|
damida tushiriladi, so‘ngra usti qoplagich oyna bilan yopiladiBog'liq Botanikadan amaliy mashg\'ulotlar. Mo\'minov Mdamida tushiriladi, so‘ngra usti qoplagich oyna bilan yopiladi;
bunda ikki oyna o‘rtasida havo qolmasligi kerak. Tekshirilayotgan
buyumni, masalan, hujayra yadrosini yoki sitoplazmani aniqroq
ko‘rish uchun tayyorlangan preparatga KJ tomiziladi. Shunda pre-
parat ravshanlashadi. Undan so‘ng safranin, metilen ko‘ki va shun-
ga o‘xshash bo‘yoqlardan foydalanish mumkin. Bu reaktivlardan
pipetka yordamida bir tomchi olib, obyekt ustiga tomiziladi va bir
necha daqiqadan so‘ng ortiqcha bo‘yoq idishdagi suvda pipetka
bilan yuvib tashlanadi va yana toza suv quyib yuviladihamda bu
jarayon suv rangsizlanguncha davom ettiriladi. Bo‘yalgan va toza
suvda yuvilgan kesmalar igna yoki cho‘tkacha yordamida glitserin
tomizilgan buyum oynasi ustiga qo‘yiladi va usti artilgan qoplagich
oyna bilan yopiladi.
Ish tartibi. Mikroskop oynasi yorug‘likka qaratib o ‘matiladi.
Y o ru g iik ko‘proq bo‘lgan vaqtda mikroskop oynasining tekis
tomoni, kamroq vaqtda esa botiq tomoni o ‘matiladi. YorugMikni
to‘plashda mikroskopning 7x okulyari va 8 x obyektividan foy
dalanish zarur.
Yorug‘lik ravshanlashgach, mikropreparatning ikki qirrasidan
ushlab mikroskop oynasiga o ‘matiladi. Preparatdagi ko‘riladigan
obyekt mikroskop stolining markazidagi teshikka to ‘g ‘ri kelishi
kerak.
Mikroskopda obyektlar tasviri aniq ko‘rinishi uchun fonus
oralig‘ini topish kerak. So‘ng obyektiv yonidan qarab turib, nay kre-
malera (katta vint) vositasida preparat tomon asta pastga tushiriladi.
Preparat bilan obyekt oralig‘i taxminan 0,5 sm bo‘lishi zarur. Okul-
yarga chap ko‘z bilan qarab, katta vint obyekt tasviri ko‘ringuncha
o‘ng qo‘l bilan chap yoki o ‘nga sekin buraladi.
Mikroskopning kichik (8x) raqamli obyektivi bilan mikro-
preparatdagi obyektni aniq ko‘rgandan so‘ng, kattaroq qilib
ko‘rsatuvchi 40x raqamli obyektiv orqali obyekt va uning qismlari
tekshiriladi. Bunda mikropreparatni mikroskop stolidan kuzatmas-
dan, faqat kremalera yordamida biroz nayni ko‘tarib turib, revolver
aylantirilib kichik obyektiv o ‘miga katta obyektiv almashtiriladi.
|
| |