• — Demak, genlardagi iste’dodning uyg‘onishida sharoit muhim ekan-da Agar muhit bo‘lmasa-chi
  • Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua




    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/101
    Sana21.02.2023
    Hajmi4.83 Mb.
    #43090
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101
    Bog'liq
    O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
    asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
     Sizdagi 
    salohiyatning 
    nomoyon 
    bo’lishiga 
    nima 
    turtki 
    bo’lishi 
    mumrin? 
    — Yettinchi sinfda o‘qiyotganimda matematikadan fan olimpiadasiga qatnashganman. 
    Tumandagi barcha maktablardan o‘quvchilar kelgan, odam ko‘p, birov «Kimsan, qayerdan 
    kelding?», deb ham so‘ramaydi. Sinfga kirib o‘tirdim, berilgan masalalarni yechdim-da, chiqib 
    ketdim. Keyin bilsam, adashib sakkizinchi sinfga kirib qolgan ekanman. Tabiiyki, o‘rin 
    ololmadim. Dadam biologiya o‘qituvchisi edi. Uning maslahati bilan keyingi yili olimpiadaga 
    biologiya fanidan qatnashdim. G‘olib bo‘lib, o‘sha davrning nufuzli musobaqasi «Butunittifoq 
    olimpiadasiga» bordim. U yerda Moskva davlat universitetining o‘qituvchilari imtihon oldi. 
    Qishloq bolasi emasmanmi, rus tilini yaxshi bilmayman. Shu sabab savollarni tarjimon tarjima 
    qildi, men javob berdim. Imtihon olayotgan o‘qituvchi javoblarimdan keyin, ma’noli qaradi-da, 
    «Sen shu yerga o‘qishga kelgin, seni kutaman», dedi. O‘sha onning o‘zida ichimda nimadir 
    yondi. Keyinchalik anglab yetdimki, bu ishonch, genlarimdagi iste’dodning uyg‘onishi ekan. Bu 
    uyg‘onish uchun esa muhit, sharoit kerak ekan. Tengdoshlarim ichida mendan zo‘rlari ko‘p edi. 
    Qarangki, sharoit yo‘qligi sabab, ulardagi iste’dod yuz ko‘rsatmay qolgan. Bu yerda ishonch 
    katta kuch beradi. Ota-onalar esa, shu ishonchni uyg‘otish o‘rniga «Qo‘y, o‘qib olim 
    bo‘larmiding, ko‘zingning nurini to‘kib o‘qishing shartmi?», kabi gaplarni takrorlashadi. Bu 
    bolaning 
    iqtidorini 
    uyg‘otish 
    o‘rniga, 
    unda 
    qo‘rquvni 
    paydo 
    qiladi. 
    — Demak, genlardagi iste’dodning uyg‘onishida sharoit muhim ekan-da? Agar muhit 
    bo‘lmasa-chi? 
    — Unday holatda salohiyat yuqori darajada bo‘lsa ham, ro‘yobga chiqmaydi. Genlar tabiati 
    shunday: 
    muhitga 
    tushmasa, 
    ishlamay 
    jim 
    turaveradi. 
    Tog‘ olma achchiq, yeb bo‘lmaydigan kechpishar meva. Achchiq bo‘lganidan hatto, qush ham 
    yemaydi. Agar uni shaharga olib kelib, ekib qo‘ysangiz, birinchi yili xuddi shunday kech 
    pishadi, achchiq bo‘lganidan hech kim yemaydi. To‘rt-besh yil o‘tgach, doimgidan oldinroq 


    56 
    gullay boshlaydi. Yillar o‘tgach, mevasiga ham maza kiradi. Maza kirdi degani bu — katta 
    mazmunga ega. Agar uni yana olib borib toqqa ekib qo‘ysangiz, bahorda birinchi bo‘lib gullaydi. 
    Olmasi ham shirin bo‘ladi, qushlar yeydi. 4-5 yillar o‘tib esa, xuddi atrofidagilar singari kech 
    gullaydi, mevasi ham yana achchiq bo‘ladi. Bu epigenetika, ya’ni moslashuv, deyiladi. Aslida 
    inson 
    o‘ziga 
    ishonch, 
    muhit 
    yaratishi 
    kerak. 

    Download 4.83 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101




    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua

    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish