• II-BOB. KORXONADA O‘LCHASH NATIJALARINI QAYTA ISHLASH….
  • Xulosa………………………………………………………………………………. Ilovalar…………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati……………………………………………… KIRISH
  • Mavzu: korxonalarda o‘lchashlar, sinovlar va tekshiruvlarni holatini tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. OʻLchashlarning turi va usullari




    Download 4.87 Mb.
    bet1/11
    Sana10.12.2023
    Hajmi4.87 Mb.
    #115054
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Kurs ishi Metrologiya va Standartlashtirish
    ReadMe UzTransLit

    MAVZU: KORXONALARDA O‘LCHASHLAR, SINOVLAR VA TEKSHIRUVLARNI HOLATINI TASHKIL ETISH
    MUNDARIJA:
    Kirish………………………………………………………………………………..
    I-BOB. OʻLCHASHLARNING TURI VA USULLARI…………………………

      1. Oʻlchashlar, oʻlchash jarayoni va oʻlchash obyekti………………………

      2. Oʻlchash nazariyasi haqida umumiy tushunchalar……………………….

      3. Oʻlchash jarayonlarining modeli va ularni modellashtirish. ……………..

      4. Oʻlchashlarning turlari va usullari………………………………………..

    II-BOB. KORXONADA O‘LCHASH NATIJALARINI QAYTA ISHLASH….

      1. Bir marotaba o‘lchash natijalarini qayta ishlash…………………………..

      2. Ko‘p marotaba o‘lchash natijalarini qayta ishlash………………………

      3. Qo‘poI xatoliklaming namoyon bo‘lishini aniqlash………………………

      4. Oʻlchash natijalarini yaxlitlash. Yaxlitlash qoidasi………………………

    Xulosa……………………………………………………………………………….
    Ilovalar……………………………………………………………………………
    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati………………………………………………
    KIRISH
    Zamonaviy metrologiyaning mohiyati, ahamiyati fan-texnikaning rivojlanishida nihoyatda beqiyos boʻlib, u bilan bogʻliq muammolarni yechishda keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.
    Metrologiya sohasida keng koʻlamda olib borilayotgan ishlar uning fantexnikadagi va kishilik jamiyatining taraqqiyotidagi roli nihoyatda yuqori ekanligidan dalolat beradi va albatta jamiyatning taraqqiyoti oʻlchashlarning holati, imkoniyatlari va uning metrologik ta’minoti bilan belgilanadi.
    Mahsulotni ishlab chiqarish va uning yuqori sifatliligini ta’minlash, texnologik jarayonlarni boshqarish, sifatni nazorat qilish va boshqarish jarayonlarida metrologik bilimlarning ahamiyati juda kattadir.
    Hozirgi vaqtda hech bir mutaxassis ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni sifatli tavsiflaydigan aniq oʻlchashlarsiz tasavvur qilolmaydi. Muammo qanchalik murakkab boʻlsa, uning yechimida oʻlchashlarning ahamiyati shunchalik katta boʻladi.
    Bugungi kunda oʻlchash natijalari foydalanilmaydigan inson faoliyati doirasi yoʻq. Ishonchli oʻlchash axboroti xalq xoʻjaligi boshqaruvining barcha darajada iqtisodiyot va tekshiruvning asosi boʻlib hisoblanadi.
    Shunday qilib, har qanday xalq xoʻjaligi masalasining muvaffaqiyatli yechimi, hoh u energetikani, transportni yoki qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻlsin, bugun uni mustahkam metrologik poydevorsiz tasavvur etib boʻlmaydi.
    Buning barchasi nazariy metrologiyada ham, qonunlashtiruvchi metrologiyada ham, amaliy metrologiyada ham yechiladigan masalalarning xilmaxilligi, murakkabligiga va javobgarligiga sabab boʻladi. Inson dunyoni anglashda oʻzining moʻljallaganlarini koʻradi.
    Insoniyatning koʻp yillik tajribasidan kelib chiqqan holda fizik kattaliklarning sonli qiymati bilan bogʻliq quyidagi xulosaga kelingan: bilish uchun oʻlchash kerak. Mantiq yana davom etadi: oʻlchash uchun oʻlchovni oʻrganish kerak, ya’ni kattalik qiymati birligini – birlikni oʻrganish lozim. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, fizik kattalikni sonli qiymatini aniqlash uchun malum aniqlikdagi va tavsiflari barqaror boʻlgan birlik etaloni zarur.
    Ma’lumki, kattaliklarni oʻlchash amaliyotini bajarishdan oldin mutxassislar nazariy bilimlar bilan, ya’ni oʻlchashlar nazariyasiga oid bilimlar bilan tanish boʻlishlari lozim. Chunki nazariyasiz amaliyot yoʻq.
    Nazariy metrologiya boʻlimi metrologiyaning fundamental asoslarini, ya’ni nazariy bilimlarni va asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Shu sababli ushbu boʻlimda talabalar bilish nazariyasi va uning ahamiyati, oʻlchashlar, oʻlchanadigan kattaliklar va ularning turli tavsiflari, kattaliklarning birliklari va 4 oʻlchamliklari, kattaliklarning shkalalari va ularning hosil qilinishi, birliklar tizimlari, oʻlchashlarning turlari va usullari, oʻlchash xatoliklari, tasodifiy jarayonlar va tasodidfiy kattaliklar va boshqalar haqidagi nazariy bilimlarga, tushunchalarga va amaliy koʻnikmalarga ega boʻladilar.

    Download 4.87 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 4.87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: korxonalarda o‘lchashlar, sinovlar va tekshiruvlarni holatini tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. OʻLchashlarning turi va usullari

    Download 4.87 Mb.