51
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
navbatda muloqotning buzilishi sifatida qaraladi. Bunda nutqiy rivojlanishdagi kamchiliklar
bolaning barcha psixologik xususiyatlarini shakllanishida namoyon bо‘ladi.
Aynan teatrlashtirilgan о‘yinlar bolalarni о‘z nuqsonlariga e’tibor qaratishlaridan ozod
bо‘lishga yordam beradi, ularni umumiy va nutqiy motorikalarini
rivojlantirish uchun, nutqni
korreksiyalash, psixoterapiyani faol vositasi sifatida qо‘llash mumkin. Bundan
tashqari,
dudqulanuvchi bolalarning mimikalari kambag‘al, ifodasiz, harakatlari koordinatsiyalari buzilgan
bо‘ladi, ritmni his qila olmaydi.
Tengdoshlari va kattalar bilan hamkorlikdagi teatrlashtirilgan faoliyati muloqot doirasini
korreksiyalash uchun sharoit yaratadi. Teatrlashtirilgan о‘yin bolani о‘ziga nisbatan munosabatini,
о‘zini tutishini, tengdoshlari, kattalar bilan muloqot qilish usullarini о‘zgartiradi. Teatrlashtirilgan
о‘yin faoliyatida bilish jarayonlari, hissiy – emotsional doirasi javdal rivojlanadi. Teatrlashtirilgan
о‘yinlarning korreksion rivojlantiruvchi imkoniyatlari oldindan ma’lum edi.
Shuningdek,
A.N.Grabarov ham drammatizatsiya bolalarning faolligini ta’minlab, ularning diqqatini oshiradi,
о‘quv materialini ongli о‘zlashtirishlarini ta’minlaydi, deb ta’kidlaydi. V.I. Seliverstov va A.G.
Volkovalarning tadqiqot natijalariga kо‘ra, dramatizatsiyali о‘yinlar ( yoki о‘yin- tomoshalar)
nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalar bilan о‘ziga xos va qiziq bо‘ladi. Unda bolalar sevimli ertaklari
mazmunini , tanish qahramonlar hatti – harakatlarini aks ettiradi, katta qiziqish bilan ertakdagi
shaxslarni, ularning о‘ziga xos harakatlarini tasvirlaydi, dialoglar olib boradi.
Agar oldindan
о‘yinga mos dekoratsiyalar, niqoblar yoki hech bо‘lmaganda ularning detallarini tayyorlanishi
о‘yinga о‘ziga xos yorqin hissiy bо‘yoqdorlikni bera oladi. Dramatizatsiyali о‘yinlar bolalar
teatridagi qо‘g‘irchoqlar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Bunday о‘yinlar bolalarning kitobga, uning ijodiy qobiliyatiga qiziqishini uyg‘otadi, nutqi
va harakatlarini rivojlantiradi. Dramatizatsiyalashtirilgan о‘yinlar
materiali sifatida quyidagi
ertaklar xizmat qilishi mumkin: rus xalq ertaklari “ Uycha”, “Sholg‘om”, “Bо‘g‘irsoq”, о‘zbek
xalq ertaklari “Zumrad va qimmat”,“ Egri va tо‘g‘ri”, “ Oltin tarvuz”, “Ur tо‘qmoq” kabi ertaklari
va turli xil chet el ertaklari xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, teatrlashtirilgan faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarni samarali
ijtimoiylashish va unda nutqiy muloqot kо‘nikmalarini shakllantirish vositasi hisoblanadi. Bunda
teatrlashtirilgan faoliyat bevosita biror bir qahramon shaxsi vositasida kо‘pgina muammolarni hal
etish imkonini beradi, bu ma’lum toifa bolalarni qо‘rqoqligi, о‘ziga ishonchini yо‘qligini va
uyatchanligini tabbiy ravishda bartaraf etishga yordam beradi.
Teatrlashtirilgan faoliyatni о‘zlashtirish dinamikasi birinchi teatrlashtirilgan о‘yinlarni
tarbiyachining о‘zi о‘tkazib, unga bolalarni jalb qilishini kо‘zda tutadi. Keyinchalik
mashg‘ulotlarda qichik mashqlar va о‘yinlardan foydalanilib, unda pedagog о‘yinda hamkorlik
qiladi, bolaga uni tashkil etishda tashabbus kо‘rsatishni
taklif etadi, faqatgina katta guruhlarda
ba’zan pedagog о‘yinda ishtirok etishi va va bolalarda syujet va uni ijrosini tanlashda mustaqillikni
uyg‘otishi mumkin.
Teatrlashtirilgan о‘yin duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashda har qanday mashg‘ulotning
yoki rejimli vaziyatlarning bir qismiga aylanishi kerak. Ular tizimli ravishda о‘tkazilishi, bunda
nutqiy materialni bolalarning imkoniyatiga mos ravishda tanlash va taqsimlash kerak. Teatrning
turli xil shakllari orqali bolalarning umumiy va mayda motrikasini rivojlantirish lozim,
duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashning birinchi bosqichida teatrlashtirilgan о‘yinlarni “ pedagog
- bolalar”, keyingi bosqichlarida esa, “ bolalar- pedagog” tizimi bо‘yicha tashkil etish kerak.
Bundan tashqari, teatrlashtirilgan о‘yinlarda nutq va nutqiy kommunikativ kо‘nikmalarni
rivojlantirishga xizmat qiladigan nutqiy vaziyatlarni ishlab chiqish kerak. Teatrlashtirilgan
о‘yinlarni maqsadli va nutqdan qо‘rqishni bartaraf etish vositasi sifatida qо‘llash lozim.
Teatrlashtirilgan о‘yinlarning о‘ziga xosligi shundaki, vaqt о‘tishi bilan bolalar kattalar
tomonidan tartibga solingan о‘z о‘yinlaridan qoniqmay qolishadi, ularni
adabiy asarlar asosida
tashkil etilgan о‘yinlar jalb qila boshlaydi ( qahramonlik, mehnat, tarixiy mavzulardagi). Bolalar
bilan ishni tashkil etishda turli xil teatrlashtirilgan faoliyat turlaridan foydalanish muhim
ahamiyatga ega. Bunday о‘yinlar о‘zgaruvchan bо‘lib, unda dramatizatsiya elementlari ishtirok