Birinchi usul
Gavda holati: bitta oyoq hovuz chetida, ikkinchisi bir oz orqa-
roqda. Gavda bir oz egilgan, qo‘llar iloji boricha pastroqqa, oyoq
panjalariga cho‘zilgan, bosh qo‘llar orasida:, panjalar ustma-ust.
Harakat: siz gavdani oyoqqa tomon egasiz, bunda qo‘llarda
ko‘proq egiling va orqada turgan oyog‘ingizni hovuz chetidan
uzasiz va iyakni ko‘krakka tirab, suvga tushasiz (41-rasm).