• Oʻsimlik xujayra va toʻqimalarini oʻstirish uchun ozuqa muhitlari tayyorlash mavzusi yuzasidan uslubiy koʻrsatma
  • -mavzu. Oʻsimlik hujayra va toʻqimalarini oʻstirish uchun oziqa muhitlari tayyorlash




    Download 3.04 Mb.
    bet61/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    21-mavzu. Oʻsimlik hujayra va toʻqimalarini oʻstirish uchun oziqa muhitlari tayyorlash
    Mashgʻulotning maqsadi. Xar hil turlarga mansub oʻsimliklar hujayralari toʻqimalari va organlarini oʻstirishda turli tarkibdagi ozuqa muhitlaridan foydalaniladi.
    Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: 1 litrli kimyoviy stakanlar 4 ta , boshlangi’ch eritmalarni saqlash uchun og‘zi yopiladigan shisha idishlar, penitsillin idishlari 10 dona, 1-100 ml pipetkalar, texnik va analitik tarozilar, elektroisitgich, turli xil kimyoviy moddalar.
    Oʻsimlik xujayra va toʻqimalarini oʻstirish uchun ozuqa muhitlari tayyorlash mavzusi yuzasidan uslubiy koʻrsatma
    Oʻsimlikdan ajratilgan hujayra va toʻqimalar oʻstiriladigan ozuqa muhitida oʻsimliklarga kerakli hamma makroelementlar: azot, fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugur, magniy, temir va mikroelementla: bor, rux, mis, kobalt, marganes, yod, molibden, shuningdek vitaminlar, uglevodlar, fitogarmonlar EDTA (etilen – diamin - tetrasirka kislotasi ) yoki uning natriyli tuzi kiritilishi kerak. Ajratilgan hujayra va toʻqimalar oʻstiriladigan ozuqa muhitining asosiy tarkibiy qismini uglevodlar tashkil qiladi, uglevod manbai sifatida saxaroza yoki glyukozaning 20-40 g/l miqdori qoʻllaniladi. Kallusli toʻqimalar olishda ozuqa muhitlari tarkibiga auksin (hujayra dedifferensirovkasini yuzaga keltiruvchilar) va sitokinin (dedifferensiyalangan hujayralarning boʻlinishini induksiyalovchi ) kiritilishi kerak. Auksin manbai sifatida ozuqa muhitlarda 2,4 dixlorfinoksisirka kislotasi (2,4 –D) 1-10 mg /ml; indolilsirka kislotasi (ISK )1-30 mg/l, naftilsirka kislotasi (NSK) 0,1-2 mg/ l kabilar ishlatiladi. Sun’iy ozuqa muhitlarida sitokinin manbai sifatida kinetin, 6 - benzilaminopurin (6- BAP) va zeatin (0,001 – 10 mg/l) qoʻllaniladi. Qattiq ozuqa muhitini tayyorlashda 5-7% agardan foydalaniladi. Makro va mikrotuzlar hamda vitaminlarning eritmalari yuqori miqdordagi boshlangʻich eritma holida tayyorlanib, ularni koʻp marta suyultirib ishlatilish mumkin. Har xil turlarga mansub oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarini oʻstirishda turli tarkibdagi ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Koʻpincha Murasige - Skuga, Uayt, Gamborgat (V -5) ozuqa muhitlari ishlatiladi. Murasige – Skuga oziqa muhitlaridan turlicha modifikatsiyalar bilan apikal meristemalar oʻstirishida va oʻsimliklarni mikrokoʻpaytirishda foydalanilishi mumkin.
    Hujayra - barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidirlar (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Guk 1665-yilda kashf qilgan.
    Hujayra (lot. sellula, sulis — katakcha) — barcha tirik organizmlarning tuzilishi va funksional birligi, elementar tirik sistema. Alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.
    Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. H.ning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribo-somalar, mitoxondriyalar, endoplaz-matik toʻr, Golji kompleksi, lizo-somalgr. Ayrim manbalarda H. membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik H.da boʻladigan membrana strukturalari — mikronay-chalar, mikrofibrillalar H. shaklining; H. kiritmalari H. tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.
    H. ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham H.da sin-tezlanadi. H.ning har qaysi organo-idi faqat unga xos vazifani bajaradi. Mas, eukariotlarda H.ning nafas olishi faqat mitoxondriyalar mem-branalarida, oqsil sintezi — ribo-somalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning H.strukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (kon-veyer prinsipi)ni taʼminlaydi. H.ga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik prinsi-pi ayniqsa DN K strukturasi uchun xos. Mas, odam tuxumhujayrasining 61012g keladigan DNK si organizm uchun xos boʻlgan barcha oqsillarni kodlaydi. H. ichida ionlarning muay-yan konsentratsiyasi saqlanadi. H. muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega.
    Oʻsimlik H.si hujayra membra-nasi sirtidan qattiq qobiqb-n qoplangan (qobiq jinsiy H.da boʻlmay-di). H. qobigʻida teshikchalar bor. Bu teshikchalardan oʻtadigan sitoplazma oʻsimtalari orqali qoʻshni H. oʻzaro bogʻlangan. Oʻsishdan toʻxtagan H. qobigʻiga lignin, kremnezem yoki b. moddalar shimilishi natijasida ancha pishiq va qattiq boʻlib qoladi. Oʻsimlik yogʻochining pishiqligi ana shu moddalarga bogʻliq. Ayrim oʻsimliklar toʻqimasi H.lari ayniqsa juda pishiqH. devoriga ega boʻlib, H. halok boʻlgandan soʻng ham oʻzining tayanch skeletlik funksiyasini saqlab qoladi. Ixtisoslashgan oʻsimlik H.sining bir necha yoki bitta markaziy vakuolasi bor; ularda har xil tuzlar eritmasi, ugle-vodlar, organik kislotalar, alka-loidlar, aminokislotalar, oqsillar, hatto zaxira suv boʻladi. Oʻsimlik H.lari sitoplazmasida maxsus organoidlar — plastidalar bor; Golji kompleksi esa sitoplazmada tarqalgan diktiosomalardan iborat.
    Barcha eukariotlar H.si bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular pro-kariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamgʻarish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega. Barcha H. membranasining funksiyasi ham oʻxshash. H. tuzilishi va funksiyasining oʻxshashligi ular kelib chiqi-shidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi H. oʻlchami va shakli, u yoki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi H.ning oʻzaro kooperatsiyasi va ularning funksional ixtisoslashuvi bilan bogʻ-liq. Bir hujayralilar H.sining tuzilishi va funksiyasi oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xoʻjayin H. mitoxon-driyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot H.ning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.

    Download 3.04 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Oʻsimlik hujayra va toʻqimalarini oʻstirish uchun oziqa muhitlari tayyorlash

    Download 3.04 Mb.