3. “Salto” burilishni o‘rgatish uchun mashqlar.
A. Aylanish
131
Siz aylanishni bajarish uchun bosh va iyakning qanday rol
o‘ynashini aniq bilib olishingiz kerak. Bu maqsadda biz do‘mbaloq
oshishni bajaramiz:
1. Oldin gilamda yugurib kelib, keyin esa, yugurmasdan
do'mbaloq oshish.
2. Suv ichida do‘mbaloq oshish:
- oyoqlar bilan depsinib, qo‘llami oldinda ushlang, so'ngra
tezlikni oshirish uchun og'irlikni qo‘llarga tushiring;
- sirg‘anishni bajarayotib aylanishni bosh harakatidan bosh
lang, so‘ngra oyoqlami birlashtiring;
- aylanishning boshida iyak ko‘krakka taqaladi. U bu holatda
aylanish bajarilmaguncha qolishi kerak;
- qaytadan suv ustiga cho‘ziling va bu mashqni bir necha marta
takrorlang.
3. Bu mashqni suzish paytida bajaring.
B. Suzuvchi chiziqlar atrofida yarim salto
- ikkala q o i oldinga cho‘zilgan, chiziqni ushlab, orqaga egiling.
- harakatni boshingizdan boshlang.
- boshingizni chiziq ostiga, so‘ngra tizzalar ostiga olib boring,
oyoqlar suv ustida cho‘zilgan.
- bel turtkisini his qiling, u oyoqlami suvdan itarib chiqaradi.
Shu lahzada to‘xtab, bu mashqni qaytadan boshlang.
D. Suzuvchi chiziqyordamida “salto” to'ntarilishi
Oldingi mashqni yangidan boshlang, oyoqlami qo‘yib yuborib,
harakatni to‘xtating.
E. Suv ichida to ‘ntarilish
Oyoq depsinishlarini bajarib, qo‘llami qattiqroq tortib, toMiq ay-
laning. Oyoqlar bilan depsinib va qo‘llami qattiqroq tortib, aylanish-
ning to‘liq ikki jarayonini bajaring va mashqlami qaytadan boshlang.
F. Devorga tiranib to ‘ntarilish
Shundan so‘ng devorga tiranishga urining va har bir fazadan
oldin tanaffus qiling.
- oyoqlar bilan depsinib va qo'llami gavda bo‘ylab cho'zib,
mashqni bajaring;
- so‘ngra ikkala qo‘lni qattiq tortib, mashqni bajaring;
- bir qo‘lni qattiqroq cho‘zish bilan;
- so‘ngra suzish paytida;
132
-
o‘z sezgilaringizni va bajarilayotgan mashqlarning sifatini
yaxshilash uchun ko‘proq urinishlar qiling.
|