19-rasm. Brass usuli texnikasini о ‘rganish.
3.6. 0 ‘rganuvchilar uchun brass usuli
Brass usuli suzish texnikasining o‘ziga xos xususiyatiga ega
bo‘lib, u o ‘rganuvchilar uchun
ancha oddiy, shu bilan birga, yuqori
darajali professional suzuvchi uchun murakkabdir.
Brass usuli
o ‘rganuvchilar uchun:
- o‘rganish oson bo‘lgan oyoqlami kerish (“qaychi” harakati)
tufayli suv ustida siljishga imkon beradi;
- ko‘rish oson va nazorat qilish mumkin b o ig an ancha oddiy
mashqni qo‘l harakati bilan bajarish imkonini beradi;
- nihoyat, brass usuli tavsiya etilmagan narsa, ya’ni
nafas
organlarining suv ustida bo‘lishiga imkon beradi.
Oxirgi aytilgan, ya’ni ko‘pincha xavfli bo'lgan ustunlikka
ko‘proq intiladilar, chunki u suvdagi vaziyatni to ‘liq
boshqarishga
ishontiradi, shu bilan bir vaqtda, xavf ular kutganidan yaqinroq
bo'lishi mumkin. Afsuski, natijaga
tez erishilganligi sababli, bu
texnikadan tez-tez foydalanib turiladi.
Shu bilan bir vaqtda, suvga ko‘nikishga ahamiyat qaratish kerak.
Biz ilgari ko'rganimizdek, to ‘g ‘ri nafas olish va o ‘zining suvdagi
holatini yaxshi baholash tufayli bu ko‘nikish albatta hosil bo‘ladi.
Brass usuli bilan suzishni o ‘rganuvchilar kelajakda brass usuli
texnikasida yuqori professional darajaga erishadilar.
U yuksak
texnikaga ega va uni takomillashtirish katta tajriba talab qiladi. U
suzish uslubi xususiyatiga ega bo'lib, bunda siljish harakatlari juda
116
qisqargan bo‘ladi. Oyoq va qo‘Harning dastlabki holatga qaytish
davri suv ustida amalga oshirilib, buning natijasida oldinga siljishda
ko‘p qarshiliklar paydo boiadi.