• Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar
  • Kallus toʻqimasidan regenerant oʻsimlik olish mavzusi yuzasidan
  • -mavzu. Kallus toʻqimasidan regenerant oʻsimlik olish




    Download 3.04 Mb.
    bet63/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    23-mavzu. Kallus toʻqimasidan regenerant oʻsimlik olish
    Mashgʻulotning maqsadi. Ajratilgan toʻqimalar kulturasi odatda yoki kallusli, yoki shish (juda kam holatda) toʻqima boʻlishi mumkin. Kallusli kultura tabaqalashmagan hujayralardan tashkil topgan, tartibsiz toʻqimalardir. Keyinroq ular kallusliga ixtisoslashadi, ya’ni oʻziga xos ravishda tabaqalashadi..
    Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: binokulyar lupa, skalpellar, ajratish ninalari, pakki, ushlagichli kiskichlar, steril ozuqa muxitli probirkalar, turli ulchamdagi probirkalar, kolbalar, pinset, qaychi, mikroigna, tayyor va vaqtinchalik preparatlar, kimyoviy moddalar, sxemalar. Jadvallar va boshqalar.
    Kallus toʻqimasidan regenerant oʻsimlik olish mavzusi yuzasidan
    Kallus degani qadoq (qotib qolgan) degan ma’noni anglatib, in vitro sharoitida alohida olingan toʻqimalarni (eksplantlar) bir qismida va butun oʻsimlikni bir qismida (shikastlanganda) paydo boʻlishi mumkin.
    In vitro sharoitida kallus toʻqima, asosan oq yoki sariqroq juda ham kam holatlarda och-yashil rangda boʻladi. Kallus hujayralar qariganda, toʻq qoʻngʻir rangga kiradilar, bunga sabab ularda fenol birikmalarini toʻplanishi bilan bogʻliq. Vaqt oʻtishi bilan fenollar oksidlanib, linonga aylanadilar. Ulardan qutulish maqsadida oziqa muhitiga antioksidantlar qoʻshiladi. Kallus toʻqimalar amorf boʻlib, ma’lum bir anatomik tuzilishga ega emaslar, ammo kelib-chiqishi va oʻstirish sharoitiga qarab, har xil konsistensiyaga (suyuq quyuq va x.) ega boʻladilar
    Hujayrani in vitro sharoitida differensiallangan holatdan didefferensiallangan holatga va hujayrani faol boʻlinishga oʻtishi, genlarni faolligini oʻzgarishi bilan boshlanadi. Bir genni faollashuvi va ikkinchisini repressiyaga uchrashi hujayradagi oqsil tarkibini oʻzgarishiga olib keladi. Kallusli hujayralarda oʻziga xos boʻlgan oqsillar paydo boʻladi va bir vaqtning oʻzida bargning fotosintez qiluvchi hujayralarida oqsillar miqdori pasayadi.
    Ikki pallali oʻsimliklarda didefferensiallashgan genlarni repressiya va depressiya jarayonlari nisbatan oson oʻtadi.
    Dedifferensiallashgan hujayrlarni kallus toʻqimalar hosil boʻlishiga olib keluvchi tartibsiz koʻpayishga oʻtishi bilan biokimyoviy va sitologik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Zahiradagi moddalarni ishlatilishi va ixtisoslashgan hujayra organellalarini parchalanishi bilan dedifferensiallanish boshlanadi. Dedifferensiyani induksiyasidan 6-12 soat oʻtgandan keyin hujayra qobigʻi gʻovaklashib shishadi, mustaqil ribosomalar soni koʻpayib, Golji apparati elementlari soni ham oshadi. Bu oʻzgarishlar boʻlinishdan oldin boshlanadi.
    Oʻstirishga qoʻyishdan oldin, eksplantlar hujayrasining metabolizmida oʻzgarishlar sodir boʻlishini, u esa dedifferensiya yoki travmatik sintez bilan bogʻliq boʻlishini hisobga olib qoʻyish zarur. Bunday jarayonlarni ajratish maqsadida eksplantlarni gormonlar saqlamaydigan muhitda 3-6 sutka davomida preinkubatsiya qilish tavsiya etiladi.
    Kallusli hujayra oʻzini rivojlanish sikliga ega boʻlib, har qanday hujayrani rivojlanishini qaytaradi: boʻlinish, choʻzilish va differensiya va undan keyin qarish va hujayrani oʻlish davri. Kallusli differensiyani ikkilamchi deb atasa boʻladi, ammo uni morfogenez asosida yotuvchi hujayralarni ikkilamchi differensiyasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak.
    Hujayra rivojlanishini tabaqasizlangandan keyin o‘tadigan bir necha yo‘li ma’lum. Birinchi yo‘l – bu butun o‘simlikni qayta regenerasiyasi, balkim, hujayra, to‘qima, organlar darajasida tabaqalanish. Ikkinchi yo‘l hujayrani qayta tabaqalanish xususiyatini yo‘qolishi va o‘simlikni regenerasiyasi, mustahkam tabaqasizlanish, gormonsiz muhitda o‘sish xususiyati, ya’ni shishga aylanish. Bunday xossalar eski (qari) ko‘chat kulturalarga xos. Uchinchi yo‘l – kallusli hujayrani 
    normal rivojlanish sikli, uni qarib, nobud bo‘lishi bilan tugaydi. Bu holatda hujayra ikkilamchi tabaqalanishga uchraydi va bo‘linishdan to‘xtaydi (o‘sishni stasionar fazasi). Ammo bunday tabaqalanish morfogenezga olib kelmaydi va unda qarigan kallus hujayralari xossalarini mustahkamlaydi. qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi uchun eng qiziqarlisi butun o‘simlikni alohida hujayrasidan olingan to‘qima kulturasini regenerasiyasi hisoblanadi. Ba’zida bu yo‘l alohida organlar hosil 
    bo‘lish orqali o‘tadi. Kallusli to‘qimalar kulturasida morfogenez deb hujayralarni tashkil bo‘lmagan massasidan to‘laqonli strukturalar hosil bo‘lishiga aytiladi. Morfogenezni ikki asosiy yo‘li ma’lum . To‘qimalar kulturasini u organogenez sifatida (monopolyar tuzilishini hosil bo‘lishi, ya’ni alohida organlarni) ko‘rinish mumkin: ildiz, poya, kamroq feoral (gulli) yoki bargli hamda somatik 
    embriogenez, ko‘rinishida (somatik hujayralardan biftolyar zarodish kurtaksimon tuzilmalar holatida) ko‘rinishi mumkin. Organogenezda dastlab alohida organlar regenerasiya bo‘ladi, keyin esa ulardan butun o‘simlik paydo bo‘ladi. Ildiz organogenezi bundan mustasno. Somatik embriogenez natijasida organogenezdan farqli o‘laroq, ildiz meristemsi hamda tepa qavat meristemalariga ega bo‘lgan kurtak hosil bo‘ladi va undan keyinroq butun o‘simlik o‘sib chiqadi. 
    Alohida olingan somatik hujayralarni o‘z rivojlanish dasturini to‘liq bajara olishi va butun o‘simlik organizmi o‘sib chiqishi uchun asos yaratib berish xususiyati, o‘simlik hujayrasini totipotentligi deb ataladi. O‘simlikni har qanday hujayrasi bir xil potensial imkoniyatlrga ega
    chunki barcha kerakli genlar to‘plamiga ega, demak, hujayra zigotaga xos bo‘lgan rivojlanish dasturiga ega. SHuning uchun ham agar gul bargi hujayrasidan yoki poyani o‘zaksimon parenxima yoki har qanday hujayra to‘qimalardan kallus olinganda umuman hujayrani har qanday to‘qimasidan butun o‘simlik olish mumkin. Ammo, totipotentlik xossalari hamma vaqt ham 
    namoyon bo‘lavermaydi, chunki har xil tipdagi xujaylarni potensial imkoniyatlari bir xil namoyon bo‘lavermaydi. Ulardan ba’zi birlarida genlar kuchli repressiya holatida bo‘ladilar va shu sababli ham totipotentlikni namoyon bo‘lishi chegaralangan bo‘ladi. O‘simlik hujayralarida totipotentlik g‘oyasi birinchilardan bo‘lib, 1902 yilda G.Xaberlant tomonidan ilgari surilgan bo‘lsada, tajribalar bilan isbotlangan emas edi. «O‘simlikni har qanday hujayrasi yangi organizm paydo bo‘lishiga asos bo‘la oladi, faqatgina 
    o‘simlik organizmi hujayrani rivojlanish potensiyasini bosib qo‘ygan holatdagina bunday bo‘lmasligi mumkin» -degan edi Xaberlant. O‘simlikdan hujayrani alohida ajratib olish mana shu potensiyalarni namoyon bo‘lishiga yordam beradi. 
    Morfogenezni hujayra asosini sitodifferensirovka tashkil qiladi. O‘simlikni regenerasiyasi hujayrani ikkilamchi tabaqalanishidan boshlanadi. Bunda, tabaqasizlangan hujayra boshqatdan ixtisoslashgan hujayrani strukturasi va funksiyasini egallaydi. Kallusli hujayralarni ikkilamchi differensirovkasi har doim ham o‘simlikni regenerasiyasi va morfogenez bilan tugallanavermaydi. Ba’zida u faqat to‘qima hosil bo‘lishiga olib keladi xalos (gistodifferensirovka). SHu yo‘l bilan kallusli hujayra floemli yoki ksilemli elementlarga aylanishi 
    mumkin. Ikkilamchi tabaqalanishga boshqa bir misol bo‘lib, tabaqasizlangan faol proferasiya qiladigan hujayrani – eski (qari) bo‘linmaydigan kallusli hujayraga aylanib qolishi xizmat qilish mumkin (rivojlanishni stasionar fazasi). 
    Barcha ko‘rinishdagi ikkilamchi tabaqalanishdan eng katta qiziqish uyg‘otadigani, bu morfogenezdir, chunki u kallusli hujayradan butun o‘simlik yaratish imkonini beradi. Tabaqalanish va morfogenezni asosida har xil genlarni birin-ketin qo‘shilishi yotadi, ya’ni hujayrani tabaqalanishi genlarni tabaqalashgan faolligi bilan aniqlanadi. Struktura genlarini faolligini o‘zgarishi ularni derepressiyasi (uyg‘onishi), repressiyasi yoki amplifikasiyasi 
    (ko‘payishi) bilan bog‘liq.


    Download 3.04 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Kallus toʻqimasidan regenerant oʻsimlik olish

    Download 3.04 Mb.