.-rasm). Bizni elaki dori texnologiyasini o’rganish bo’yicha qilingan ishlarimiz asosida olgan natijalar shuni ko’rsatadiki, ularning maydalik darajasi, maydalash usullari, aralashtirish usuli uning sifatiga biosamaradorligiga ta'sir etuvchi omil hisoblanadi. Shu sababdan bu texnologik jarayon va maydalik darajasini ham tarkibi turiga qarab me'yorlashtirish kerak. Ularning maydaligi 0,1-0,3 mm oraligida bo’lishi mumkin. Dorixatlarda ko’p ishlatiladigan elaki dorilarni murakkab tarkiblaridan dorixonada yarim fabrikatlar tayyorlab ko’yish mumkin. Bunda elaki dorilar tarkibi o’rganilib uning ko’p uchraydigan ma'lum bir qismi yarim fabrikat holida tayyorlansa bo’ladi. Elaki dorilar tarkibini draje holida ham tayyorlash mumkinligi G. S. Yusupova tomonidan ko’rsatilgan.

    Hovonchalar har xil o’lcham va shaklda chiqarilib, chinni, agat, latundan yasaladi. Kundalik amaliyotda eng ko’p ishlatiladigani chinni hovonchadir. Chinni hovonchalar 7 xil hajmda chiqariladi. Chinni hovonchalar yuza tomonidan sillik, ichi esa govak va notekis bo’ladi.



    PESTIK–PISTILLA- (hovoncha dastasi) ham chinnidan tayyorlanadi. Chinni qattiqligi etarli darajadagi jism bo’lsa, mo’rt hisoblanadi. Ezishga boshqa moddalarga nisbatan chidamli hisoblanadi. Shuning uchun u dorixona hovonchalari tayyorlashda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Hovonchada modda dasta va ko’l yordamida maydalanadi, bunda tirsak va elka kuchlari ishlatilmasligi lozim. Zaharli va shillik pardalarga ta'sir ko’rsatuvchi moddalarni maydalash uchun usti yopiladigan hovonchalar ishlatiladi. Bu birinchidan moddaning yo’kolishini kamaytirsa, ikkinchidan ishlayotgan ishchini muxofaza qiladi.


    1.2.-rasm. Hovonchalar

    1 — kadimgi grek hovonchasi; 2 —agat hovoncha; 3,7 — cho’yan hovoncha; 4 — toshdan yasalgan hovoncha; 5 — chinni hovoncha; 6 — emulsiya tayyorlash uchun chinni hovoncha; 8 — shisha hovoncha; 9 — yassi dastali maydalash moslamasi; 10 — usti yopik hovoncha.

     

    Hovonchadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida uni stol ustida tutib turuvchi kurilmalar mavjud. bo’larga misol tariqasida rezina gildirak ko’rinishidagi stol ustiga maxkamlash uchun mo’ljallangan kurilmani ko’rsatish mumkin (1.3.-rasm).



     



    Download 1.18 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5 semestr o’quv materiallari 1 Ma’ruza mavzu 1

    Download 1.18 Mb.