Namligi 55 % gacha bo ‘lgan xamir va boshqa yarim tayyor
mahsulotlar (analiz uchun 5 g olingan)............................. 5
Namligi 55 % dan ortiq suyuq yarim tayyor mahsulotlar
(qaynatma, zakvaska va presslangan xamirturush,
analiz uchun 5 g olingan) ........................................... 7
Kleykovina (analiz uchun 5 g olingan)..................... 10
Suyuq xamirturush (analiz uchun 1-3 g olingan)..... 5
Un, solod va namlik darajasi past tayyor
mahsulotlar (analiz uchun 4 g olin g an ).................... 3
Namlik quyidagi formula bilan hisoblab chiqiladi:
X = (Q 1-Q2)/Q,-Q*100
bunda: Q, - qog‘oz xaltachaning analiz uchun olingan namuna
bilan birga quritishdan ilgarigi og‘irligi,
g
hisobida;
Q7 - qog‘oz xaltachaning analiz uchun olingan namuna bilan
birga quritilgandan keyingi og‘irligi, g hisobida;
Q ’ - quritilgan qog‘oz xaltachaning og‘irligi,
g
hisobida;
X - namlik, % hisobida.
Xamirturushning shar shaklidagi xamimi oshirish kuchini
aniqlash uchun 5 g xamirturush 5 g 2-navli bug‘doy uniga qo‘shib
qoriladi.
Xamirni dumaloqlab, usti tekislanadi. Shar shaklidagi
ana shu xamir 32°C haroratli suv quyilgan stakanga solinadi. Shar
stakan tagiga yopishmasligi kerak. Uning suvga solingan va suv-
dan qalqib chiqqan vaqti hisobga olinadi. Shar stakanga solingan
vaqt bilan uning qalqib chiqishi o ‘rtasidagi vaqt (minut hisobida)
xamirturushning oshirish kuchini k o ‘rsatadi.
Usta-novvoy smenani qabul qilib olishda quyidagilarni tekshirishi
zarur:
a) un va yordamchi xomashyolaming sifati ko ‘rsatilgan huj-
jatlam i ko ‘zdan kechirish; shu ko ‘rsatkichlaming xom ashyo sifatiga
mos kelish yoki kelmasligini organoleptik y o ‘l bilan
aniqlash;
b) qop markalarining to ‘g ‘riligini, unlar (qoplar) ning guruhi va
xiliga qarab alohida-alohida taxlanganligini tekshirish;
173
v) unlarning to‘g ‘ri aralashtirilganini, elanganligini va har bir
xomashyoni ishlab chiqarishga tayyorlash tartibini belgilash.
Xamir qorish sexida quyidagilar tekshiriladi:
a) har bir mahsulot navi uchun belgilangan retsept bo‘yicha
xamirning to ‘g ‘ri qorilishi va tayyorlanishi;
b) xamirning tarkibiy qismlari retseptda ko‘rsatilgancha olin-
ganligi;
v) yarim tayyor mahsulotlaming sifati va tayyorligi;
g) belgilangan m e’yorlarga ko‘ra
harorat va nordonlik
rejimi, shuningdek, xamir tayyorlashning har bir bosqichida,
xamirning achish muddati va tayyor bo‘lishi;
d) namakobning normal b o iish i,
ishlab chiqarish jihozlari,
inventar va sexning sanitariya ahvoli.
Non yasash va pishirishda quyidagilar tekshiriladi:
a) donalab sotiladigan nonlarning belgilangan ogirlik d a
boiishi;
b) har xil non uchun xamir kesish va yasash qoidalariga rioya
qilinishi;
v) xamirni tindirish muddati, etilganligi, pishirish kamerasining
harorati va nonning pishish muddati;
g) tayyor mahsulotning organoleptik ko‘rsatkichlar bo‘yicha
sifati.
Non jo ‘natiladigan joylarda esa nonlaming stellaj, vagonetka va
tokchalarga to ‘g ‘ri taxlanishi, non solinadigan idishlarning holati va
nonni saqlash sharoiti tekshiriladi.
Jo‘natish joylarida tayyor mahsulotni
analiz qilish uchun har
qaysi navidan o ‘rtacha namuna olinadi.
Ishlab chiqarishni kundalik tekshirib turishdan tashqari,
usta-nowoy, korxona mudiri va laboratoriya xodimlari tayyor
mahsulotning chiqishini hisobot xujjatlariga muvofiq har kuni
tekshirib boradi. Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish esa amaldagi
standartlarga muvofiq o ‘tkaziladi, nonning
sifati ham organoleptik
usul bilan, ham fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga qarab baholanadi.
174
Nonning shakli, rangi va po‘stining holati, ta ’mi, tusi, m ag‘zining
elastikligi va bir tekis g ‘ovakligi organoleptik usul bilan baholanadi.
Nonning shakli, rangi va p o ‘stining holati olingan namunalami
ko ‘zdan kechirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nonning ta’mi, yangiligi va hidi degustatsiya (eb ko ‘rish) yo‘li
bilan, rangi va m ag‘zining holati esa kesib ko‘rish y o ‘li bilan, non
m ag‘zining elastikligi esa nonning kesilgan joyini barmoqlar bilan
bosib ко‘rib aniqlanadi.
Non va bo‘lkalaming namligi, nordonligi, g ‘ovakligi labora*
toriyada analiz qilish y o ii bilan aniqlanadi.
Non yopish korxonasi pishirilgan
nonning sifati standartga
muvofiq kelishiga kafolat berishi va har qaysi guruh noni belgilangan
shaklda sifati ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga j o ‘natishi kerak.
175