• O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 26-modda
  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish or- ganlarida nikohdan ajratish.
  • Er va xotinning shaxsiy foy- dalanishidagi buyumlar




    Download 1.47 Mb.
    bet8/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28

    Er va xotinning shaxsiy foy- dalanishidagi buyumlar

    Qimmatbaho buyumlar va ze- bu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanish- dagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mab- lag‘i hisobiga olingan bo‘lsa ham, ulardan foydalanib kel- gan er va xo- tinning xususiy mulki hisobla­nadi.

    O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 26-modda

    Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo’lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir.

    Er va xotinlardan har birining mulki

    Er va xotinning nikohga qadar o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining ni­koh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa be- pul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har biri­ning shaxsiy mulki hisoblanadi.

    Nikoh davomida er-xotinning umumiy mulki, ular­dan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan biri­ning mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablag’lar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qo’shilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki ular- ning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin.

    Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo’lish



    Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo’lish er va xotindan birining talabiga ko’ra, ular nikohda bo’lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek, kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umu­miy mol-mulkni bo’lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
    Birlashgan Mil- latlar Tashkiloti Bosh Assamble- yasining

    1. yil 20-sentabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida

    2. yildan boshlab, har yili 15-may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishon- lashga qaror qilindi. Bu qarorni qabul qilishdan maqsad barcha taraqqiyparvar va tinchlikparvar in- soniyat diqqatini inson o‘z umrini o‘tkazadigan, o‘z orzu umidlari, baxt-u saodatini hamda tinchligini ta’minlaydigan maskan — oila- ning mustah- kam bo‘lishiga qaratishdir.

    Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xo- tin o’rtasida o’zaro kelishuv asosida bo’lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy mol-mulkni bo’lish to’g’risidagi o’zaro kelishuvi nota­rial tartibda tasdiqlanadi.

    Nizo tug’ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo’lish, shuningdek, er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.

    Oilaviy munosabatlar tugatilganda sud er va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan har birining shaxsiy mulki deb topishi mumkin.

    Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar) bo’linmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.

    Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o’rta- dagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo’yilgan omonat- lar o’sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-xotinning umu­miy mol-mulkini bo’lish paytida e’tiborga olinmaydi.

    Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikoh­da turgan davrda bo’lingan taqdirda, er va xotin mol- mulkining bo’linmay qolgan qismi, shuningdek, er va xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi.

    Ijodiy faoliyat



    M. turmush o’rtog’i T. bilan nikohdan ajratish va ularning birgalik- dagi mol-mulklarini bo’lib berish haqida da’vo arizasi bilan sudga mu- rojaat qiladi. М. o’z arizasida keltirilgan mol-mulklar ro’yxati qatori- da ularga nikoh to’ylariga T.ning ota-onasi tomonidan sovg’a qilingan yumshoq mebellar to’plami va gilam borligini ko’rsatadi.

    Hadya shartnomasi tuzilmagan bo’lsa-da, T. ota-onasi tomonidan to’ylariga sovg’a qilingan buyumlarni o’ziniki, deb qarshilik bildirdi.

    Siz nima deb o’ylaysiz, kimning talabi qonuniy?


    Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo’lish to’g’risidagi talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo’llaniladi.

    Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo’lishda hamda ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlash- da, agar er va xotin o’rtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, er va xotin- ning ulushlari teng deb hisoblanadi.


    Fermer xo‘jaligi yoki deh- qon xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkka nisbatan er va xotinning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari «Fer- mer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi va «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlar bilan tartibga solinadi.

    Savol va topshiriqlar



    1. Er va xotinning umumiy mol-mulki qanday bo’linadi?

    2. Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo’lish to’g’risidagi talablariga da’vo muddati necha yilni tashkil qiladi?

    3. Er va xotinning umumiy mol-mulki ular ni­kohda bo’lgan davrda bo’linishi mumkinmi? Fikringizni asoslang.

    4. Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobi- dan o’rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomi­ga qo’yilgan omonatlar er-xotinning umumiy mol-mulkini bo’lish paytida e’tiborga olinadimi?

    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

    1. S Er va xotin mol-mulkining 1 shartnomaviy tartibi

    Nikoh shartnomasi.

    Nikoh shartnomasi shakli va mazmuni.

    Nikohning tugatilish asoslari.

    Nikohdan ajratish tartibi

    Nikoh shartnomasi

    Nikoh shartnomasi - nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo’lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi.

    Nikoh shartnomasi er va xotin mulkining shartno- maviy rejimi hisoblanadi. Nikoh shartnomasi yoki kontrakt - oddiy bitim bo’lib, sud jarayonida bu bitimga nisbatan
    O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha nikoh shartnomalarining qonunga muvofiqligiga e’tiroz bildirish, nikoh shartnomasini to‘liq yoki qisman haqiqiy emas, deb e’ti- rof qil ish mumkin. Shartnoma shartlari O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 31-moddasi talablariga zid bo‘lgan taqdirda, sud er-xo- tindan birining talabi bo‘yicha nikoh shartnomasini to‘liq yoki qisman haqiqiy emas, deb e’tirof qilishi mumkin. Er-xotin qonunda yo‘l qo‘yi- ladigan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o‘zaro kirishishga haqlidir. Er-xotindan birining huquqlarini cheklab qo‘yishga qaratilgan shartnomalar haqiqiy emas.

    uni tuzgan shaxslar tomonidan ham, boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan ham e’tiroz bildirilishi mumkin.



    Nikoh shartnomasida er-xotin oila xarajatlarini bir- galikda ta’minlash va amalga oshirish, bir-birining da- romadlarida ishtirok qilish bo’yicha o’z huquqlari va majburiyatlarini belgilab olish, nikoh bekor qilingan taqdirda er-xotinning har biriga beriladigan mulkni tayinlash, shuningdek, nikoh shartnomasiga er-xotin- ning mulkiy munosabatlariga taalluqli boshqa qoidalarni kiritish huquqiga egalar.
    Nikohni tegishli tartibda qayd et- tirmasdan turib, er-xotin bo‘lib yashash ularning mulkini er-xotin- ning birgalikdagi umumiy mulki deb topish uchun asos bo‘lmaydi.

    Nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo’lgan bitimlar tarkibiga kiradi, shartnoma vakillar orqali tuzilishi mumkin emas.

    Nikoh shartnomasi — nikoh bekor qilingandan so’ng kimga qanday mulk tegishli bo’lishini aniq belgilab be­radi. Unda er-xotin o’rtasida birgalikda orttirilgan mulk chegaralari belgilanadi, nikoh bekor qilingandan so’ng do’stona munosabatlar imkoniyati saqlanib qoladi.

    Nikoh shartnomasining shakli va mazmuni



    Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va nota­rial tartibda tasdiqlanishi lozim.
    Ijodiy faoliyat

    Aziz «Damas» rusumli avtomashinasining sotilganligini rasmiy- lashtirish uchun notariusga bordi. Notarius mashinaning hujjatlari va Azizning pasportini varaqlar ekan, avtomashinani sotishga rafiqasining roziligi kerakligini tushuntirdi.

    Aziz: «Bu mening avtomashinam, mening nomimga olingan, o‘z mablag‘imga olganman. Xotinim ishlamaydi, uyda o‘tiradi»,deb tushuntirishiga qaramay, notarius oldi-sotdi shartnomasini rasmiylash- tirishdan bosh tortdi.

    Notarius nima uchun shartnomani rasmiylashtirmadi?



    

    Er va xotin nikoh shartnomasiga ko’ra birgalik- dagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibi­ni o’zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o’rnatishga haqlidir.

    Nikoh shartnomalari, odatda, davlat ro’yxatidan yoki boshqa maxsus ro’yxatdan o’tkaziladigan mulklar- ga nisbatan tuziladi. Nikoh shartnomasida qayd qilin- magan mulklarga nisbatan umumiy birgalikdagi mulk rejimi saqlanib qoladi. Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga ke- lishini ham nazarda tutishi mumkin.
    Nikoh shartno- masini notarial tasdiqlash uning qonuniyligini kafolatlaydi.

    Notarial shakl shartnomaning ishonchliligini angla­tadi, taraflarning o’zaro munosabatlariga aniq-ravshan- lik kiritadi, nikoh shartnomasi tuzilganligi fakti va uning mazmuni bo’yicha nizolar vujudga kelishi imkoniyatini istisno etadi. Nikoh shartnomasini tasdiqlashdan oldin notarius yuridik faktlarning zaruriy tarkibini tekshiradi.



    U tomonlarning shaxsi, huquq layoqati, muoma­la layoqatini, ularning biridan ikkinchisiga o’tayotgan

    Huquq tarixidan


    Nikoh shartnomasi ko‘p asrlardan beri xorijiy va milliy amaliyotda amal qilib kelmoqda. Qadimgi Rimdayoq bo‘lg‘usi er-xotinlarning mol-mulki­ga oid bitimlar tuzilgan. Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida XVI- XIX asrlarda aholining turli qatlamlari o‘rtasida nikohdan oldingi kelishuv- lar keng tarqalgan. Er-xotin mol-mulkining shartnomaviy rejimini tartibga soluvchi huquqiy vosita sifatida nikoh kontrakti institutining shakllanishi XVIII asrning oxiri-XIX asrning boshlarida Fransiya, Angliya, Germaniya, Avstriya va boshqa davlatlarda boshlangan.

    subyektiv huquqlarga egaligini aniqlashi lozim. Gu- vohlantirilgan nikoh shartnomasi notarial idoraning ish hujjatlarida saqlanishi ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi va agar taraflarga berilgan nusxalar yo’qotilsa, ular o’zlarining huquqlarini tasdiqlash uchun notarial arxivga murojaat qilishlari va nikoh shartnomasining dublikatini olishlari mumkin.



    Er va xotinning mol-mulki huquqiy tartibini belgi- laydigan nikoh shartnomasining shartlari uning maz- munini tashkil qiladi. Nikoh shartnomasi shartlarida tomonlarning nikohda va u bekor bo’lganida er va xo­tin mulkiy munosabatlarining muhim jihatlari bo’yicha nizomlar qayd etiladi. Qoidaga ko’ra, nikoh shartnoma­si er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo’lg’usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Nikoh shartnomasiga er va xotin quyidagi qoidalarni ki- ritishga haqlidirlar:
    Aziz va Shohis- ta turmush davrida nikoh shartnomasini rasmiylashtir- moqchi bo‘ldilar. Ular nikoh shartnomasi tu- zayotgani to‘g‘ri- sida o‘z kreditori- ni (kreditorlarini) xabardor qilishla- ri shartmi?


    • o’zaro moddiy ta’minot berish;

    • oila хarajatlarini taqsimlash;

    • bir-birining daromadida ishtirok etish;

    • boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tu- zish;

    • birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ulla- nish bo’yicha o’z huquq va majburiyatlarini bel- gilab olish;

    • nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mol-mulkni aniqlab olish;

    • er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar.

    Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bi­lan istalgan vaqtda o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo’lsa, uning o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham

    shunday shaklda amalga oshiriladi. Nikoh shartno- masini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo’l qo’yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodek- sida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.



    Nikohning tugatilish asoslari. Nikohdan ajratish tartibi
    Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq, agar er-xotindan biri:

    • sud tomonidan bedarak yo‘qol- gan deb topilsa;

    • sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomala- ga layoqatsiz deb aniqlansa;

    • sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan mud- datga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan bolalari bor- yo‘qligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra ular fuqaro­lik holati dalolat- nomalarini yozish organlarida ni­kohdan ajratiladi.

    Qonun hujjatlarida nikohni tugatish, bekor qilish va nikohdan ajratish to’g’risida normalar mavjud. Bun- da nikohni tugatish umumiy va keng ma’no kasb etadi. Nikohning tugatilishi deganda ma’lum yuridik faktlar tufayli er-xotin o’rtasida vujudga kelgan nikoh huquqiy munosabatlarining tugallanishi tushuniladi. Nikoh tu- gatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi. Agar nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar ko’rsatilgan bo’lsa, ular yuridik kuchi- ni yo’qotmaydi. Vafot etish yuridik fakt bo’lib, er-xo­tin o’rtasidagi nikoh munosabatini bekor qiladi. Er-xo­tindan biri vafot etgan yoki sud tartibida vafot etgan deb e’lon qilingan hollarda ular o’rtasidagi nikohning huquqiy munosabati tugallanadi.

    Oila kodeksida nikohdan ajralish uchun aniq asoslar ko’rsatilmagan va buning iloji ham yo’q, chunki er yoki xotin keltirgan asos ayrim hollarda nikohdan ajratish uchun yetarli deb topilsa, boshqa hollarda ajratish uchun asos bo’la olmaydi. Shuning uchun Oila kodeksida ni­kohdan ajralishning sud amaliyoti quyidagicha belgilan­gan: «Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo’q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi».


    Wt—

    Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning yashash joyidagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o’tgach qayd etiladi.



    Nikohdan sud tartibida ajratish. Oila kodeksi nikohdan ajralishning asosiga qarab, buning quyidagi tartibini belgilaydi:

    1. er-xotinlar o’rtasidagi mulkiy nizolar mavjud bo’lgan hollarda (masalan, mol-mulkni bo’lish, er-xotin- lar o’rtasidagi hamda voyaga yetmagan bolalarga mod­diy ta’minot bilan bog’liq bo’lgan holatlar yuzasidan (aliment undirish masalasida) va boshqalar) sud tartibi­da ajratiladi;

    2. nizo bo’lmagan taqdirda, jumladan, agar:

    1. er-xotin o’rtasida voyaga yetmagan farzandlari bo’lmasa va ular ajralishga o’zaro rozi bo’lgan;

    2. taraflar (er yoki xotin) sud tomonidan bedarak yo’qolgan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muo- malaga layoqatsiz deb topilgan;

    d) sodir etgan jinoyati uchun eri yoki xotini uch yil- dan kam bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qi-


    Ijodiy faoliyat

    Z. va A. erta turmush qurishdi. Nikohga kirishish vaqtida ikkovi

    1. yoshda bo’lishgan. Z. 16 yoshligidan emansipatsiyaga ega bo’lib,

    tadbirkorlikfaoliyati bilan shug’ullanib kelar edi. Shu sababli Z. nikoh- ga kirishish vaqtida A.ga nikoh shartnomasi tuzishni taklif qildi.

    Z. va A. nikoh shartnomasi tuzish va uni rasmiylashti- rish maqsadida notarial idoraga murojaat qilganla- rida, notarius ularning hali voyaga yetmaganlikla- rini, notarial tasdiqlangan bitim tuzish uchun ular hali yoshligini, yana ikki yildan so’ng kelishlari jnumkinligini ta ‘kidlab, nikoh shartnomasini no­tarial tasdiqlashni rad etdi.

    Notariusning harakatlari to’g’rimi?



    lingan taqdirda, Oila kodeksining 42-43-moddalarida belgilanganidek, ma’muriy tartibda (FHDY organi orqa- li) nikohdan ajratiladi.

    Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish or- ganlarida nikohdan ajratish. Nikohdan ajralishning sud bilan birga ma’muriy tartibi mavjud. Mazkur tartib er-xotinlik munosabatlarini bekor qilishning nisbatan oddiy va soddalashtirilgan tartibi hisoblanadi. Bunda ni­koh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ajratiladi va sud jarayoni bo’lmaydi.

    Nikohdan ajratish to’g’risidagi arizani qabul qilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari ariza berilgan kundan uch oy o’tgandan keyin ajralishni ras- miylashtiradi va ularga nikohdan ajralish to’g’risidagi guvohnomani beradi. Shu vaqtdan boshlab nikoh tu- gallangan hisoblanadi va sobiq er-xotin yangi nikohdan o’tish huquqini oladi. Uch oylik muddat er-xotinning yarashib ketishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida belgilanadi.




    


    Savol va topshiriqlar



    1. Nikoh shartnomasini fuqarolik huquqidagi boshqa shartnomalar bilan taqqoslang va ni- koh shartnomasiga kiritilishi lozim bo’lgan hamda kiritilishi mumkin bo’lmagan shartlar- ning o’zaro farqini tahlil qiling.

    2. Nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr nazarda tutiladimi?

    3. Nikohni tegishli tartibda qayd qilmay turib er-xotin bo’lish mumkinmi?

    4. Nima uchun nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi zarur bo’lgan bitimlar tarkibiga kiradi?

    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
    Ijodiy faoliyat

    1. bo‘lim. JINOYAT HUQUQI

    1. S Jinoyat huquqining maqsadi vazifasi va tamoyillari

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jinoyat huquqining asosiy manbayi.


    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va man- faatlarini, ular- ning himoya qilinishi va amalga oshirili- shi mexanizmini aniqlang. Bu jarayonning buzilishi qan- day huquqiy oqibatlarga olib kelishini O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi asosida aniqlab ko‘ring.

    O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari.

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jinoyat huquqining asosiy manbayi

    Jinoyat hamda konstitutsiyaviy huquqlarning o’za- ro bog’liqligi shubhasizdir. Jinoyat huquqining konsti­tutsiyaviy qonun-qoidalar bilan o’zaro aloqadorligi va bog’liqligi ko’p qirrali bo’lib, u Konstitutsiyada mustah- kamlangan hamda jinoyat qonunining asosiy vazifalari- ni o’z ichiga oladi.

    Jinoyat huquqi prinsiplari xalq hokimiyatchiligi, qo- nun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokra- tizm, fuqarolar tengligi, umuminsoniy qadriyatlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustunli­gi va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustah- kamlangan boshqa shu kabi prinsiplarga asoslanadi.

    O’zbekiston Respublikasida jinoyat huquqi prinsip- larining asosini Konstitutsiyada mustahkamlangan qo- nuniylik va fuqarolarning tengligi prinsipi tashkil eta- di (O’zR Konstitutsiyasining 14, 15, 18-m.). So’ngra jinoiy javobgarlik, jazo tayinlash va uni ijro etish, jazo-



    dan ozod qilish kabi qoidalarni o’zida mujassamlashtir- gan prinsiplar aks ettirilgan.

    Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o’za- ro teng qimmatlidir, zero, ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo’lib, davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi.

    Jinoyat huquqiga oid ko’rsatmalarni qo’llash vakolat- lariga ega bo’lgan davlat idoralarining mansabdor shaxsla- riga normativ prinsiplarning ta’siri ularning faoliyatida Ji­noyat kodeksida nazarda tutilgan qoidalarni aniq va to’g’ri qo’llashni, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiya- si va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va manfaatlariga barcha choralar bilan rioya qilishni, o’z xiz- mat majburiyatlarini bajarishda shaxsiy mas’uliyat va ta- labchanlik tuyg’ularini oshirishni taqozo etadi.

    Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, xususiy mulk, tabiiy muhit, tinchlik- osoyisht alik hamda insoniyat xavfsizligini jinoiy tajo- vuzlardan qo’riqlash nazarda tutilgan.

    Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, ja­miyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo’riqlash, shuningdek jinoyatlarning ol- dini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

    Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun kodeks javobgarlikning asos- lari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo’llani- lishi mumkin bo’lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi.



    Download 1.47 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Er va xotinning shaxsiy foy- dalanishidagi buyumlar

    Download 1.47 Mb.