|
birga tuzlar hosil qiluvchi metallar kiradi Pdf ko'rish
|
bet | 170/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbebirga tuzlar hosil qiluvchi metallar kiradi.
Sanab o'tilgan moddalaming ba’zi birlari, masalan, kaliy, vino kislotasining va
temir tuzlari, oqsil va pektin moddalar kimyoviy jihatdan o'zgarmasdan qisman
chiqadi va ulaming miqdori vinoda kamayadi. Fosforotsidli birikmalar miqdori turli
sharbatlarda har xil bo'lib sharbat vinoga aylanganda kamayadi, chunki ular azotli
moddalar kabi achitqilar tomonidan iste’mol qilinadi. Sharbat bijg'ishi oldidan
sulfatlansa sulfit kislotaning miqdori oshadi.
Sharbat tarkibidagi moddalaming boshqa bir guruhi vinoga o'tganda ularda
kimyoviy o'zgarishlar kuzatiladi. Birinchi navbatda bu hoi qand (glyukoza va
fruktoza) xos bo'lib, u achitqilar ta’sirida etil spirt va karbonat gazga aylanadi.
Spirt va karbonat gazidan tashqari ikkilamchi mahsulot hisoblanadigan glitserin,
yantar va sut kislotalar, sirka aldegidi, sirka kislotasi hosil bo'ladi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, vino tarkibida glitserin miqdori nisbatan ko'pdir.
(ba’zi vinolarda 1 1 da 10-12 g gacha). Boshqa barcha moddalar vinodan mutlaq
yo'q bo'lib ketadi (masalan, karbonat gazi) yoki kam miqdorda qoladi.
Bijg'ish me’yorida sharbatdagi qand yetarlicha bo'lganda qand deyarli to'liq
hamda spirtga aylanadi, hosil bo'lgan vinoda uning faqat kam miqdori qoladi.
Qizil bo'tqa bijg'iganda oshlovchi moddalar miqdori oshib ketadi, ulaming bir
qismi oksidlanadi, oqsillar bilan birga tanitlar shaklida cho'kma hosili qiladi.
144
Azotli moddalar ham alkogol bijg'ish paytida o'zgaradi, natijada vinoga
o'tadigan yangi moddalar hosil bo'ladi.
Erlix o'z tadqiqotlarida vinodagi oliy spirtlar (amil, propil, izobutan spirtlar)
bijg'iyotgan sharbatdagi tegishli aminokislotalaming bijg'iyotgan sharbatdagi
|
| |