0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/95
Sana05.09.2024
Hajmi9,07 Mb.
#270327
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95
Bog'liq
Ekologik turizm

XX asming hozjrgi davrdagi
ilmiy adabivotlarda ekoturizmning 
tabiatga ta ’siri haqida ilmiy-amaliy tajriba va kuzatuvga 
asoslanmagan xulosalar yozila boshlandi. Bu haqda yuqorida 
to‘xtaldik. Masalan, Rossiyadagi ekologik turizmning darg'alari 
b o lg an Drozdov A.V., Sergeyeva Т.К., Xrabovehenko V.V., 
va Kosolapov A.B.laming turizmning tabiatga ta ’siri haqidagi 
xulosalari bir xil m a’noda, ya’ni turizmning tabiatga ta ’siri: 
a) to cg‘ridan to'g'ri; b) yonlama (bilvosita) yuz beradi.
Ekoturiz:mning tabiatga to ‘g‘ridan io cg‘ri ta’siri haqida juda 
ko‘p misollar keltirish mumkin. Bu misollarning barchasida 
ekoturizmning noto‘g‘ri tashkil qilin shi va ekoturistik faoliyatning 
nazoratsiz holatlarida yuz beradi. Ekoturizmda quyidagi ikkita 
holat 
ekoturizmni 
rivojlantiruvchilar, 
ekoturizmni 
tadqiq 
qiluvchilar uchun juda muhim hisoblanadi:
1. Ekoturizmning tabiatni muhofaza qilishi.
2. Tabiatni ekoturizmdan muhofaza qilish.
Ekoturizmning asosiy maqsadi tabiatni muhofaza qilish
hisoblanadi. Ekoturizmning jahonda shakUantirilishi dunyoviy 
ekologik 
mqirozJardan 
kelib 
chiqqanJigi 
ham 
o£rganj!di. 
Ekoturizmning tabiatga har qanday ta’siri ekoturizmning huquqiy 
me’yorlari ishlab chiqilmagan holatlarda yuz beradi. Ekoturizmning
59 
Сергеева Т.К. Экологический туризм. Москва: Финансы и ста-шстика,
2004. С. 360..
179


huquqiy me’yorîari ishlab chiqilmagan holatlarda ekoturiznuxi tashkil 
qffish va ekoturistik faoliyatni nazorat qilish ham qiyin kechadi.
Tabiatni 
ekoturizmdan 
muhofaza 
qilishda 
ekoturistik 
resurslardan foydalanish yuklamasmi, ya’ni ekoturistik obyéktga 
bir kunda qancha ekoturistni qo ‘yish chegarasini, m e’yorini bilish 
lozim. Bu chegaradan, yuklamadan ortig'i ekoturistik bosim 
deyiladi. Ekoturistik bosim qanchalik ortsa tabiatga keltirilgan 
zarar oshib boradi. Bunday holatlarda tabiatdan ekoturizmda 
foydalanish zararii b o iib chiqadi.
Ekoturiznming tabiatga to"g‘ridan to £g‘ri ta ’siri quyidagi 
holatlarda yuz beradi:
• ekoturistik m e’yordan ortiq baîiq ovlash va ekoturistik 
m e’yordan ortiq ovchilik ta ’sirida o ‘simlik va hayvonlaming 
qirilishi, tabiiy hududlardagi qishloq xo‘jalik faoliyati natijasida 
tabiiy sharoitlaming buzilishi.
• o simliklar va hayvonlaming tabiiy hayotiga aralashuv — 
shovqin, ulami qo'ldan oziqlantirish, sun’iy sharoitlarda ko'paytirish, 
doimo ta’qib qilish, kuzatish, uyalarini buzish va boshq,;
inson keltirgan 
oziq-ovqat chiqindilaridan yuqumli 
kasalliklaming kelib chiqishi, o'rm onlarning kesilishi, tuproq 
qatlamida salbiy o £zgarishiaming hosil bo £lishi.
14.2. Ekoturizmnmg tabiatga yonlama ta ’stri
Ekoturizmning tabiatga yonlama ta’sirini insoniyatning tabiaí va 
uning resurslaridan noto£g£ri foydalanishi-antropogen ta ’sirkrining 
barchasini misol tariqasida keltirsak to ‘g£ri bo£ladi. Bunday ta’siriar 
haqida juda ko£p!ab misollami keltirish mumkin. Bu misollaming 
umumiy holatlarini quyidagicha tushimtirish mumkin:
• hayvonlar va o £simliklar tabiiy yashash muhitining inson 
faoliyati natijasida o £zgarishi;
• geografik tabiiy muhit komponentlariga global antropogen 
ta ’sir (suv yuzalari va tuproqning ifloslanishi, o £rmonlaming 
kesilishi va eroziyaning kuchayishi, iqhmning global o £zgarishi,
180


atmosferaning ifloslanishi, dunyo okeamning ifloslanishi va boshq.);
hayvonlami sun’iy sharoitlarda saqlash, hayvon va 
o ‘simliklarning tabiiy sharoitdagi yashash jarayonlariga aralashish 
va boshq.;
• tabiatga o ‘nglanmas qiig'in keltiravchi harbiy qtirollami smash;
• zaharh kimyoviy moddalami ishlab chiqarish va qollash.
E’tibor qilsak, yuqorida keltirilgan “ta’sirlar” o'tgan asming
ikkinchi 
yarmidagi 
insonnmg 
ilmiy-texnika 
taraqqiyotiiii 
rivojlantirishi natijasida sayyoramiz “tabiatini bo‘ysundirish” shiori 
bilan ertangi kunini o ‘ylamasdan, kelajak avlodinmg tabiatdagi 
rizqi-nasibasini yeb qo'yishini izohlash deb baholasa xato bolmaydLp
Ikkinchidan, 
“ta ’sirlar”ni 
yozgan 
mualliflar 
tabiatga 
ekoturizmning ta ’sirmi emas va turizmning ham ta ’sirini emas 
balki, tabiatga insoniyatning butun sivilizatsiyasi davridagi 
ochko'zligi va kaltafahmligi natijasida ayniqsa, o‘tgan asming 
ikkinchi yarmidan to hozirgacha davom etayotgan tabiatni buzish, 
yemirish, talash va qirishming natijalarini izohlashgan.
Ekoturizmni rivojlantirar ekanmiz uning tabiatga yonlama 
(bilvosita) ta ’siri b o lish i kutilmagan hodisa emas. Bu ta’sirlarsiz 
ekoturizmni rivojlantirib bolm aydi. Bu yerda asosiy mulohaza 
tabiatdagi 
ekoturistik so‘qmoqlar, 
ekoturistlaming 
nojo‘ya 
harakatlari, qocriqIanayotgan hududlardagi so‘qmoqlarda qisqa 
muddatli dam olish infratuzihnalari, ekoturistlaming shovqini va 
chiqindilari haqida bormoqda60,61.62.63.
Ekoturizmni tashkil qihshda ekoturizmda lider davlatlaming 
“alohida muhofazadagi tabiiy hududlar”da ekoturiznmi rivojiantirish 
mexanizmlaridan foydalanishimiz kerak. Bu haqida 9-bobda 
yozildi, foydalanish tizimi chizma ravishda keltirildi (EKONET).
60
Дроздов A.B. Основы экологического туризма. Москва: Гардарики,
2005. С. 271.
61
Сергеева Т.К. Экологический туризм. Москва: Финансы и статисти­
ка, 2004. С. 360.
62
Храбовченко В.В. Экологический туризм. Москва: Финансы и ста­
тистика, 2003. С. 172.
63
Косолапов А.Б. Теория и практика экологического туризма. Москва: 
КНОРУС, 2005. С. 240.
181


Bu foydalanish tizimining uchinchi zonasi 

Download 9,07 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi

Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish