• Ахborotlarni to’plash Olingan axborotlarni tahlil qilish
  • : kuzatish, sinash, fokuslash va sхrov. Kuzatish
  • Marketing tadqiqotlari хtkazish usullari va bosqichlari




    Download 0.96 Mb.
    bet13/94
    Sana10.04.2017
    Hajmi0.96 Mb.
    #3782
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
    2.Marketing tadqiqotlari хtkazish usullari va bosqichlari.

    Marketing tadqiqotlarini хtkazish asosan besh bosqichdan iborat bхladi. Quyidagi 1-chizmada marketing tadqiqotlari хtkazishning ana shu besh bosqichi keltiriladi.




    Muammoni aniqlash va tadqiqot maqsadini ta’riflash



    Аxborot manbalarini tanlash



    Ахborotlarni to’plash


    Olingan axborotlarni tahlil qilish


    Olingan natijalarni raxbariyatga taqdim etish

    Олинган натижаларни рахбариятга такдим этиш



    1-chizma. Marketing tadqiqotlari хtkazish bosqichlari
    Birlamchi axborotni olish uchun marketing tadqiqotlarini хtkazishning tхrtta uslubi mavjud: kuzatish, sinash, fokuslash va sхrov.

    Kuzatish marketing tadqiqotlarining eng kхp tarqalgan usullaridan hisoblanadi. Kuzatish bevosita yoki yashirin, strukturalashtirilgan yoki strukturalashtirilmagan turlariga bхlinadi.

    Bevosita kuzatishga xaridorning dхkonda biron-bir tovarni sotib olishdagi xatti-harakatini sotuvchilar tomonidan хrganish kiradi. Bilvosita kuzatuv deganda esa, xatti-harakatning хzi emas, balki ma'lum bir xatti-harakatning natijasi хrganiladi. Masalan, axlat tashlanadigan shiklarning ichidagi axlatlarning turiga qarab (butilkalar, bankalar va xokazolar) qaysi firma yoki ishlab chiqarish korxonasi atrof-muhitni ifloslantirayotganligi haqida xulosa qilish mumkin.

    Kuzatishning ochiq usulida odamlar ularni kuzatib turganligini biladilar, yashirin turida esa bilmaydilar.

    Sinov - oldindan “holatni yaratish asosida olingan natijalarni хlchash bilan biror jarayonni amalga oshirishdir”. Bu uslub asosan sabab-natijaviy aloqalarni хrganishda ishlatiladi. Masalan, tovarlarni har xil хramlarda taklif etishga xaridorlarning munosabatini хlchash, yoinki xususiyati хzgartirilgan tovarlarning ana'naviy tovarlarga nisbatan sotilish miqdorini baholash va hokazo. Sinovning asosiy kamchiligi unga ketadigan xarajatlarning yuqoriligi, sharoitning sun'iyligi va marketing rejasiga ta'sir kхrsatadigan hamma omillarni hisobga olishning imkoniyati yхqligidadir.

    Fokus-guruh – хrganiladigan muammoni atroflicha mahsus tanlangan respondentlar tomonidan muhokama qilish va shu asosda qarorlar qabul qilish tushuniladi. Kхpchilik hollarda fokus guruhining optimal soni 8-12 kishidan iborat bхladi. Fokus-guruhni shaklllantirishda ularning ish faoliyati, yoki oilaviy ahvollari bir xil bхlishiga e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, guruh qatnashchilarini tanlashda marketing tadqiqotlarini хtkazishdan maqsad nima ekanligini hisobga olish ham zarur hisoblanadi. Fokus-guruhning yutuği kхp tomonlama, bu guruhni boshqaruvchisining bilimiga va samarali faoliyatiga ham kхp darajada boğliq bхladi. Fokus-guruhning afzalligi unda ishtirok etuvchilarning хz fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olishi, muzokaralarda buyurtmachining ham ishtirok etishiga sharoit mavjudligi va bu usulni turli yхnalishlarda qхllash mumkinligidadir.

    Sхrov marketing tadqiqotlarini хtkazishning universal usullaridan biri bхlib, bunda axborotlar etarli darajada kхp sonli respondentlar guruhining bevosita fikri asosida tхplanadi. Sхrovlar oğzaki, pochta orqali savol-javob qilish, telefon orqali sхrovlar tarzida хtkazilishi mumkin.

    Oğzaki sхrovlar boshqa sхrov turlariga qaraganda birmuncha ustunlikka ega, chunki ular shaxsiy muloqotga asoslanadi. Firmalar va korxonalar insonlarning bilimi, dunyoqarashi, iste'molchilarning qanday talablari mavjudligi, kхrsatilayotgan xizmatlardan qoniqish darajasi va boshqa masalalarni bilish uchun sхrovlar хtkazadilar.

    Sхrovlarni хtkazishda sхrov varaqalarini ishlab chiqish eng qiyin va mas'uli tli jarayon hisoblanadi. Sхrov varaqalaridagi savollarni tuzishda savollarning axborotning eng muhim jihatlarini aks ettirishiga, savollarda ularga javob berishning printsipial imkoniyati bхlishligiga, savollarning shakli sхraluvchilarda javob bermaslik ishtiyoqini uyğotmaslikka, savollarning mazmuni sхraluvchilarning tayorgarligi, ma'lumoti, bilimlarining hajmiga mos kelishiga alohida e'tibor qaratilishi lozim.

    Pochta orqali savol-javob хtkazish sa axborotni olishning nisbatan arzon usuli hisoblanadi. Bu usul bilan axborot olishning kamchiligi shundan iboratki, birinchidan, yuborilgan anketalarning qaytarilish darajasi juda past bхlsa (taxminan 10-15 %), ikkinchidan, anketa javoblarini olish kхp vaqtni talab etadi.

    Sхrov хtkazishning eng tezkor va arzon usullaridan yana biri yuqorida qayd etib хtganimizdek, telefon orqali intervyular olish hisoblanadi. Bu usulning qulayligi shundaki, berilgan savollarga 80-90 foiz javob olish mumkin bхladi. Bu usulning kamchiligi esa, savollar sonining boshqa usullardagiga nisbatan cheklanganligidir.

    Shunday qilib, marketing tadqiqotlari davomida olingan axborotlar matematik-statistik yхl bilan tahlil qilinib, xulosalar shakllanadi va shu asosda manfaatdor shaxslarga tavsiyalar beriladi.

    Anketa sхrovlarining yakuniy bosqichi bхlib sхrov natijalari bхyicha hisobotni tuzish va takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. Odatda, hisobot uch bхlimdan tashkil topgan bхladi: kirish, sхrov natijalari, xulosalar va takliflar.



    Download 0.96 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




    Download 0.96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing tadqiqotlari хtkazish usullari va bosqichlari

    Download 0.96 Mb.