68
2
chastotaga
sozlab I
II
2
K
2
amplitudaga proporsional bo‘lgan
N
1
(E)=dN
2
/dE
2
signallarni yozib olish mumkin.
3.7-rasmda Mo monokristalli uchun N
I
(E) spektrlari keltirilgan. Oje-
spektrda Mo dan tashqari S va O ga tegishli cho‘qqilar aniq ko‘rinib turibdi.
2
2
dE
dN
C
500 E
2
, эВ
3.7-rasm. Molibden monokristalining oje-spektri
Ko‘rib o‘tilgan oje-spektrometrda har xil burchaklar
ostida chiqayotgan
barcha ikkilamchi elektronlar qayd qilinganligi uchun ular hosil qilgan tok katta
bo‘ladi. Ammo bunda kerakli oje-signallar bilan birgalikda boshqa signallar
(shovqin) ham kollektorga yetib keladi va qayd qilinadi. Eng yaxshi hollardagina
signalning shovqinga nisbatini 10
2
ga yetkazish mumkin.
Bunday analizatorlarning ajrata olish qobiliyati
0,5
1% atrofida bo‘ladi.
- ajratish lozim bo‘lgan ikki yonma-yon cho‘qqi orasidagi energetik oraliq.
2. Silindrik ko‘zguli analizatorga ega bo‘lgan spektrometrlar.
Bunday
analizator bitta markaziy o‘qqa ega bo‘lgan ikkita (ichki va tashqi) silindrdan
iborat bo‘ladi. Ichki silindr ichiga optik o‘qi analizatorlarning markaziy o‘qi bilan
ustma-ust tushadigan qilib elektron to‘p joylashtiriladi.
Analizator ikkita fokusga
69
ega bo‘lib, ulardan biriga mishen, ikkinchisiga esa ikkilamchi elektronlarni qabul
qiluvchi asbob (elektron kuchaytirgich - EK) o‘rnatiladi (3.8 – rasm).
3.8-rasm. Silindrik ko‘zguli analizator spektrometri: EK – elektron
kuchaytirgich, EEO – elektronlar energiyali oqimi, T – to‘siq, 1 va 2 – ichki va
tashqi silindrlar.
Nishondan uchib chiqqan elektronlar radial yo‘nalishlar bo‘ylab
harakatlanib, ichki silindrdagi halqasimon tirqish orqali o‘ta boshlaydi. Tashqi
silindrga berilgan manfiy potensial ma’lum energiyali
elektronlarni orqaga
qaytarib, ikkinchi halqasimon ko’zgu orqali EK ga yo‘naltiradi. Tahlil qilinayotgan
elektronlarning energiyasi tashqi silindr potensialiga proporsional bo‘ladi.
Maydonning ekvipotensialligini saqlash uchun halqasimon tirqishlarga to‘rlar
qoplanadi. Elektronlar ichki silindr orqali EK ga tushmasligi uchun elektron
energiyali oqimi (EEO) orqa tomoniga to‘siq qo‘yiladi.
Bu usulda yozib olingan signal to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkilamchi elektronlarning
spektri N(E) ni beradi. Oje-signallarni yozish uchun tashqi silindrga qo‘shimcha
70
ozgina sinusoida kuchlanish
U=Ksin
t beriladi. Bu spektrometrda signalning
shovqinga nisbati 103 va undan katta bo‘ladi.
Ajrata olish qobiliyati esa 0,2
0,5% ni tashkil qiladi. Demak,
silindrik
ko‘zguli analizatorlarning sezgirlik va aniqlik darajasi to‘xtatuvchi maydonli
analizatorlardan ancha yuqori bo‘ladi.
Biz ko‘rib o‘tgan bu ikkala turdagi analizatorlarning o‘nlab modifikatsiyalari
ishlab chiqilgan. Bundan tashqari uchinchi tur analizatorlar ham mavjud. Bunday
analizatorlar Yuza-Rojanskiy analizatori deb ataladi. Bu analizatorlar hozirgi
kunda oje-elektron spektroskopiya keng tarqalmagan.