Suv eshish mashqi, shuningdek, sportchilarga tananing yuqori
qismidagi kuch xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, ya’ni
qo‘l old kvadrantda ishlayotgan paytda, tananing uzun o‘q bo‘ylab
muvozanatda bo'lishini ta’minlaydi. 1, 2 va 6-tasvirlardagi holatlar
qanday nazorat qilingani va kuchli Piter o‘z tanasining yuqori
qismini uzun o‘q bo'ylab qanday saqlayotganligini yodingizda tuting.
U hech qachon o‘zining yon tomoniga aylanmaydi. U o‘zining sonini
aylantiradi, biroq bu paytda qo‘li uzun cho'zilgan bo‘ladi (1-tasvir-
dagi o‘ng qo‘l hamda 6-tasvirdagi chap qo‘l) uning yuzi/iyagining
yon tomonida qoladi va gavdasining muvozanati va barqarorligini
ta’minlaydi.
Qo‘l eshish mashqini bajarish klassik mashg‘ulotlardan bin
sanaladi. Ushbu mashqni o‘zining tayyorgarlik ko‘rish dasturiga
kiritmagan yuqori toifali suzuvchi sportchilar bo‘lmasa kerak.
Ushbu mashqni katta, ya’ni suv eshish texnikasini rivojlanti-
rish, suzish texnikasida sinxronlikni ta’minlash va gavdani kuchay-
tirish, muvozanatga solish kabi maqsadlar bilan shug‘ullanish
dasturingizga kiriting.
Ushbu bobda biz dunyodagi eng zo‘r sportchilar qanday qilib
o‘zlariga erkin suzish usuli bilan taqdim qilingan erkinliklardan foy-
dalangan holda qo‘l/oyoqlarining uchi hamda gavdasini harakatlan-
tirishini ko‘rib chiqdik; biroq siz suv havzasiga tushib qolganda
istalgan usuldan foydalanishingiz hamda o‘zingizning shaxsiy
usulingizni yaratishingiz mumkin. Qoliplardan tashqari fikr yuritish
erkinligini o‘zingizda his qiling! Bu buyuk ishlaming amalga
oshirishning yagona yo‘lidir, bunday ishlardan bir namuna: biz
tahlil qilib chiqqan Vladimir Morozovning suzish texnikasi.