Hujayrasiz shakillari. Eukariot va prokariyot organizmlar hujayra xaqida umumiy tushincha




Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana21.12.2023
Hajmi1.4 Mb.
#126052
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Biologiya SIRTQI 2-mavzu 231215 103822
111111, Tarix slayd, Bimurzayeva M 722-725 JUSR


2-Mavzu: HUJAYRA BIOLOGIYASI. HUJAYRASIZ SHAKILLARI. 
EUKARIOT VA PROKARIYOT ORGANIZMLAR 
1. Hujayra xaqida umumiy tushincha. Hujayra haqidagi fan sitologiya bo'lib, 
yunoncha «sitos»-hujayra, «logos»-fan degan so'zlardan olingan.
Sitologiya hujayra va uning tarkibiy qismlari tuzilishini kimyoviy tarkibini, 
ularning bajaradigan vazifalarini, ko'payishi va rivojlanishini, atrof-muhit omillari 
bilan munosabatini o'rganadi.
Hozirgi davrda boshqa fanlar metodlarining sitologiyada foydalanish natijasida 
yangi fan - hujayra biologiyasi shakllandi. Bu fan sitologiya, biokimyo, molekulyar 
biologiya va molekulyargenetika fanlar kompleksidan iborat. Hujayrani o'rganish 
kattalashtirib ko'rsatuvchi asboblarning yaratilishi bilan uzviy bog'liq. Birinchilar 
qatorida gollandiyalik aka-uka Gans va Zaxariy Yansenlar ikkita kattalashtiruvchi 
oynani naychaga o'rnatdi. Italyan olimi G.Galiley, K.Drobbellar tomonidan 
dastlabki kattalashtiruvchi asboblar yaratilgan. 1609-1610-yilda italyan olimi 
Galileo Galiley kattalashtirib ko'rsatuvchi asboblardan birini konstruksiyasini ishlab 
chiqdi. Bu asbob 35-40 marta kattalashtirib ko'rsatar va avvalgilaridan ancha 
takomillashgan edi. 1625-yilda F.Stelluti ham kattalashtirib ko'rsatuvchi asbobni 
yaratadi. I.Faber bu kattalashtirib ko'rsatuvchi asbobni «mikroskop» deb atashni 
taklif qildi. Bu davrga kelib kattalashtirib ko'rsatuvchi asboblar bir qancha olimlar 
tomonidan yaratilgan. Sekin-asta kattalashtirib ko'rsatuvchi asboblar takomillashib 
bordi. Natijada ko'zga ko'rinmas bo'lgan jismlarni ham ko'rish imkoniyati tug'ildi.
1665-yilda ingliz fizigi va botanigi Robert Guk o'zi yasagan mikroskopda 
o'simlik poyasi po'stlog'ining ko'ndalang kesmalarini ko'zdan kechirar ekan, ari 
uyalariga o'xshab ketadigan mayda-mayda bo'shliqlarni ko'rdi va ularni hujayralar 
(lotincha cellula - katakcha, uyacha) deb atadi. R.Guk hujayra pardalari saqlanib 
qolgan, ichi bo'shliq o'lik hujayralarni ko'rgan va o'zining kashfiyotiga katta 
ahamiyat bermagan edi. Guk tekshirishlari biologlar orasida qiziqish uyg'otdi. Turli 
mamlakatlarning olimlari har xil o'simlik va hayvonlar to'qimalarining mikroskopik 
tuzilishini tekshira boshladilar. Golland olimi Anton van Levenguk o'zi yasagan 
mikroskopda hayvon hujayralarini, spermatazoid va qizil qon hujayralari 


eritrotsitlarni 270 marta kattalashtirib o'rgangan (1680-yil). Shu davrdan hujayrani 
o'rganish jadallashdi. 
1671-yilda italiyalik botanik, anatom, va embriolog olim Marchello Malpigi va 
1673-1682-yillarda angliyalik botanik Neyemiya Gryular o'simlik hujayrasining 
tuzilishini o'rgandi. 
1830-yil chex olimi Yan Evangelista Purkinye birinchi bo'lib hujayra 
tarkibidagi suyuqlikni aniqladi va uni «protoplazma» deb atadi. 
1831-yil angliyalik botanik Robert Broun orxideya o'simligi hujayrasi 
yadrosini aniqlab uni «nucleus» -«yadro» deb atadi. 
1838-yilda germaniyalik botanik Mattias Yakob Shleyden o'simlik hujayrasini 
to'liq ta'riflab berdi. 
1839-yilda germaniyalik zoolog Teodor Shvann hayvon hujayrasini o'rganib, 
M. Shleyden bilan birgalikda «Hujayra nazariyasi»ni yaratishdi. 
1841-yilda Remak hayvonlarda amitozni aniqladi. 
1848-yilda nemis botanigi Vilgelm Gofmeystr tradeskansiyada xromosomalar 
shaklini aniqladi. 
1875-yilda nemis botanigi Eduard Strasburger o'simlik hujayrasida mitozni 
kashf qildi. 
1876-yilda belgiyalik embriolog Eduard Van Beneden va 1888-yilda nemis 
sitolog va embriolog olimi Teodor Boveri «hujayra markazini» aniqladi. 
1878-yilda Shleyxer yadroni bo'linishini kariokinezni aniqladi. 
1882-yilda nemis gistologi va sitologi Valter Flemming hayvon hujayrasida, 
nemis botanigi Eduard Strasburger o'simlik hujayrasida xromosomalarni aniqladi. 
1882-yilda Strasburger o'simliklarda amitozini kashf qildi. 
1884-yilda Strasburger profaza, metafaza, anafaza terminlarini fanga kiritdi. 
1884-yilda Van Beneden meyozni kashf etdi. 
1885-yilda nemis anatom va gistolog olimi Vilgelm Valdeyr fanga 
«xromosoma» terminini kiritdi. 
1887-yilda Uitman «sitokinez»ni aniqladi. 


1894-yilda nemis anatom va gistolog olimi Karl Benda mitoxondriya terminini 
kiritdi. 
1894-yilda nemis fiziolog va gistolog olimi Geydengayn telofaza terminini 
kiritgan. 
- 1898-yilda italyan gistologi Kamilo Golji «Golji apparati» ni aniqladi. 
1838-1839-yillarda nemis olimlari botanik M. Shleden va zoolog T. Shvann 
organizmlarning hujayra tuzilishi to'g'risidagi hamma to'plagan ilmiy ma'lumotlarni 
umumlashtirib, tahlil qilib hujayra nazariyasini yaratdilar.
1-rasm. Mikroskop turlari 
O‘zbekistonda hujayra biologiyasi fanining bugungi yutuqlari. O‘zbekistonlik 
olimlar ham sitologiya fanining rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini 
qo‘shdilar.
Akademik T.X. Xamidov rahbarligida endokrin bezlar va neyronlarga 
radiatsiya ta’sirida bo‘ladigan morfofiziologik o‘zgarishlarini zamonaviy ilmiy 
usullar yordamida o‘rganilgan. Keyingi yillarda hayvon genlarinini boshqa 
urug‘langan tuxum hujayraga mikroineksiya usuli bilan o‘tkazish, irsiyat 
omillaridan foydalanib irsiy kasalliklarni yo‘qotish va hayvon zotlarini tanlash 
hamda hujayra injeneriyasiga oid ilmiy tadqiqotlar soha- sida elektronmikroskopik, 
avtoradiografiya va sitokimyo usullar joriy etilib, buyrak, oshqozon-ichak 


tizimining patologiyasini o‘rganishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. Akademik 
B. O. Toshmuxamedov hujayra membranasining tuzilishi va funksiyalariga doir 
tadqiqot ishlarini olib borib bir qator yangi ma’lumotlarni oldi. 
G‘o‘za genetikasi va sitologiyasi sohasining rivojlanishi uchun o‘z hissasini 
qo‘shgan O‘zbekiston olimlaridan akademiklar A.A.Abdullayev, D.A.Musayev, 
professor S.M. Rizayeva va biologiya fanlari nomzodi V.P. Klyatlar 2011 yilda 1 
darajali Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar. XXI asrda sitologiya molekulyar 
asosda rivojlanib biologiya olimlarining yangi tarmoqlari taraqqiyoti uchun xizmat 
qiladi. 
O'sha paytdagi yaratilgan hujayra nazariyasining asosiy qoidalari 
tubandagilardan iborat: 
Hujayra hamma tirik organizmlarning asosiy tuzilish birligi hisoblanadi. 
Hamma hujayralarda kimyoviy tarkibi va umumiy hayotiy jarayonlari 
tomondan o'xshash. 
Hujayraning hosil bo'lishi o'simlik va hayvon organizmla- rining o'sishi, 
rivojlanishi, takomillashishini ta'minlaydi. 
Hozirgi zamonda fanning har tomonlama rivojlanishi natijasi- da hujayra 
nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: 
Hujayra tiriklikning tuzilishi, funksiyasi va rivojlanishning eng kichik 
birligidir. 
Hujayralar faqat bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Har bir yangi hujayra dastlabki 
hujayraning bo'linishi natijasida hosil bo'ladi. 
Barcha ko'p hujayrali organizmlarning hujayralari bilan bir hujayralilarning 
tuzilishi va fiziologik jarayonlari jihatidan o'xshash bo'lib, ko'p hujayrali 
organizmlar bir hujayralilardan kelib chiqqanligini bildiradi. 
Hujayrada uni qayta quradigan va boshqaradigan genetik informatsiya 
saqlanadi. 
Ko'p hujayralilarda har xil ixtisoslashgan hujayralar birlashib to'qimalarni hosil 
qiladi. Ular nerv va gumoral sistemalar orqali idora etiladi. 


Hujayra nazariyasi kashf qilingandan so'ng, hujayra va unda kechadigan 
jarayonlarning mohiyati fanga ma'lum bo'la boshladi. 

Download 1.4 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujayrasiz shakillari. Eukariot va prokariyot organizmlar hujayra xaqida umumiy tushincha

Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish