• 12-ma’ruza: Rivojlangan mamlakatlarda GMO boʻyicha biologik xavfsizlikni nazorat qilishda davlat boshqaruvi . Reja
  • Ma’ruza mavzusi bayoni
  • Cartogena Protocol of Biosafety
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 3.04 Mb.
    bet22/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    Takrorlash uchun savollar:

    1. Xavfsizlik deganda qanday tushunchalarga egasiz?

    2. Biologik xavflarga qanday omillar sabab boʻlishi mumkinligini izohlab bering?

    3. Xavfsizlikning asosiy prinsiplariga izoh bering?

    4. Biotexnologiyaning harbiy boʻlmagan xavfsizlik aspektlariga ijobiy ta’sirlardan nimalarni bilasi?

    5. Genetik xavf haqida nimalarni bilasiz?



    12-ma’ruza: Rivojlangan mamlakatlarda GMO boʻyicha biologik xavfsizlikni nazorat qilishda davlat boshqaruvi.
    Reja:
    1. Rivojlangan mamlakatlarda GMO maxsulotlari.
    2. Biologik xavfsizlikni nazorat qilishda davlat boshqaruvi.
    3. Ferment produsentlarini oʻstirish
    Mavzu boʻyicha asosiy tushuncha va iboralar: oksireduktazalar, trasferazalar, immobilizatsiya, affinli, gel filtiratsiya, gidrolazalar, izomerazalar, ligaza, faollik birligi, alfa-amilaza, betta-amilaza, glyuko-amilaza, pepsin, nordon, neytral va ishqoriy fosfatazalar.
    Ma’ruza mavzusi bayoni
    AQSh biotexnologiya, xususan, biomuxandislik boʻyicha yetakchi oʻrinda turadi. Eng avvalo bunday holat gen muhandisligi, biomuxandislik borasidagi ilmiy hamda ilmiy ishlab chiqarish ishlarini Davlat tomonidan kuchli muhofazasida ekanligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, bu mamlakatda gen modifikasiya qilingan organizmlardan ishlab chiqarishda foydalanish boʻyicha kongress qonunlari va prezident farmon va farmoyishlari qabul qilingan. AQShda ekiladigan soyaning yarmi, makkajoʻxorining 14 qismini transgen oʻsimliklar tashkil etadi. AQSh genetik modifikasiya qilingan mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi.
    AQShning gen modifikasiya qilingan organizmlarni yaratish va ulardan foydalanishni Davlat tomonidan nazorat qilish tizimi boshqa mamlakatlardan (masalan, Rossiyadan) tubdan farq qilmasada oʻziga xos boʻlgan tomonlari bor.
    AQShda genetik modifikasiya qilingan organizmlarni Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uch vazirlikka, ya’ni Sogʻliqni saqlash, Qishloq xoʻjaligi va Ekologiya vazirliklari javobgarligiga topshirilgan. Bunday organizmlarni roʻyxatga olish yoki olmaslikni aytib oʻtilgan vazirliklarning har-biri mustaqil ravishda, bir-birlarining ishlariga aralashmasdan hal qilishlari mumkin. AQShning Qishloq xoʻjalik departamenti (USDA), uning veterinariya va oʻsimliklarni himoya qilish (APHIS) inspeksiyalari tasdiqlangan shartlar va tartiblarga binoan (notifikasiya), genetik modifikasiya qilingan organizmlarni shtatlar orasida yuritishiga, ularni importi yoki atrof-muhitga chiqarish haqida ruxsat beradi. Bu shartlar AQShda 1993 yilda ishlab chiqilgan va hozirgacha oʻz kuchini yoʻqotgani yoʻq.
    AQShda biotexnologiya va biomuxandislik boʻyicha aniq va ravshan me’yoriy huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida ishlab chiqarilishi va ularni faoliyat koʻrsatishini ta’minlanishi, mamlakatda bu sohani rivojlanishiga olib keldi. AQShda biomuxandislikni bosh yoʻnalishi-soya, gʻoʻza, makkajoʻxori, qand lavlagi, kartoshka, pomidor, raps va boshqa oʻsimliklarni raundap (glifosat) nomli gerbisidga, zamburugʻ kasalliklariga va hashoratlarga chidamli boʻlgan navlarini yaratishga qaratilgan. Shuningdek, bu mamlakatda bugʻdoyning virusli kasalliklariga chidamli gibrid navlarini yaratish boʻyicha faol ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Chidamli gibridlar va navlar yaratish boʻyicha katta muvaffaqiyatlarga Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida joylashgan “Monsanto” firmasi erishgan. Bu firma maxsulotlari butun jahonga yaxshi tanishdir.
    Shuni ham aytib oʻtish lozimki, AQSh fermerlari gibridlarni ekish, ulardan hosil olish, urugʻlarini yoki ulardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotish boʻyicha hyech qanday muammoga duchor boʻlmaydilar. Gibridlardan foydalangan fermerlar gerbisid va pestisidlarga ketadigan xarajatlar hisobidan juda katta foyda topadilar.
    AQShda genetik modifikasiya qilingan va gibridlardan olinadigan oziqa mahsulotlarini maxsus belgilar bilan belgilab qoʻyish boʻyicha qarorlar qabul qilinmagan. Xaridorlarning xohish istaklaridan kelib chiqqan holda, belgilarni hohlagan vaqtda, hohlagan sotuv tarmoqlarida qoʻyish mumkin. AQShda biotexnologiya boʻyicha maxsus targʻibot markazi tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Bu markazning asosiy vazifasi eng yangi axborot tizimidan foydalanib, biotexnologiya va biomuhandislik boʻyicha axborotlarni izlash, yigʻish va saqlashdan iboratdir.
    AQShda biotexnologiyani rivojlantirish boʻyicha Milliy qoʻmita va genetik modifikasiya qilingan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlarni baholash boʻyicha ekspert kengashi ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shuningdek, AQSh hukumatida biotexnologiya muammolari va yutuqlarini muhokama qilish, bu sohaga yordam koʻrsatishda Milliy strategiya ishlab-chiquvchi maxsus komissiya faoliyat koʻrsatadi.
    Bu komissiyaning a’zolari qilib, qishloq xoʻjaligi, savdo-sotiq, mudofaa, energetika vazirlari, shuningdek, oziq-ovqat maxsulotlari va dori-darmonlar komiteti raislari, ekologiya agentligi rahbari, milliy-ilmiy fond direktori, qator ilmiy tekshirish institut direktorlari, har-xil departamentlarning boʻlim boshliqlari hamda biotexnologiya sohasi boʻyicha yirik olimlar kiritilgan.
    Komissiya, hukumatning biotexnologiya va biomuxandislik boʻyicha dastur va umumiy faoliyatini oʻrganib, kerak boʻlganda mamlakat Prezidenti hamda kongressga oʻz fikr-mulohazalari bilan chiqish huquqiga ega.
    AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarda biologik xavfsizlik boʻyicha xalqaro Kartogen Protokoliga asosan (Cartogena Protocol of Biosafety) hamda Monrealdagi biologik xilma-xillik konvensiyasi doirasida genetik modifikasiya qilingan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlarni transportirovka, marketing qilish va ulardan foydalanish boʻyicha kelishuv tayyorlanishi va rotifikasiya qilishi lozim.
    Amerika va Yevropaning qator mamlakatlarida genetik modifikasiya qilingan organizmlarni koʻpgina oʻsimlik va hayvonlar mahsulotlarini harakatini nazorat qilish tizimini monitoring qilish boʻyicha komissiya faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
    Biotexnologiya va biomuxandislik ishlarida biologik xavfsizlikni ta’minlash borasida yagona xalqaro tizim tashkil etilsa va uni doimiy ravishda mukammallashtirib borish asosida zamonaviy talablarning sharoitlariga moslashtirib borib, barcha mamlakatlarda bir-biriga oʻxshagan qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinsa, chiqarilgan davlat hujjatlarini hayotga tadbiq etilishini nazorat qiluvchi va ularni amalga oshiruvchi tegishli tashkilotlar tashkil etilsa maqsadga muvofiq boʻlar edi. Xavfsizlik, eng muhimi biologik xavfsizlikning dolzarb xalqaro muammo ekanligini jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tan olinganidan buyon ancha muddat oʻtdi. 1983-yilda JSST tomonidan Laboratoriya sharoitida biologik xavfsizlik boʻyicha dastlabki amaliy qoʻllanmalar chop etila boshlangan edi. Dunyoda boʻlayotgan soʻnggi voqealar shuni koʻrsatmoqdaki, mikrobiologik vositalar va toksinlarni suiisteʼmol qilish va chiqarib yuborish natijasida yuzaga keladigan yangi xavflar insonlar salomatligiga tahdid solmoqda.
    Biologik xavfsizlik - anʼanaviy fan sohalarining asoslaridan, yaʼni molekulyar biologiya, biotexnologiya, mikrobiologiya, virusologiya, genetika va bioinformatikaning sohadagi yangi yutuqlaridan foydalangan holda rivojlanayotgan yosh ilmiy va amaliy fan hisoblanadi. Joriy yil 26-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasining Boʻgʻuvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qoʻllanilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi Protokolga (Jeneva, 1925-yil 17-iyun) qoʻshilishi haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu yoʻnalishda biologik (toksik) quroldan foydalanishga qoʻyilgan taqiqlar xalqaro Konvensiya doirasida qabul qilingan majburiyatlar asosida tartibga solinadi. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimizda aholi sogʻligini asrab-avaylash va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish barobarida quyidagi holatlarning oldini olish muhim hisoblanadi:
    — mikroorganizmlar tomonidan oʻziga xos toʻsiqlarni yengib oʻtish orqali ilgari nomaʼlum boʻlgan patogenlar keltirib chiqaradigan yangi infeksiyalar xavfining oshishi;
    — Oʻzbekiston hududiga kam uchraydigan yoki ilgari topilmagan infeksiyalarni olib kirilishi, xavfli va oʻta xavfli infeksiyalar, shu jumladan tabiiy-tarqaluvchi, oʻz-oʻzidan paydo boʻladigan va qaytadigan infeksiyalar, shuningdek ularning aholi, hayvonlar va oʻsimliklar orasida tarqalishi;
    — har qanday tabiatda immunitet tanqisligi holatlarining shaxslarda namoyon boʻlishi bilan shartli patogen mikroorganizmlarning oʻsishi va infeksiya bilan kasallanish chastotasining koʻpayishi;
    — xavfli texnogen faoliyatda ikki tomonlama foydalanishdagi biotexnologiyalar, shu jumladan genetik-muhandislik texnologiyalaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq xavfning oshishi.
    Mikrobiologik oziq-ovqat xavfsizligi ekologiya va tibbiyotning
    XXI asrdagi eng katta muammosi boʻlib qolmoqda. Oziq-ovqat orqali yuqadigan infeksiyalar hamma joyda koʻpaymoqda va hatto rivojlangan mamlakatlarda ham bunday infeksiyalarning qurbonlari juda koʻpligi haqida xabarlar berilmoqda. Ushbu kasalliklarning oqibatida koʻrilgan iqtisodiy zararlar yuz millionlab dollarni tashkil qilmoqda. Ushbu jarayonlar 20-asrning oxirida “oziq-ovqat” infeksiyasining epidemiologik jarayonining har uch yoʻnalishida yuz bergan chuqur oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Shunday qilib, atrof-muhitga antropogen taʼsir, tibbiyotda va qishloq xoʻjaligida antibiotiklardan foydalanish mikroblarning rivojlanishini tezlashtirdi va oʻzgaruvchan xususiyatlarga ega, antibiotiklarga chidamli, infeksiyaning qoʻshimcha omillari boʻlgan oziq-ovqat xom ashyosi va bakteriyalarning oziq-ovqat mahsulotlarida anʼanaviy ifloslantiruvchi moddalar paydo boʻlishiga olib keldi. Uzoq muddatli muzlatib saqlash, plyonkalarga qadoqlash, sovutilgan xom ashyoni, shu jumladan ishlab chiqaruvchidan uzoq boʻlgan mamlakatlardan minimal ishlov berish texnologiyalari kam oʻrganilgan mikroorganizmlarning oziq-ovqat mahsulotlariga konsentratsiyasi uchun qulay sharoit yaratdi, bu aksariyat hollarda maʼlum bir mintaqalar uchun odatiy hisoblanadi. Natijada, bunday mikroblar tufayli, ayniqsa, sezuvchanligi oshgan aholida (bolalar, qariyalar, immunitet tizimining nuqsonlari boʻlgan odamlar) oziq-ovqat mahsulotlari bilan kasallanish xavfi sezilarli darajada oshdi.
    Ushbu hodisalarga qarshi kurashda oziq-ovqat mahsulotlari olishda foydalaniladigan hayvonlar uchun mikroblarga qarshi vositalarni tasdiqlash, ishlab chiqarish, sotish, yetkazib berish va ularni boshqarish bilan shugʻullanadigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar oʻzaro xabardorlikda, masʼuliyat va ehtiyotkorlik bilan ishlashlari shart.
    Isteʼmolchilar xavfsizligini taʼminlashda oziq-ovqatni ishlab chiqarish va savdosi jarayonlarida mikrobiologik talablarga rioya etilishi, texnologiya va gigiyena rejimlarini tartibga soluvchi, ishlab chiqaruvchilar hamda nazorat organlari tomonidan nazorat qilish metodologiyasi va tartibini belgilab beruvchi tizimli chora-tadbirlar tashkil etilishi zarur. Shu bilan birga, dunyoda oziq-ovqat orqali yuqadigan infeksiyalarning oʻsish tendensiyalari oziq-ovqat mahsulotidagi mikroblardan keluvchi xatar va uning kasallik chaqiruvchi hamda taʼsir etuvchi omillarining dinamikasining oʻsishini hisobga olish imkoniyati kamligi sababli anʼanaviy sogʻliqni saqlash tizimining samaradorligi pastligidan dalolat beradi.
    “Oziq-ovqat” tufayli yangidan paydo boʻladigan infeksiyalarning koʻpayishini bashorat qilinishi oziq-ovqatning mikrobiologik xavfsizligini taʼminlashning, avvalambor, uni baholash mezonlari va belgilangan gigiyena talablariga muvofiqligini, nazoratning meʼyoriy va uslubiy bazasiga moslashuvchanligini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqishni talab qiladi. Normativ huquqiy baza mahsulot olish zanjiri davomida vujudga keladigan real va potensial xavflarni hisobga olgan holda oʻz vaqtida va doimiy ravishda takomillashtirib borilishi kerak
    Hozirgi kunda mamlakatimizda biologik xavfsizlikni toʻla taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalarni toʻlaqonli amalga oshirish uchun qonunchilik bazasi yetarlicha emas. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasida foydalaniladigan mikroorganizmlarni xavfsizligi masalalari boʻyicha ham choralar belgilanmagan. Shu munosabat bilan quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratish talab etiladi:
    — oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan rekombinant DNK usuli bilan olingan mikroorganizmlarning atrof-muhitga chiqishi bilan bogʻliq xavflar;
    — oziq-ovqat yoki texnologik qoʻshimchalar sifatida ishlatiladigan mikroorganizmlar, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan fermentlar orqali ishlab chiqiladigan moddalarning xavfsizligi;
    — oziq-ovqat mahsulotidagi mikroorganizmlardan foydalanish bilan bogʻliq sogʻliqni mustahkamlash yoki unga salbiy taʼsir oqibatlarini oʻziga xosligini belgilanganligi.
    Bir qator mamlakatlarning hukumatlari darajasida milliy qonunchilikka ishlab chiqarishni “sogʻlom ovqatlanish”ga yoʻnaltiruvchi tuzatishlar kiritilmoqda. Genetik jihatdan oʻzgartirilgan organizmlar (GMO) - zamonaviy biotexnologiya bilan begona genlarni kiritish orqali yaratilgan yangi xususiyatlarga ega boʻlgan tirik organizmlardir. Bir tomondan, u oziq-ovqat ishlab chiqarishni tezda koʻpaytirish hamda kimyoviy moddalardan foydalanishni kamaytirishning eng tez yoʻlidir. Lekin, boshqa tomondan, bu ekinlar (soya, joʻxori, raps, gʻoʻza, pomidor, kartoshka, guruch, qand lavlagi, zigʻir, sholgʻom, qovoq, qovun, bugʻdoy kabi) oziq-ovqat sifati bilan bogʻliq boʻlgan xavfga (allergiyaga moyillik, insonlarda zaharli metabolik moddalar paydo boʻlishi) ega. Haqiqat shundaki, ularni yetishtirish paytidagi tuproqqa salbiy taʼsir hamda tabiiy organizmlarning ekologik boʻshliqlardan koʻchishi bu yerdagi ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin.
    Ekologik xatarlar yovvoyi va madaniy oʻsimliklar genofondini xilma-xilligi, suv resurslarini haddan tashqari tartibsiz foydalanish natijasida ifloslanishi, genetik oʻzgartirilgan oʻsimliklar bilan bogʻliq toksinlar bilan tabiiy tuproq unumdorligini pasayishi, tuproqdagi umurtqasizlar va mikroflora yoʻqolishiga olib keladi.
    Oʻzbekistonda ham GMO oʻsimliklar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilmoqda. Biroq, bunday organizmlardan foydalangan holda, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish yoki hayvonlar uchun ozuqaga moʻljallangan ekinlar toʻgʻrisida ochiq maʼlumotlar mavjud emas. Shuning uchun ham aholini va mamlakat milliy xavfsizlik tizimini tarkibiy qismi hisoblangan ekotizimlarni biologik tahdidlardan himoya qilish maqsadida:
    — aholi sogʻligʻi va tabiatga barcha turdagi biologik tahdidlar taʼsirini baholash va uni oldini olishni oʻz ichiga olgan “Biologik xavfsizlik toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish;
    — biologik tahdidlardan himoya qilish uchun ekologiya va sogʻliqni saqlash ilmiy markazini tashkil etish hamda inson va ekologiya uchun bioxavfsizlik haqidagi axborot milliy bazasini yaratish;
    — sanitariya epidemiologiya, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari oʻrtasida qonun darajasida biologik xavfsizlik boʻyicha tarmoqlararo aloqalarini taʼminlash (Oʻzbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsiziligi toʻgʻrisida”gi, “Biologik xavfsizlik toʻgʻrisida"gi qonunlari);
    — sanitariya epidemiologiya xizmatlari organlari tomonidan GMO mahsulotlarining xavfsiziligini toksikologik va tibbiy-biologik izlanishlar asosida baholashni taʼminlash;
    — Oʻzbekistonda GMO mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish masalarini OAVda keng muhokama qilish va yoritish ishlarini amalga oshirish zarur.
    Bugungi kunda butun dunyoda “koʻrinmas yov” – koronavirusga qarshi kurashilayotgan vaqtda biologik xavfsizlikning taʼminlash sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olim va tibbiyot xodimlarining xizmatlarini davlatimiz tomonidan munosib baholanmoqda. Kuni kecha Davlatimiz rahbarining Farmoni bilan oʻzlarining fidokorona xizmatlari bilan koronavirus kasalligiga qarshi kurashda jonbozlik koʻrsatgan bir guruh tibbiyot va bir qator soha xodimlari mukofotlandilar.
    Oʻzbekiston Ekologik partiyasining saylovoldi dasturida belgilangan asosiy vazifalaridan biri sifatida atrof muhit muhofazasi va fuqarolar salomatligi, ekologik xavfsizlikni taʼminlash shu jumladan, biologik xavfsizlikni taʼminlashni davlat siyosati darajasida kechiktirib boʻlmaydigan muhim vazifa sifatida amalga oshirilishi partiya oldidagi dolzarb masala hisoblanadi.

    Download 3.04 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




    Download 3.04 Mb.