Mavzu: Genomning DNK darajasidagi tahlili; PZR, gel-elektroforez va sekvenslash




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
Mavzu: Genomning DNK darajasidagi tahlili; PZR, gel-elektroforez va sekvenslash
usullari. 
Reja: 
1. Genetik tahlil — organizmlardagi irsiyash va oʻzgaruvchanliknn oʻrganish. 
2. 
Oʻzbekistonda madaniy oʻsimliklar genetikasi va seleksiyasi sohasidagi istiqbolli 
ishlar.
 
3. 
Oʻzbekistonlik olimlarning genomika soxasidagi yutuqlari.
 
 Genetik tahlil — organizmlardagi irsiyash va oʻzgaruvchanliknn oʻrganish usullari 
yigʻindisi. G. t. yordamida organizmlar belgi va xususiyatlarining oʻziga xos rivojlanish farqlari 
oʻrganiladi, bu farqlarni nazorat qiluvchi genlar miqdori hamda ularning oʻzaro taʼsir harakteri 
aniqlanadi. G. t. sitogenetik, molekulyar-genetik, populyatsion, aneuploid, mutatsion va 
gibridologik tahlillarni oʻz ichiga oladi. Sitogenetik usul yordamida xromosomalar strukturam va 
funksiyalari bilan maʼlum belgining rivojlanishi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik oʻrganiladi. 
Molekulyargenetik usul dan genlarning molekulyar tuzilishi bilan ulardagi mavjud axborot 
(informatsiya)ga muvofik, sintezlanuvchi oqsillar orasidagi munosabatlarni oʻrganishda 
foydalaniladi. Populyatsion usul genetik tadqiqotlarda mat. va variatsion statistika usullarini 
qoʻllashta asoslangan. Monosom va nullisom xromosomalardan foydalanishga asoslangan 
aneuploid usul genomning har bir xromosomasida joylashgan genlarni, shuningdek ayrim 
xromosomalarning irsiy ahamiyatini aniqlashga imkon beradi (qarang 
Monosom tahlil)

Mutatsion usul yordamida radiatsiya va kimyoviy moddalarning organizmga koʻrsatadigan 
mutagen taʼsiri oʻrganiladi; ayrim lokus (gen)lardagi mutatsiyalarning sodir boʻlish darajasi, 
spektri, tabiati hamda xromosoma aberratsiya (anomal tuzilish)larining harakteri tekshiriladi. 
Genetika (yun. genezis — kelib chiqish, paydo boʻlish) — barcha tirik organizmlarga xos 
boʻlgan irsiyat va oʻzgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini oʻrganadigan fan. 
G.ning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari hisoblanadigan xromosoma, genlar va nuklein 
kislotalar (DNK, RNK) tuzilishi hamda funksiyalarini tadqiq qilish orqali organizmlar belgi va 
xususiyatlarining rivojlanishi va kelgusi avlodlarga oʻtishini ochib berishdan iborat. Har xil fizik 
va kimyoviy omillar taʼsirida organizmlarda irsiy oʻzgaruvchanlikning paydo boʻlishi va uning 
organizmlar evolyutsiyasidagi ahamiyatini tadqiq qilish ham G.ning vazifalari qatoriga kiradi. 
Madaniy oʻsimliklarning serhosil navlari, hayvonlar va mikroorganizmlarning mahsuldor zotlari 
va shtammlarini yaratish; irsiy kasalliklarning paydo boʻlish sabablarini oʻrganish asosida 


51 
ularning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish; ekologik muhitning irsiyatga salbiy 
taʼsir etuvchi omillarini oʻrgaiib, genofondni saqlab qolishni genetik jihatdan asoslab berish G. 
tadqiqotlarining amaliy muammolarini ifodalaydi. 
G.ning mustaqil fan sifatida shakllanishida chex olimi G. Mendel tomonidan 1865 y.da 
irsiyat qonunlarining ochilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Noʻxat ustida olib borgan tajribalari 
asosida G. Mendel G.ning asosiy metoda hisoblangan duragaylash orqali irsiyatni oʻrganish 
metodiga asos soldi. U organizmlar belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodga berishi irsiyat 
omillari (hoz. tushunchaga koʻra genlar) bilan bogʻliqligini taʼkidlaydi. Mendel ochgan qonunlar 
uzoq vaqt eʼtibordan chetda qoldi. Faqat 1900 y.da de-Friz (Gollandiya), K. Korrens 
(Germaniya) va E. Chermak (Avstriya) tadqiqotlari tufayli bu krnunlar qayta kashf qilinib, 
Mendel nom i bilan ataladigan boʻldi. Shu sababdan 1900 y. G.ning mustaqil fan sifatida tashkil 
topgan yili hisoblanadi. Biroq G. termini 1906 y. ingliz olimi U. Betsonning taklifi bilan berildi. 
G.ning keyingi rivojlanishi natijasida Mendel kashf etgan qonunlarning universalligi uni barcha 
organizmlarga, jumladan odamga ham taalluqli ekanligi isbot qilindi. Keyinchalik organizmdagi 
aksariyat belgilarning irsiylanishida ikki va undan ortiq genlar ishtirok etishi bilan bogʻliq 
boʻlgan komplementarlik, epistaz, polimeriya, pleyotropiya hodisalari hamda belgilar 
irsiylanishida allel bulmagan genlarning murakkab uzaro taʼsiridan iborat kombinirlangan tip 
kashf etildi. G.ning Mendel asos solgan ushbu yoʻnalishi hozirgi davrda yanada tez 
rivojlanmoqda. Bu yoʻnalish klassik genetika, yaʼni mendelizm deb ataladi. Mendel yaratgan 
irsiyat qonunlarini isbotlashda sitologiya fani erishgan yutuqlar ham katta ahamiyatga ega. 
Sitologik tadqiqotlar tufayli irsiyatning moddiy asosi hisoblangan xromosomalar mavjudligi, ular 
soni har bir turning barcha individlari uchun bir xil boʻlishi aniqlandi. G. tarixida amerikalik 
genetik T. X. Morgan (1911) va uning xodimlari (K. Brijes, A. Stertevant va G. Meller) 
tomonidan asoslab berilgan irsiyatning xromosoma nazariyasi alohida oʻrin tutadi. Bu 
nazariyaning ochilishida Morgan va xodimlarining jins genetikasi va belgilarning jins bilan 
bogʻliq holda hamda ularning birikkan holda irsiylanishini oʻrganish natijalari katta ahamiyat 
kasb etdi. Mazkur nazariyaga binoan organizmlar belgi va xususiyatlarining irsiylanishi irsiyat 
birligi — genlar orqali amalga oshadi; genlar xromosomalarda koʻp miqdorda hamda tegishli 
tarkibda chiziq-chiziq boʻlib joylashadi. Bitta xromosomada joylashgan genlar birgalikda 
irsiylanadi va ular birikkan genlar deb ataladi. Irsiylanishning bu xili birikkan holda irsiylanish 
deyiladi. Birikkan genlarning irsiylanishi Mendelning uchinchi qonuniga mos kelmaydi. Bitta 
xromosomada joylashgan genlarning birikkan holda irsiylanishi haqidagi Morgan kashf etgan 
qonuniyat G.ning toʻrtinchi fundamental qonuni hisoblanadi. Biroq birikkan holda irsiylanish 
mutlaq boʻlmasdan, bir qancha hollarda avlodda ota-ona belgilariga nisbatan ajralish roʻy beradi. 
Bu hodisa gomologik xromosomalarning chalkashuvi (krossingover), yaʼni ikkita xromosoma 


52 
ayrim qismlarining oʻzaro oʻrin almashinishi natijasida sodir boʻladi. Bu sohadagi i. t.lar tufayli 
xromosomalarda genlarning joylashish tartiblari aniqlandi, yaʼni xromosomalarning genetik 
haritalari tuzildi. Morgan va xodimlarining tadqiqotlari G.ning bir tarmogʻi boʻlgan 
sitogenetikaning paydo boʻlishiga asos soldi. Genlarning tuzilishi va faoliyatining molekulyar 
asoslarini kimyoviy, fizik, kibernetik metodlar va matematik modellashtirish orqali tadqiq qilish 
molekulyar G.ning rivojlanishiga olib keldi. Molekulyar G. sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar 
DNK kodining kashf etilishi (J. Uotson, F. Krik, 1953); oqsil molekulalari tarkibiga kiruvchi 
aminokislotalarning biosintez jarayonida oqsil hosil boʻlishidagi ishtirokini taʼmin etuvchi irsiy 
axborot (kod) birligi boʻlgan nukleotidlar tripletining aniqlanishi (M. Nirenberg , G. Mattey, S. 
Ochoa va F. Krik, 1961—62); genning molekulyar-genetik taʼrifi izohlanishi (Bidl, Tatum); lab. 
sharoitida DNK molekulasining sunʼiy sintez kilinishi (A. Kornberg , 1958); gen funksiyasi, 
yaʼni oqsil sintez qilinishi regulyatsiyasi molekulyar mexanizmining ochib berilishi (F. Jakob, J. 
Mono, 1961-62) bilan bogʻliq. Bu sohada nazariy tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida G.ning 
amaliy sohasi — gen injeneriyasi va biotexnologiya paydo boʻldi. 
Irsiyatning mutatsiya nazariyasi kashf etilishi (de-Friz, 1903) G. tarixidagi muhim 
voqealardan biri boʻldi. Bu nazariyaga binoan kuchli taʼsir etuvchi omillar (mutagenlar) taʼsirida 
organizmlarning genlari tubdan oʻzgarib, yangi turgʻun xolatda nasldan-naslga beriladigan 
oʻzgaruvchanlik paydo boʻladi. Bu jarayon mutagenez, irsiy oʻzgargan belgi esa mutatsiya; 
mutatsiyaga ega boʻlgan organizm oʻz navbatida mutant deb ataladi. Ushbu nazariya dastlab rus 
olimi S. I. Korjinskiy tomonidan yangi dalillar bilan tasdiklandi. Nemis olimi G. Meller 1927 
y.da drozofila pashshasiga radiatsiya nurlarini taʼsir ettirib, sunʼiy sharoitda koʻplab mutatsiya 
olish mumkin ekanligini isbotladi. U tajribada hosil boʻlayotgan mutatsiyalarni hisobga olish, 
ularning tabiatini oʻrganish metodini ishlab chikdi. Rus olimlari G. A. Nadson va G. S. Filippov 
(1925) rentgen nurlari taʼsir ettirib, madaniy oʻsimliklarning har xil mutatsiyalarini olishdi. 
Ingliz olimi Sh. Auerbax, rus olimi I. A. Rapoport ayrim kuchli taʼsir etuvchi kimyoviy 
moddalar taʼsirida mutatsiya olish metodini ishlab chikdi. Bu tadqiqotlar mutatsion G. 
yoʻnalishining paydo bulishiga olib keldi. Evolyutsion G. organizmlardagi genetik 
qonuniyatlarni populyatsiya darajasida tekshiradi. Bunday maʼlumotlar evolyutsion taʼlimotni 
genetik asoslashga imkon berdi. Evolyutsion G. duragaylash, mutagenez, alohidalanish 
(izolyatsiya), kuchish (migratsiya), tanlash, genlar dreyfi, populyatsiya toʻlqini kabi omillarning 
evolyutsiyadagi ahamiyatini tushunib olishga imkon beradi. Turlar evolyutsiyasi, hayvonlar zoti 
va oʻsimlik navlari yaratishning genetik asoslarini urganish imkonini beruvchi genetikmatematik 
metodlar ishlab chikildi (ingliz olimlari R. Fisher, J. Xoldeyn, amerikalik olim S. Rayt, 1920—
30; rus olimlari S. S. Chetverikov, N. P. Dubinin va b.). N. I. Vavilovning irsiy 
oʻzgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni, madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish 


53 
genotsentrlari haqidagi taʼlimoti hamda geografik jihatdan uzoq formalarni chatishtirish va 
immunlik toʻgʻrisidagi nazariyalari oʻsimliklar seleksiyasi samaradorligini oshirishda katta 
ahamiyatga ega boʻldi. Bu gʻoyalar mevali daraxtlarning bir qancha serhosil va sovuqqa 
chidamli navlarini yetishtirish uchun asos boʻldi. Soʻnggi yillarda radiatsiya va kimyoviy 
mutagenlar yordamida mutatsiya vujudga keltirish usuli tobora keng qoʻllanilmoqda. Bir qator 
antibiotiklar, aminokislotalar va biologik faol moddalarning mutant shtammlari vujudga 
keltirilgan. 
Oʻzbekistonda madaniy oʻsimliklar genetikasi va seleksiyasi sohasidagi i. t. ishlari 
boshlangʻich material hisoblangan oʻsimliklar genofondini yaratish bilan bogʻliq. Oʻsimliklar 
genofondi oʻsimliklarning ikki kolleksiyasini oʻz ichiga oladi. Ulardan biri oʻsimliklarning 
madaniy navlari, chala yovvoyi va yovvoyi ajdodlarining dunyo kolleksiyasidir . 
Oʻzbekistonlik olimlar G. S. Zaysev, F. M. Mauyer, A. A. Abdullayev va b.ning saʼy 
harakatlari tufayli mamlakatimizda madaniy oʻsimliklarning boy kolleksiyasi barpo etildi. 
Soʻnggi yillarda gʻoʻzaning sof gomozigotali izogen, mutant, monosomik va trans-lokatsion 
liniyalar genetik kolle.k-siyasini yaratish ustida tadqiqotlar olib borildi (J. A. Musayev). ToshDU 
(hoz. OʻzMU)ning bir guruh olimlari tomonidan gʻoʻzaning muhim morfologik, biologik, 
xoʻjalik ahamiyatiga ega belgilarning genetik asoslari oʻrganib chiqildi va genetik kolleksiyasi 
yaratildi. Kolleksiyaning asosiy qismi izogen liniyalar majmuasidan iborat boʻlib, oʻzining sifati 
va soni jihatidan mamlakatlar ichida yagona hisoblanadi. Bunday kolleksiyalar gʻoʻzaning 
monosom va translokatsion liniyalari boʻyicha ham barpo etilgan. Keyingi yillarda G. sohasidagi 
tadqiqotlar Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutit ham olib borildi. Gʻoʻza 
sitogenetikasi va seleksiyasi sohalaridagi tadqiqotlarning rivojlanishiga S. S. Kanash, L. G. 
Arutyunova, F. M. Mauyer, A. A. Abdullayev, A. I. Avtonomov, L. V. Rumshevich, S. M. 
Mirahmedov, S. S. Sodiqov, B. P. Straumal va b. katta hissa qoʻshdi. N. N. Nazirov, O. J. Jalilov 
olib borgan tadqiqotlar asosida radiobiologiya, radiatsion seleksiyaning nazariy va amaliy 
asoslari ishlab chiqildi. Gʻoʻza mutagenezi sohasida bir qancha muhim tadqiqotlar olib borildi 
(Sh. I. Ibrohimov, A. E. Egamberdiyev va b.). G. sohasidagi tadqiqotlar bogʻdorchilik va 
tokchilik, donchilik, sholichilik, sabzavotchilik, botanika intlarida hamda bir qancha oliy oʻquv 
yurtlari kafedralarida olib boriladi. 
Hayvonlar genetikasi va seleksiyasi sohasidagi tadqiqotlar chorvachilik, qorakoʻlchilik va 
ipakchilik i. t. intlarida amalga oshiriladi. S. I. Shodmonov ishlab chiqqan immunogenetik metod 
krramollar seleksiyasi samaradorligini oshirish imkonini berdi. S. A. Azimov olib borgan genetik 
va seleksion tadqiqotlar natijasida sermahsul tovuq zotlari yetishtirildi. V. A. Strunnikov, U. N. 
Nasrullayev va b. olib borgan izlanishlar tufayli ipak qurtining kelgusida erkak kapalaklar 
rivojlanib chiqadigan tuxumlarini tuxumlik davridan ajratib olish imkoniyati tugʻildi. Odam 


54 
genetikasi va molekulyar biologiyaga oid i. t. ishlari tibbiyot va pediatriya oliy oʻquv yurtlari 
kafedralarida hamda endokrinologiya, biokimyo, immunologiya, virusologiya, onkologiya va 
radiologiya i. t. institutlarida amalga oshiriladi. Molekulyar G., biokimyo, gen injeneriyasi va 
biotexnologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi, 
bioorganik kimyo, mikrobiologiya kabi ilmiy tadqiqot intlari va OʻzMUda olib boriladi. 
G.fanlari sistemasi. Tekshiradigan obʼyektiga binoan G. odam G.si, hayvonlar G.si, oʻsimliklar 
G.si, mikroorganizmlar G.si, viruslar G.si kabi bir qancha fanlarga boʻlinadi. Bu fanlar ham oʻz 
navbatida bir qancha xususiy fanlarga (mas: oʻsimliklar G.si, gʻoʻza G.si, bugʻdoy G.si, sholi 
G.siga) ajratiladi. Qoʻllaniladigan ilmiy metodlariga binoan klassik G.ni (Mendel), sitogenetika, 
biokimyo, molekulyar, fiziologik, ekologik G. kabi tarmoklarga boʻlish mumkin . 

Download 4.83 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Genomning DNK darajasidagi tahlili; PZR, gel-elektroforez va sekvenslash

Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish