2. Oyoq uchlari va maromga ahamiyat berib, mashqni bajaring.
1'o‘xtam vaqtini eslab qoling, bunda oyoqlar suv ustiga uzatilgan
bo‘ladi.
3. Bu mashqni uzoq vaqt qilmasdan suzish taxtasi bilan
bo‘Iadigan mashqqa o‘ting.
D. Suzish taxtasi bilan:
Siz suzish taxtasi bilan mashqni boshlashingiz bilan to‘g‘ri
nafas olishga o‘ting.
1. QoMlar taxtada.
a) Harakat va turtki berishni to‘g‘ri bajarish uchun do‘stlaringiz
nazorati ostida hovuzda bir necha metr masofani suzib o‘tish maq-
sadga muvofiq;
b) kuchni tiklash uchun suvda 10-15 tadan cho‘zilishlami tak-
rorlash, sizga bu harakatni avtomat holatiga yetkazish imkonini
beradi;
d) shunday qilib, siz o‘z jismoniy tayyorgarlik va yaxshi mashq
ko‘rganlik darajangiz ustida ish olib boryapsiz;
e) marom, takt va natijani ishlab chiqing (23-rasm);
f) har bir “qaychi” harakati orasida belgilangan to‘xtam uning
natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va siz “qaychi” harakatlaridan
kelib chiqadigan tezlikka bog‘liq sirpanishdan to‘liq foydalaning;
g) oyoqlaming har bir harakatida suv ostida bir tekis nafas
oling.