• (Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo‘nalishi bo‘yicha)
  • Internet tizimi p65




    Download 8.01 Mb.
    bet1/16
    Sana02.12.2023
    Hajmi8.01 Mb.
    #109628
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Internet Server Kutubxona a
    Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192

    O‘ZBEHISTON RESPUBLIHASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
    O‘RTA MAXSUS, HASB-HUNAR TA'LIMI MARHAZI

    M. IS'HOQOV, Y. MANNONOV, H. MAVLONOV

    INTERNET TIZIMIDAN FOYDALANISH



    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma




    (Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo‘nalishi bo‘yicha)

    Toshkent — «ILM ZIYO» — 2017



    UO‘K 004.738.5..027(075)
    KBK 32.973.202 M24
    Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
    Ushbu o‘quv qo‘llanmada Internetning yaratilishi, tarixi, Internet haqida tushuncha, Internet bilan ishlash asoslari, Internetga ulanish, provayderlar, brauzerlar bilan ishlash, Internetda texnik xavfsizlik, Internet xizmatlari, Internet tarmog‘ining bibliografik resurslari, axborot-kutubxona muassasalarida elektron pochta, Internetda axborot-bibliografik tizimlar, anjumanlarda ishtirok etish kabi mavzular yoritilgan.
    Taqri!chilar: I. AZIMOV — Toshkent madaniyat kolleji direktori, dotsent; N. TOLIPOVA — Toshkent madaniyat kolleji axborot-resurs markazi EHM 1-toifali mutaxassisi.

    ISBN 978-9943-16-215-0 © M. Is'hoqov va boshq., 2017-y.



    2
    © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2017-y.




    HIRISH

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi


    «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori kutubxonachilik sohasida keskin burilish yasadi. Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish tizimi tubdan o‘zgardi. Joylarda axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tashkil etilib, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tuzilmasi yuksak pog‘onaga ko‘tarildi. Aholini axborotga bo‘lgan ehtiyojlari zamonaviy texnologiyalar asosida qondirilishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Hozirgi kunda axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari boshqaruv tizimining tubdan o‘zgarganligi kitobxonlar va muta- xassislar bilan ishlashda, yangi bir davrning boshlanganligini, bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv tizimlarini isloh qilish, axborot va reklama xizmatlarini tashkil etish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, menejment va marketing, axborot kommunikatsion texnologiyalari bilimlarini chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Istalgan joyda turib, dunyoning narigi chekkasidagi odam bilan gaplashish imkoni bor. Butundunyoda Internet tarmog‘ining qamrovi tobora kengayib borayotir. O‘tgan asrda radio, televideniye kabi axborot vositalari ommalashgan bo‘lsa, Internet xizmati so‘nggi vaqtda 2 milliardli auditoriyani qamrab oldi.
    Internet axborot olish, almashish, sotish, xarid qilish kabi kundalik ehtiyojlar uchun eng qulay va samarali vositaga aylandi. Ayniqsa, bu tizim jahondagi deyarli barcha ochiq ma'lumotlarni o‘zida jamlagani bois, insonning bilim doirasini kengaytirish, dunyoqarashini shakllantirishda tengi yo‘q manbadir. Ammo har bir taraqqiyot mahsulidan har kim turlicha foydalanishi mumkin.
    Internet olami ham, kompyuter qarshisidagi odamning maqsadiga qarab, ma'rifat yo qabohat maskaniga aylanib borayotgani sir emas. Bugun dunyoda o‘z ta'sir doirasini kengaytirish, kishilar ongini boshqarishga urinayotgan g‘arazli kuchlar ham borki, ular Inter- netdan qurol sifatida foydalanishmoqda. Hozirgi kunda axborot oqimining ko‘pligi bois ma'lumotlarning hammasini tahlil qilishga,
    obdan fikr yuritishga ulgurilmaydi.
    Bugun yoshlarimiz o‘quv dargohlarida Internet orqali zarur ma'lumotlarni olishi, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalarning elektron variantlari bilan tanishishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Chekka qishloqlarda ham zamonaviy asosda jihozlangan, kompyuter texnikasi bilan ta'minlangan ta'lim muassasalari farzandlarimizning intellektual salohiyatini, iste'dodini, orzu va istaklarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilayotir.
    Axborot-kutubxona muassasalarida Internet tizimi orqali masofaviy axborot almashish jadallik bilan rivojlanmoqda. Foydalanuvchilar soni ham ortayotir. Asosiysi, undan qanday maqsadda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Axborot-kutubxona muassasalarida Internet tizimidan foyda- lanish foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talabini qisqa vaqt ichida aniq bajarish imkonini beradi. Informatsion texnologiyaning bu turi o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, zaruriy ma'lumot va axborotlar bilan samarali foydalana olishni taqozo etadi. Bunday ma'lumotlar to‘plamida ularni qayta ishlash, tahlil qilish maxsus texnik tizimlar orqali amalga oshiriladi.




    1. Download 8.01 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 8.01 Mb.