I l l BOB. KERAMIK MATERIALLAR VA BUYUMLAR
3.1. Umumiy ma’Iumotlar
Mineral xomashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuy-
dirish natijasida olingan materiallar va buyumlarga
keramik materiallar
deyiladi. «Keramika» so‘zi lotincha
«keramos»
so'zidan olingan bolib,
«gil» ma’nosini bildiradi.
Insoniyat tarixida gil asosidagi xom loydan
tayyorlangan devorbop
materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi
8000-yillikda ishlatilgan. Pishirilgan g‘isht eramizdan avvalgi 3500-4000-
y., cherepitsa va sirlangan g‘isht esa qurilishda eramizdan aw al 1000 yil
ishlatilgan.
Markaziy Osiyo, xususan, 0 ‘zbekistonda saqlanib qolgan arxitektura
yodgorliklari qurilish materiallari keramika asosidadir.
Hozirgi kunda
effektiv g ‘isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariya-texnika buyumlari
maxsus keramik buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Keramik buyumlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Ular tuzilishiga
ko‘ra g ‘ovak va zich keramik buyumlarga boMinadi. G ‘ovak keramikaning
suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5 foiz ko‘p bo‘ladi. Bularga devorbop
g ‘isht va bloklar, tombop cherepitsa,
drenaj quvurlar, fayans, qoplama
plitalar kiradi. Zich keramikaning suv shimuvchanligi 5 foiz kam bo‘ladi.
Ularga klinker g‘ishti, yirik o ‘lchamli keramik plitalar, pol plitalari kiradi.
Erish haroratiga ko‘ra keramik materiallar yengil eruvchan (1350
°S past), qiyin eruvchan (1350-1580 °S), erimaydigan (1580-2000 °S)
turlarga bo‘linadi. Keramik materiallar va buyumlarni xomashyoning
hamma yerda
mavjudligi, arzonligi, texnologik jarayonlarning nisbatan
soddaligi, ekologik tozaligi ko‘plab ishlab chiqarish imkonini beradi.