• B. Hovuz devoridan itarilish va suv ostida sirpanish Itarilish sirpanishga qaraganda osonroq bajariladi. 112
  • I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va




    Download 7,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/123
    Sana18.12.2023
    Hajmi7,58 Mb.
    #122199
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123
    Bog'liq
    Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari. (Suzish). Islamov I.S, Salimgareyeva R.R

    1. Qorinda siljish.
    Eng qulay holat bo‘lishi uchun hammadan yaxshisi yonga 
    biroz egilish kerak.
    A. Hovuz devoridan itarilish oldidan to ‘g ‘ri holatni egallash 
    uchun suvga botish
    1. Qo‘llar hovuz chetini qo‘yib yuborib, tirsakda bukilib, tik 
    holatda yarim aylana qiladi, bunda oyoqlar devordan itarilmaydi.
    2. So‘ngra uning ketidan bosh ham suvga cho‘kadi. Bu qoMlar- 
    ning suv ostida birlashishiga imkon beradi.
    3. Bir panja ikkinchisining ustida bo‘ladi, q o ila r oldinga 
    uzatilgan, gavda suv yuzasiga parallel ravishda, bosh va tovonlar bir 
    xil sathda, lekin oyoqlar holi, devorga tiralmagan.
    4. Gavda biroz yonga egilgan, sekin-asta tovonlar orasidan, 
    umurtqa pog‘onasi, bo‘yin va boshdan o ‘tuvchi o ‘q bo‘yicha to ‘g‘- 
    rilana boshlaydi.
    5.
    Siljish yanada yaxshiroq bo‘lishi uchun bu holatga intilish 
    kerak, buning uchun esa:
    - suv ostida to ‘g ‘ri holatdan itarilishgacha b o ig an vaqtni aniq-
    lash;
    - mashqning birinchi qismini a ’lo darajada bajarib, suv ostida 
    birin-ketin to ‘g‘ri holatni egallash;
    - sabr-toqat qilib, mashqni qancha talab qilinsa, shuncha qay- 
    tarish kerak.
    B. Hovuz devoridan itarilish va suv ostida sirpanish
    Itarilish sirpanishga qaraganda osonroq bajariladi.
    112


    1. Siz endi suv ostidasiz, umuman oiganda, bu yerda, agar siz 
    sabr-toqat qilib, qo‘rquvni yenggan bo‘lsangiz, alohida qiyinchilik 
    kasb etilmaydi.
    2. Siz to ‘g‘ri hoiatni egallasangiz: qo'llar cho‘zilgan, bir panja 
    ikkinchisining ustida.
    3. Cheklanganlikni emas, balki taraganlikni his qilib, suv 
    ustida cho‘zilish uchun endi faqat oyoqlar bilan turtki berish qolib, 
    undan keyin esa, suv ostida uning yuzasiga parallel ravishda sirpa­
    nish kerak.
    4. Biz suv ostida uning ustidagiga qaraganda kamroq qar- 
    shilikka duch kelamiz. Tebranishlar, to ‘lqinlar yo‘q, biz ikkita har 
    xil muhit tutashgan joyda emas, balki bir xil muhitdamiz.
    Suv tanamizning ikki tomonidan hech qanday qarshiliksiz sir- 
    panib keta oladi.
    5. Oyoqlar bergan turtki oyoq barmoqlari ochilishi bilan 
    tugashi harakatni kuchaytiradi va tezlashtiradi.
    6. Gavda boshdan boshlab, to oyoq barmoq uchlarigacha bo‘- 
    yin, orqa va oyoqlardan o‘tuvchi bir chiziqda yotadi. Gavdaning 
    sirpanish paytidagi bu holati tezlikni saqlagan holda siljish uzunli- 
    gini aniqlovchi hisoblanadi. Boshni burish bilan qorinda yotish 
    holatiga qaytish mumkin.
    7. Bosh sirpanish paytida doim gavda bilan bir o ‘qda, qo‘llar 
    orasidagi bir holatda qolishi kerak. Agar suv ostida siljish tezligi 
    yuqori bo‘lsa, bosh harakati siljish yo‘nalishini o ‘zgartirishi mum­
    kin:
    - agar siz boshingizni ko‘tarsangiz, bunda siz ozmi-ko‘pmi 
    shiddat bilan yuqoriga ko‘tarilasiz;
    - agar siz boshingizni tushirib, iyagingizni ko‘krakka taqsan- 
    giz, tubga qarab ketasiz.

    Download 7,58 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123




    Download 7,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va

    Download 7,58 Mb.
    Pdf ko'rish