• Kirish
  • Gel elektroforezi
  • «biotexnologiya» kafedrasi




    Download 3.04 Mb.
    bet58/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика

    Asosiy tushunchalar:


    • Gel elektroforezi DNK fragmentlarini oʻlchamiga mos ravishda ajratish usuli hisoblanadi.

    • DNK namunalari gelning bir qismida joylashgan quduqlarga (chuqurchalarga) joylashtiriladi va ularni gel orqali harakatlantirish uchun elektr toki yuboriladi.

    • DNK fragmentlari manfiy zaryadga ega, shuning uchun ular musbat elektrod tomonga harakat qiladi. Chunki barcha DNK fragmentlari maʼlum massa birligida bir xil zaryadga ega, kichik fragmentlar gel boʻylab kattalariga nisbatan tezroq harakatlanadi.

    • Gel DNK bogʻlovchi boʻyoqlar bilan boʻyalganda, bir xil oʻlchamlarga ega boʻlgan DNK fragmentlari tasmalar shaklida koʻrinadi.

    Kirish


    Faraz qilaylikPZR reaksiyasini oʻtkazib, kerakli genning koʻplab nusxalarini hosil qildik. Yoki DNKni klonlash orqali halqasimon plazmidga kerakli genni kiritdik.
    Endi PZR toʻgʻri bajarilgani yoki plazmid kerakli genni qabul qilib olganini tekshirishimiz lozim. DNK fragmentlarini vizual (oddiy koʻz bilan koʻrish orqali) tahlil qilish uchun qaysi usulni qoʻllashimiz mumkin?

    Gel elektroforezi


    Gel elektroforezi DNK fragmentlari (yoki RNK va oqsil singari boshqa makromolekulalar)ni oʻlchami va zaryadi boʻyicha ajratish usuli hisoblanadi. Elektroforez kerakli molekulalarni oʻz ichiga olgan gel orqali zaryad oqimini oʻtkazishdan iborat. Molekulalar oʻz oʻlchamlariga mos ravishda gel orqali turli yoʻnalishda yoki turli tezlikda bir-biridan ajraladi. 
    [“Elektroforez” nomi qanday paydo boʻlgan?]
    Barcha DNK molekulalari maʼlum massa birligida bir xil zaryada ega. Shuning uchun gel elektroforezi DNK fragmentlarini oʻlchamiga qarab ajratadi. Elektroforez yordamida namunada qancha turdagi DNK fragmentlari mavjudligini va ularning bir-biriga qanday bogʻliqligini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, DNK qismlarining oʻlchamini bilgan holda uning absolyut oʻlchamini standart “etalon” bilan solishtirish orqali aniqlashimiz mumkin. 

    Download 3.04 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109




    Download 3.04 Mb.