|
H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov Pdf ko'rish
|
bet | 330/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbetiklanishi deb baholaydilar.
Asosan o'zgarishlar quyidagilardan iborat bo'ladi. Vino muayyan darajada
xiralashadi, yoqimli aromatini yo'qotadi, undan sirka hidi kela boshlaydi. Vinoning
ta’mi keskin ravishda o'zgaradi. Uning rangi ham boshqa tusga kiradi: oq vino-
moviy rang oladi, qizil vino loyqa sarg'ish rangga kiradi. Idishlar tubida qalin,
shilimshiq, qora cho'kma hosil bo'ladi. Uni tortganda uzun ipga o'xshab cho'ziladi.
Kasallik kuchayganda u iste’molga yaroqsiz holatga kelib qoladi.
Turn va puss kasalligini aniqlash uchun quyidagi usullami qo'llaydi.
Stakaxming uchdan bir qismiga cho'kma solinib uni aylantiradi. Yorug'likka
qaratilganda aylanadigan bakteriyalar ipsimon cho'zilib yorug'likda yaltirab turadi.
Kasallikni tayoqcha va ip shaklidagi bakteriyalar yuzaga keltiradi (90-rasm).
Bu kasallik paydo bo'lishida Bact. msnnitopoeum, Bact. gracile, Micrococcus
variococcus, Bact. tartarophomm ishtirok etadi.
90-rasm. Turna bakteriyasi
Qoldiq qandi ko'p bo'lgan vinolar bu kasallikka chalinishga moyildir. Azotli
moddalar bakteriyalar uchun ho'rak bo'lishligi tufayli bu kasallik rivojlanishiga
turtni beradi. Shu sabab azotli moddalari ko'p bo'lgan mildyuoz vinolar bu
kasallikka tez-tez chalinadi. Yuqori harorat turn va puss kasalligini paydo
bo'lishida asosiy rol o'ynaydi.
239
Vino kislotaliligi kasalga boigan bardoshligini belgilab beradi. rN 3,4 ga
ko'tarilganda vinoda turli kasalligiga chalinish moyilligi paydo bo'ladi. Vino
kislotasi bakteriyalarga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Alkogol ularga sust ta’sir qiladi;
vinoda 16% alkogol bo'lganda turn bakteriyalari rivojlanaveradi. Oshlovchi
moddalar ham bu kasallik bakteriyalariga sezilarli ta’sir qilmaydi.
|
| |