4. Suv ostiga tushish
a) burilish butun gavdani ishga soladi, oyoqlar devorga harakat
qiladi va unga tegmasdan kerakli hoiatni egallaydi;
b) q o ilar yonda yotib, suv ostida birlashadilar;
d) oyoqlar ko‘tariladi, bosh va qoilar suvga tushadi, panjalar
bir-birining ustiga tushadi.
5. Devorga oyoqlar bilan tayanish va turtki
a) suv ostida butun gavda qat’iy bir chiziqda, hovuz tubiga
yotiq holda va yetarlicha chuqurlikda boigandagina oyoqlar
devorda tayanch topishi mumkin (suv ostida siljishga bagishlangan
bobni qarang);
b) harakat inersiyasini buzmaslik uchun devorga tiralish
yumshoq boiishi va siltanishlar boimasligi kerak;
d) tayanch nuqtasi topilgach, turtki bajariladi, turtki harakat
inersiyasini ishga soladi, bunda inersiya turtkining bir qismi
hisoblanadi. Oyoqlar yozilganda turtki tegishli tezlikka erishadi.
e) naqd turtkidan keyin siz qoringa aylanishni boshlaysiz.