Tabiiy suv havzalarida faqat yilning issiq oylarida suzish bilan
shug‘ullanish mumkin. Bunda hech qanday suvni tozalash va suvni
almashtirish talab etilmaydi. Bu havzalar asosan ommaviy suzishga
o‘rgatishda juda qo‘l keladi.
Bu havzalardagi basseyn qurilishi
asosan quyidagilarga
bo‘linadi:
1. Suzib yuruvchi.
2. Tayanchga ega basseyn .
3. Osma basseyn, chuqur bo‘lgan havzalarda.
Sun’iy basseynda albatta suv almashtiriladi va tozalanadi.
Bundan tashqari, doimiy suv haroratini ushlab turiladi. Buning
uchun ular maxsus texnologik qurilmalarga egadirlar.
Bunday
basseynda butun yil davomida shug‘ullanish mumkin va ommaviy
suzish hamda sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish vazifalari hal qilinadi.
Ular tuzilishi bo‘yicha statsionar sport inshooti yoki yig'ma - bir
joydan
ikkinchi
joyga
ko‘chirib
o‘tish
mumkin
bo'lgan
konstruksiyalarga bo‘linadi. Statsionar basseyn ochiq va yopiq yoki
suvi issitiladigan, yoki issitilmaydigan bo‘lishi mumkin. Har ikki
jihatga ega bo‘lgan basseyn olib qo‘yiladigan
yoki suriladigan
yopqichlardan iborat. Ular issiq oylarda ochib qo‘yiladi. Bunday
basseynda issiq oylarda suvni isitilishini kamaytirish ham mumkin.
Yig‘ma basseyn asosan ochiq bo'Iadi. Ularni xonalarda o‘rnatish
mumkin yoki yopqichlar bilan yopish ham mumkin. Sun’iy yoki
tabiiy basseyn qurilishida zarur bo‘lgan xonalar quriladi va ular
quyidagilardan iborat:
texnik xonalar va amborxonalar, gardirob,
dush, yechinish xonalari,
oyoq uchun vannalar, quritgichlar,
hojatxona, sauna, shamol to‘sgich, dam olish va o‘yin uchun
ajratilgan joylar hamda suv ichish uchun maxsus joylar.
Basseyn
qurilishiga
qarab
quyidagilarga
bo‘linadi:
sog‘lomlashtirish va cho‘milish uchun, o‘quv,
sport va maxsus bas-
seynga ajratiladi.
Maxsus basseynni quyidagilarga ajratish mumkin: davolash,
ilmiy tekshirish va professional tayyorgarlik uchun (qutqaruvchi
g‘avvoslar, kosmonavtlar va hokazolar uchun).