Manzara kompazitsiyada ijod qilgan rassomlar (tarix va bugun)




Download 65.89 Kb.
bet4/10
Sana08.06.2023
Hajmi65.89 Kb.
#70955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“O‘QUVCHILARNI MANZARA KOMPAZITSIYASINI ISHLASHGA O‘RGATISH”22
50 DIDAKTISCHE METHODEN, Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari, Tarmoq xavfsizligi -ishchi dastur sirtqi 2022 (1), Симсиз тармоқлар хавфсизлиги протоколлари, Elektr (2), elektr, jo\'rayeva dilnoza2, 597 23.09.2021, 2, Amaliyot mavzulari 1-10, Ariza anketa namuna ijara, guvohnoma, Quritish mavzu Barabanli quritish qurilmasini hisoblash-fayllar.org, i
Manzara kompazitsiyada ijod qilgan rassomlar (tarix va bugun)

Manzara janri tasviriy san’at janrlari ichida juda keng qamrovga ega bo‘lgan, qiziqarli, jozibador va ranglarga boy janr hisoblanadi. Bu janrda ijodkor o‘zining barcha imkoniyatlaridan foydalanib tabiat go‘zallikla rini ranglar yordamida chiqarib berishi mumkin bo‘ladi. Tabiatning go‘zal tasvirlari undagi osmon, suvlar va yo‘llarning perespektiv holatlari , ranglarning o‘zaro uyg‘unliklari, kontrastliklar, yorug‘-soyalar manzaraning yanada chiroyli ifodalanishiga sabab bo‘ladi. Manzara janri — tasviriy san’at janrlarining muhim janri bo‘lib, manzara rangtasviri ham rangtasvir dasturining kerakli bo'limi bo'lib, rassom-pedagoglarni tayyorlash jarayonida muhimdir. Manzara tasviriy san'atning eng hissiyotli janrlaridan biri hisoblanadi. Go'zal manzara asarlar o'zining nafosatli ta'siri bilan insonni ma'naviy boyitishga erishadi. Tabiat benihoya jozibali va go'zaldir. Quyosh nuri va atrof muhit cheksiz turli ranglarni hosil g'iladi. Ona tabiat qo'ynida bo'lish ijodiy fikrlar tug'ilishi va ruhlanishni o'zgarmas manbai hisoblanadi. Rassom biror bir joyni tasvirlashda o'sha muhitni chuqur o'rganmay, tahlil etmay hayolan tasvirlasa bu ish soxta chiqib tomoshabinni o'ziga jalb eta olmaydi. Muntazam ijod etish rassomni nozik sezishga va tabiatni ma'lum holatini rangli va tusli xususiyatlarini to'laqonli yetkazishga o'rgatadi.

Manzara janrini yetuk mutaxxasislari juda ham ko‘p. Biz dunyo rassomlari, rus rasssomlari yoki o‘zbek manzarachi rassomlari ijodini o‘rganib borsak so‘zimizning isbotini topamiz. O‘zbekistonning ko‘plab manzarachi rassomlarining manzara asarlari yurtimizning go‘zal tabiatini yorqin ranglar bilan ochib beradi. 50-70 yillarda O’zbekistonda manzara janrida ijod etgan rassomlar O‘.Tansiqboev ,,Issiq ko’l’’, ,,Ona o’lka’’, ,,Qayroqqum suv ombori’’, N.Qoraxon. ,,Nanay yo’li’’, ,,Sijjakda bahor’’. R.Temurov. ,,Samarqand arxitektura manzaralari’’ turkumini yaratdilar. 70-80 yillarda G’.Abdurahmonov, F.Toxirov, R.Choriev, K.Bogoduxov, M.Yesin, Tudavkin kabi rassomlar manzara janrida samarali ijod qildilar. Hozirgi vaqtda ko’plab izlanuvchi iqtidorli rassomlar A.Nuriddinov. O.Qozoqov, A.Mo’minov, A.Mirsoatov, Z.Islomishkov kabilar mustaqil o’zbegiston,go’zal tabiatni madh etuvchi maftunkor manzaralarni yaratib kelmoqda. Manzaraning bir necha turlari mavjud bo’lib ularga quyidagilar misol bo’la oladi. Shahar (arxitektura), qishloq (tog’), manzara, sanoat (manzara, zavod, fabrika, inshoat, qurilish), tarixiy, romantik, lirik, panorama (ko’rinishida) manzaralar shular jumlasidandir.


Bularni har bir negizida ifodalovchi mazmun, g’oya, yotadi. Shahar manzarasida shahar hayoti bilan bog’liq, transport vositalari, odamlar oromgohi, bog’lar, hamda, yer osti o’tish yo’llari kompazitsiya tasviri uchun misol bo’la oladi. Qishloq manzarasi bepayon kenglik, tog’ manzarasi, yaylovlar, qoya tosh, o’simliklar, vodiylardagi jilvakor suvlar tasviri kompazitsiya negizini tashkil etadi. Sanoat manzarasi, katta zavod hovlisi, suv ombori, ko’prik, metro qurilishi texnika qurilish vositalari bilan bog’langan. Lirik manzarada tabiatni ,,Erta tong’’, ,,Bahor’’ kabi mavzudagi tabiatni nozik , sokin go’zalligini,uning uyg’onish holatini aks ettiruvchi, insonga olam-olam quvonch baxsh asarni ko’z ongimizga keltiramiz. Manzaraning kompazitsiya vositalari, joyni tanlash, ko’rish nuqtasi, ko’rish chizig’i, fazoviy masofa, format, perespektiva, ritm, kolarit, yorug’ refleks kompozitsiya markazi shular jumlasidandir. Bu janrda kompozitsiya yaratish uchun qalamtasvir, rangtasvir sohalarini mukammal bilishga ega bo’lishi kerak. Naturadan dastlabki chizilgan chizg’i rangli etyudlar manzara kompozitsiyasini tuzishda asosiy mavzu bo’lishi mumkin.
Qishloq manzarasi kompozitsiyasini tasvirlamoqchi bo’lsak avval tabiatda quyoshli, bulutli kunlar, peshin oqshom holatini harakterli xususiyatlarini sinchiklab kuzatish lozim. Formatni aniqlab ufq chizig’i ko’rish nuqtasini belgilab olish lozim. So’ngra havo va yerning tekkislikga nisbatan belgilab oldingi, keyingi orqa plani va pridmetlari mashtabini topish darkor. Kompazitsiyani bir necha variantlarini sangina, ko’mir kabi yumshoq materiallarda bajarish tafsaiya etladi. Bajarilgan xonaki eskiz variantini rangda tasvirlash, asar xolatini aniqlashga yordam beradi. Sifatli bijarilgan eskiz asosida manzara kompozitsiyasini yakuniy nusxasini amalda bajarish kerak uni qog’oz, karton, xost, akvarel, moybo’yoq,guash, orqali amalgam oshiriladi. Bo’lajak rassom uchun hayotni kuzatish mavzu yuzasidan kundalik qalamchizgi va etyudlarni bajarish mashqlarini qilishga kirishsa maqsadga muvofiq ish bo’ladi. Manzara janridagi asarlar misol, inson uchun ma’naviy ozuqa beradi, hayotga shodlik bahsh etadi.
XIX asr 60-yillari o’rta osiyoga, Rus ilg’or realistik san’ati o’z ta’sirini ko’rsata boshladi. Tashrif buyurgan rassomlar o’z asarlarida yerli xalq va tabiatni tasvirladilar. Turkistonda birinchi bo’lib ijod qilgan rassomlar ichida ,,Turkiston turkumi’’ suratlarini yaratgan ijodkor V. Vereshagin hayotni kuzatuvchi sifatidir etnografik hayot farzini chuqur o’rganib etyud va eskizlar bajarish natijasida har xil mavzuda asarlar yaratadi. ,,balog’atga yetmagan bola savdosi’’, ,,zindon’’ , ,,nashavandalar’’ shular jumlasidandir. Uning tarixiy janrdagi yaratkan eng katta asari ,,Tantana qilmoqdalar’’ , deb nomlanadi.
Registon maydonida bo’lib o’tayotgan bu marosimda Mustaqillikga qarshi yurish qilgan kuchlar ustidan qozonilgan g’alaba tantanasi o’z ifodasini topgan. Kompazitsiya jixatidan ko’p figurali, ko’p planli bu asarda oddiy fuqoro, darveshlar, otda yuzboshi sarbozlar, ularni bo’lib o’tayotgan tantanaga psixalogik munosabatlari, milliy liboslari aks etgan quyoshning yorug’ shulasida Samarqand tabiati iliq gammada tasvirlab berilgan. O’zbekiston zamonaviy realistik tasviriy san’atiga asosan XX asr boshlarida O’zbekistonga kelgan Rus rassomlari tomonidan asos solindi. Birinchilar qatorida M. Kurzin, P. Bure, I. Kazakov, A. Isupov, N. Rozanov kabi rassomlarni aytish mumkin. 1918 – yil Samarqantda, 1919-yilda Toshkentda Turkiston ulkan rassomchilik san’ati rivoj topdi. Boshqa rassomlar qatorida A. Valkov yoshlarga dars berdi. Samarqandda esa O. Tatevyosan rahbarlik qiladi. O. Tatevyosan rassom sifatida 20 yillarda tanildi. U o’zini manzara, natyurmort, portret janrlarida sinab ko’radi va asarlarini sharqini o’zicha talqin qiladi.
Keyinchalik u natyurmort ustasi professor sifatida tanildi va 1954-57 yillarda yosh rassomlarga dars beradi. Rassiya Badiiy Akademiysi Muxbir a’zosi, O’zbekiston Badiiy Akademiyasini Akademigi professor Rahim Ahmedov institutida ijod labaratoriyasini, tasviriy san’at bo’limlarini ochdi, keyinchalik aspirantura tashkil qildi. Uning maqsadi yosh iqtidorli talabalarni tarbiyalash,o’qitish va O’zbekiston tasviriy san’atini rivojlantirishdan iborat edi. Musavvirning ,,Ona o’ylari’’, ,,Tong’’, ,,Sora Axmedova’’ portreti, ,,Lola’’, portreti, ,,Oqtoshda bahor’’, ,,Surxandaryolik ayol’’, asarlarida jozibali ayol ranglar vositasida o’zbek xalqining o’tmishi, ichki dunyosi, his – tuyg’u, orzulari o’z ifodasini topgan. Rahim Ahmedov dastlab portret sohasida juda berilib ijod qildi. Zamondoshlarni betakror obrazini, mazmun g’oyalarni ifodalashda o’ziga xos badiy til topdi. Portret yaratganda, nafaqat uni tashqi qiyofasiga, ranglarni uyg’unligiga, balki uni chehrasidagi insoniy fazilatlarni ochib berishga intilardi. Shuning uchun mehnatsevar xalqning milliy xususiyatlarini, o’zida mujassamlashtirgan ayollar, qariyalar, o’spirin – yoshlarni obrazini yaratishga qaratilgan edi.,,Cho’pon portreti’’ da tabiat bilan kurashib og’ir mehnatni yoshlidayoq yelkasiga olgan 40 – yillar avlodining taqdirini tasvirlagan.
Cho’pon yigit qiyofasida sinchiklab qarayotgan nigohi gavda kompazitsiyasiga bog’lanib ketgan, tayoqqa suyalgan, qabargan qo’llari va suyalgan gavdasi jazirama oftobda kuygan dala o’tlari, haroratda qizigan tabiat manzarasi fonida – issiq ranglarda o’z yechimini topgan. Portret kompazitsiyasini asosiy mavzusi bu inson obrazidir. Kattalarga taqlid qilib boshiga qiyiqcha o’ragan og’ir mexnatni anglagan, pushti ko’ylakdagi o’spirin bola tasvirlangan. Bu ajib asar hozirda O’zbekiston Davlat san’at muzeyida avaylab saqlanmoqda. 1956 yili Rahim Ahmedov Birchmulla qishlog’ida, ikki o’g’li hamda turmush o’rtog’i frontdan qaytmagan, mehnatda qaddi bukulmagan mardona keksa ayol prtreti, ,,Ona o’ylari’’ asarini yaratdi. Men shu portret yaratilishini shohidi bo’lganman. Chunki rassomchilik instituti talabasi sifatida Rahim aka rahbarligida dala amaliyoti - plenerni o’tar edik. Ayol ko’pincha qariyalarga hos o’tirar, hayolga cho’mar edi. Ayol to’lqinlantirib, unga mehr, chuqur hurmat uyg’otdi. ,,Ona o’ylari’’ portreti kompazitsiyada, figura biroz oldinga chiqqan. Yong’oq daraxti yonida yostiqqa suyanib tizza ko’ziga qo’l panjalarini saranjom qo’yib, hayolga cho’mgan ayol qiyofasi, kompazitsiya jihatidan klassik mavqeiga ega, juda muvofaqiyatli topilgan. Ayol yuzidagi chuqur ruhiy holatni, uning g’amgin yuzidagi katta yorug’ ko’zlarida, mehnatda toblangan yuz chehrasidahaykalga xos o’z ifodasini topgan. Gavda, ,,siluet’’ aniq, yengil ranglarda manzara fonida, ko’k, binafsha, pushti, yashil, sariq ranglarda shiddatli mahorat bilan tasvirlangan. ,,Hozirgi davirda janrli portretga ko’proq ahamiyat berish kerak’’ deydi R. Ahmedov, chunki insonni tabiiy sharoitda, mehnat jarayonida – ichki kechirmalarini ishonarli chuqur ifodalab berish sharoiti mavjud.
Ranglarni maftuni bo’lgan R. Ahmedov ko’p zamondoshlari qatori 1959 yil ,,Surxondaryoli qiz’’ portretini yaratdi. Sariq ranglar fo’nida u boshqa oq ro’mol o’rab o’tirgan, yuzlari quyoshda toblangan bug’doy rang ayol obrazini yaratdi. Egnida libosi qizil – zarg’aldoq, dekorativ ranglarda bo’ynidagi yaltiroq kumush tangalar, tumorlar o’ziga hos uslubda tasvirlangan. Raxim Ahmedov bilan bir qatorda Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn institutida CH. Axmarov, N. Qo’ziboyev, T. Oganesov, V. Jmakin, V. Sosedov, V. Kovinin, M. Saidov kabilar yoshlarni tarbiyalashda o’z hissalarini qo’shdilar. M. Saidovni ,,askiya’’ (1964y) asarida paxta dalasi manzarasi, yog’och karavotda dam olayotgan paxtakorlarasar ishtirokchilaridir. Kompazitsiya markazida qo’lida piyola ushlagan qariya navbatdagi hazil musobaqa g’alabasidan so’ngi yuzdagi kulgu, iliq chehra, ro’parasida hazildan yutqazib o’zini noqulay holtda sezib o’tirgan raqib tasvirlangan. Xushchaqchaq hazil kulgudan o’zini tutolmay o’tirgan atrofdagi lodamlar har xil xolatlar tasvirlangan.
Tomoshabinni e’tiborini o’ziga qaratgan chol figurasi kartinada asosiy bog’lovchi – kompazitsiya markazini tashkil etadi. Har bir tipaj o’ziga xos psixologik holatda jozibali iliq tillarang kolaritda ifoda rtilgan. V. Jmakinning ,,Paranji tashlagan ayol’’ (1957y) kartinasi ko’p figurali monumental kompazitsiya asarida dramatik holat tasvirlangan. Asar mazmuni yaxlit kompazitsiya yechimi chuqur psixologik asosda ko’rsatilgan. Yorug’ oftobli ko’chada bo’layotgan tarixiy dramatik voqea ifodalangan. Kompazitsiya markazini paranji tashlab salobatli turgan o’zbek ayoli tashkil etadi. Muallif kelajakka intilgan ayol obrozini, eski tuzum vakillariga, ruhoniylar kontrast holatda qarama – qarshi qo’ygan. V. I. Jmakin kartinada ,,tipaj’’lar obrozini, ularning ruxiy munosabatlarini, ularning liboslarini kontrast, ranglarda ustalik bilan tasvirlab bergan. 1955 yiliNizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida Badiiy – grafika fakulteti tashkil topdi. Bu erda dastlabki yilarda Yu. Elizarov, M. Saidov, T. Oganesov, Yurovsiy A. Goldrey, M. Nabiyev yoshlarga tasviriy san’atdan saboq berishdi, tasviriy san’at va ijod asoslarini o’rgatishdi, Respublikamiz maorif sohasiga yosh rassom – o’qituvchilarni tarbiyalash bialan bir qatorda, ko’plab ijodiy asarlar yaratishdi. ,,Kabutar ko’targan qiz” (1953y.) ochiq havoda (planerda) bajarilgan.Toklar soyasida o’tirgan yosh o’zbek qizchasi obrozi namoyon bo’lgan yumshoq tabassumli chehrasi aks ettirilgan. Chambarak qilib o’ralgan qora sochlari, iliq yengil qarashlari, uning erkin holatda o’tirishida o’ziga hos harakter ifodasini beradi. Uyning devoriga tushgan yorqin oftob nuri, hovlidagi yashil maysa fonida bayram liboslaridagi qizning ruhiy holati jozibali tarzda bajarib berilgan.
Yuzidagi iliq libosidagi sovuq reflekslar rassom tasavvuridagi go’zal, haqoniy ifodani namayon etib turadi. Yu. Elizarov yozuvchi ,,Sadriddin Ayniy” , rassom ,, Rashid Temurov” portreti va bir necha mavzuli, tarixiy qartinalar yaratdi: ,,Xalima Nosirovaning ijodiy kechasi” qartinasi, ,,Registon maydonida tantana” shular jumlasidandir. Yosh pedagok – rassomlarni tarbiyalashda ayniqsa Malik Nabiyevning xizmati juda katta. U 30 yil davomida, Badiiy- grafika fakulteti rang tasvir kafedrasining mudiri bo’lib ishladi. Mutaxasis fanlarni oqitishni takomillashtirishga, ilmiy nazariy, amaliy qo’llanmalar yaratishda oz xissasini qo’shdi. Kompozitsiyada milliy ijod maktabini shakllantirdi. Shu bilan birga tinmay ijod qilib nufuzli ko’rgazmalarda qatnashib, oz malakasini takomillashtirdi. Uning samaraliy ijodiy mehnati, davlat tomonidan yuqori darajada taqdirlandi. U O’zbekiston halq rassomi, O’zbekiston Badiiy akademiyasinig faxriy a’zosi, prafessoridir. M. Nabiyevni ,,Eski maktab” asari o’ta mahorat bilan tasvirlangan. Tanlangan mavzu tarixiy asar tuzilishi (Kompazitsiyasi) ranglar majmuasi, qorishmasi bir –biriga mutanosib uyg’unlashib ketgan. ,,Eski maktab” milliy musavvirimiz tomonidan, xaqqoniy ochib berilgan.
Hamma bolalar boshida jajjigina jiyakli gilamkashta, chamandagul, Marg’ilon nusxa do’ppilar tasvirlangan bo’lib, milliy kiyimlar yoshlariga qarab topilgan ularga nihoyatda yarashgan. Bolalarda sabir, odob, ilm olishga moyillik, andisha kabi o’zbekona hislatlar sezilmoqda. Ular cho’kka tushib, bo’yra ustida ot’irishibdi, oldilariga pastak yasama kursi, uning ustida darsliklar. Domladagi aqlu – zakovat, ilmlariga xos ko’rinish, xona ichi bilan uyg’un qilib aks ettirilgan. Bu asarda har bir bolaning bir – birini takrorlamagan holatlari hayotiy topigan. Domla qiyofasining ko’rinishi ko’p yillik tajriba natijasida ysxshi tasvirlanganini qayd etamiz. M. Nabiyev halq bahodirlari yunon bosqichlariga qarshi jang qilgan ,,Spitamen qo’zg’oloni”, jasorati bilan arablarni hayratda qoldirgan,,Mukanna qo’zg’aloni” tarixiy asarlarini yaratdi. Abu Rayhon Beruniy obrazi tasviri uning qomusi olim va mutafakkir inson ekanligi, uzoq vaqt davomida mashqqatli ijodiy mehnat qilish, alloma yashagan davrini yaxshi o’rganish, bir necha bor eskiz va rang lavhalarini ishlash natijasida yuzaga keladi. M. Nabiyevning ,,Beruniy portreti” birinchi bor 1950 yilda, ikkinchi varianti 1974 yili allomaning 1000 yilligi o’tkazilishiga bag’shlangan tanlovda g’olib chiqdi.
YUNESKO tomonidan chaqiriladigan ,,Kuryer” jurnalining 1974y iyul soni muqovasida bosilib chiqdi va dunyo halqlariga borib yetdi. Rassom asarda ilm sirlarini yechish uchun butun vujudi bilan kirishgan tarixiy shaxs, insonparvar olim Abu Rayhon Beruniyning butun salobati. Nufuzini gavdalantiradi. Kartinaning keyingi planlaridagi kitoblar, tibbiyot, ilm fanga bog’liq bo’lgan buyumlar, ayniqsa portret konpazitsiya yechimidagi sharqona tahlil, yuz qiyofasidagi chehra chizgilari, ruhiy holati, mujassamlashib yaxlit Beruniy obrozini, uning qomusi olim mutafakkir inson ekanini yanada bo’rtirib ko’rsatishga xizmat qilgan. Shuningdek M. Nabiyev Sohibqiron Amur Temur portretini 1995 – 96 yilda yaratdi. U davlat tanlov kamisiyasi tomonidan umumna’muna sifatida qabul qilindi. Tasvirda Amir Temur sarkardalik kiyimida namoyon bo’ladi.
Taxtda o’ychan o’tirgan sohibqiron, qilichga qo’llarini qo’yib, kuchga, aql –zakovatiga to’lib, davlat osoyishtaligi, va farovonligi, xalqlar inoqligini o’ylamoqda. Tarixchi Arabshox tariflaganidek uning boshiga kiygan toji barvasta qomatlariga juda yarashgan. Portret havorang, zarghal jigarrang, qirmizi va oppoq moybo’yoqlarda nihoyasiga yetkazilgan. Taxtning bir tarafda quyoshdek nur sochayotgan jilvakor qadimiy Marokand memorchiligi ko’rinishlari aks etgan. Kompazitsiya jihatidan portret tasvirida shijoatli, kuch, qudratga to’liq, inson qiyofasi o’ziga xos salobatli qomatda tasvirlangan. M.Nabiyev tarixiy allomalardan Zaxiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy, Ibn Sino simolarini, ko’plab zamondoshlar portretlarni yaratgan pedagok rassomdir.


Download 65.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 65.89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Manzara kompazitsiyada ijod qilgan rassomlar (tarix va bugun)

Download 65.89 Kb.