• 20-mavzu.O‘simliklarni genetik transformasiyasi usullariga qo‘yilgan talablar. Mashgʻulotning maqsadi
  • Oʻsimliklarni genetik transformatsiyasi usullari mavzusi yuzasidan uslubiy koʻrsatma
  • DNK fragmentlarining vizual tahlili




    Download 3.04 Mb.
    bet60/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика

    DNK fragmentlarining vizual tahlili


    Fragmentlar ajralgandan soʻng gelni tekshirib, unda qanday oʻlchamdagi tasmalar borligini aniqlash mumkin. Gel DNK bogʻlovchi boʻyoq bilan boʻyalib, UB nurlari ostiga qoʻyilsa, gelning turli qismlarda joylashgan DNK fragmentlari yaltirab koʻrinadi.
    Chizgʻichdagi har bir raqam yonidagi aj DNK fragmentida qancha asos jufti mavjudligini koʻrsatadi.
    DNKning geldagi koʻzga eng yaxshi tashlanadigan “chiziqlari” tasma deb nomlanadi. Har bir tasma gelning shu qismida joylashgan bir xil oʻlchamli DNK fragmentlarini oʻz ichiga oladi. Bitta DNK fragmenti (hatto DNK fragmentlarining kichik guruhi) yolgʻiz oʻzi koʻzga koʻrinmaydi.
    Namunadagi tasmalarni DNK chizgʻichi bilan solishtirib, ularning taxminiy oʻlchamlarini aniqlashimiz mumkin. Misol uchun, yuqorida tasvirlangan geldagi yorqin tasma taxminan 700700700 asos juft (aj) oʻlchamiga ega.


    20-mavzu.O‘simliklarni genetik transformasiyasi usullariga qo‘yilgan talablar.
    Mashgʻulotning maqsadi : Transgen hujayradan sun’iy ravishda yetuk oʻsimlik oʻstiriladi. Ushbu usuldan foydalanib oʻsimlik, hayvon va mikroorganizmlar hujayralaridan transgen formalar olish mumkin.
    Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Elektroforez apparati, sentrifuga, sentrifuga stakanlari, 2 ta kolba, 2 ta stakan, shisha tayoqcha, refraktometr, dializ qog‘ozi, magnitli aralashtirgich, spektrofotometr va muzlatgich.
    Oʻsimliklarni genetik transformatsiyasi usullari mavzusi yuzasidan
    uslubiy koʻrsatma
    Biotexnologiyada gen muxandisligi yutuqlarini chuqur oʻrganish va ulardan oqilona foydalanish transgen oʻsimliklar va hayvonlar olish biotexnologiyasining yuzaga kelishida asosiy omil boʻlib xizmat qildi. Bu usul bilan qimmatli xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan bir qator oʻsimliklar va nasldor qoramol klonlari yaratildi.
    Hujayra muxandisligi usullaridan foydalanib, tirik organizmlardan gibrid hujayralar olish biotexnologiyasi yaratildi va bu asosida monoklonal antitelalar olish yoʻlga qoʻyildi. Biotexnologiyaning bu sohasiga dastlabki qadamlar 1973 yil birinchi gen klonlangan vaqtdan boshlab qoʻyilgan edi.
    Gen muxandisligi biotexnologiyasining yutuqlari sanoat koʻlamida va qishloq xoʻjaligida keng qoʻllanilmoqda. Xususan, antibiotiklar, aminokislotalar, vitaminlar va gormonlar ishlab chiqarilmoqda, nasldor qoromol klonlari yaratilmoqda, tuproqda va suvda zaharli pestitsid qoldiqlarini parchalaydigan mikroorganizmlarni transgen shtammlari olinmoqda, atmosfera azotini oʻzlashtiruvchi mikroorganizmlar genlari asosida tuproqni azotli oʻgʻitlar bilan boyitish muammosi yechilmoqda, zararli xasharotlarga va patogen mikroorganizmlarga chidamli, ekologiyani asrovchi transgen oʻsimlik navlari yetishtirilmoqda, irsiy kasalliklarni tezkor tashxis qilish uchun diagnostikumlar tayyorlanmoqda, shuningdek, gen terapiya takomillashtirilmoqda.
    Bugungi kunda genetik muxandislikka asoslangan biotexnologiya tezkor oshib borayotgan, inson extiyojlarini qondirish uchun klassik texnologiyalardan oʻta samarali ekanligini toʻla namoyon qilmoqda.
    Tirik organizmda oldindan mavjud qolip asosida yangi DNK molekulasining yaratilishi nuklein kislotalarining sintezlanish yoʻlidir. Mavjud DNK molekulasidan nusxa olish replikatsiya deb ataladi.
    Replikatsiya jarayoni DNK-polimeraza I, II, III, DNK-ligaza va revertaza fermentlari yordamida amalga oshadi. rep-belok yordamida DNK qoʻsh zanjiri ajraladi va DNKga bogʻlanadigan oqsil molekulalari yordamida DNKaning ajralgan zanjirlari stabil holatda saqlanib turiladi. DNK-polimeraza III fermenti DNK ning 3’ uchidan 5’ uchigacha DNKning bitta zanjirini toʻla sintez qilish qobiliyatiga ega. DNK sintezi faqat DNK ning 3’ uchidan 5’ uchiga qarab borishi tufayli DNK ning ikkinchi zanjiri praymaza, DNK-polimeraza I va DNK-ligaza fermentlari yordamida amalga oshadi.
    Praymaza (revertaza) fermenti yordamida DNK ning ikkinchi zanjiri sintezi uchun praymer sintez qilinadi va DNK-polimeraza III fermenti yordamida praymer nukleotidlar ketma-ketligidan DNK sintezi boshlanadi va DNK-polimeraza I fermenti yordamida bu nukleotidlar ketma-ketligi bir oz uzaytiriladi. Koʻplab hosil boʻlgan DNK fragmentlari DNK-ligaza fermenti yordamida ulanadi. Bu jarayon DNK ning ikkinchi zanjiri toʻla sintez boʻlguncha davom etadi. Yangi DNK zanjiri tayyor DNKning nusxasiga, matritsasiga qarab tuziladi. Bu jarayonda matritsa vazifasini DNK qoʻsh zanjirining bir ipi bajaradi.
    RNK sintezi jarayoni transkripsiya deb ataladi. Har uchala tipdagi RNK sintezi turli tipdagi RNK-polimeraza (RNK-polimeraza I,II,III) fermentlari yordamida amalga oshiriladi. RNK sintezi RNK-polimeraza I fermenti, iRNK RNK-polimeraza II fermenti va tRNK hamda kichik oʻlchamli yadro RNK si molekulalari RNK-polimeraza III fermenti yordamida amalga oshiriladi. Hamma RNK molekulalari sintezi uchun DNK ning bitta ipi matritsa vazifasini oʻtaydi.
    Oqsil sintezi ribosomalarda oʻtadi. Ribosoma hujayra metabolizmi uchun zarur boʻlgan oqsillar sintezini DNK dan olingan informatsiya asosida kodlash mexanizmiga muvofiq amalga oshiradi.



    Download 3.04 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DNK fragmentlarining vizual tahlili

    Download 3.04 Mb.