xususiyatini) jihatdan baholash. Sut yoki qaymoq
haroratini va kislotadorlik darajasini aniqlash. Kelti-
rilgan massadagi yog‘ va tozalik darajasini aniqlash.
Mahsulot miqdorini tekshirib aniqlash.
Tortilgan mahsulot miqdori qanchaligi maxsus
jumalga yoziladi. Qabul qilinishi mumkin boTgan
mahsulot quyidagi talablarga javob berishi lozim:
A) qabul qilish mumkin, agar mahsulot tabiiy va toza
hamda sigimi tuqqanidan 7 kundan ko‘proq vaqt o'tgan
boTsa. B) organoleptik baholash, idish qopqog'ini
ochish bilan tezda olib boriladi. Bunda sut yuzasida
quyqa, qon dogTari, oqsil boTaklari boTsa, shuningdek,
mahsulot rangi ko‘kimtir, qizig‘ish, sariq boTsa, mazasi
yomon boTsa (ya’ni mog‘or, sassiq hidli, nordon, piyoz,
sarimsoq hidli va h.k.) Bunday sut qabul qilinmaydi. D)
mahsulot olib kelingan idishning tashqi va ichki tomoni
nihoyatda iflos boTsa, uning qopqog‘i toza temir yoki
yog‘ochdan boTib, uning ichki tomoni uncha toza
boTmasa va qopqog‘i zichlab berkitilgan boTmasa.
E) kislotalik darajasi 20°T dan ortiq boTmasligi talab
etiladi.
Sut tarkibidagi yog‘ har idishdan alohida namuna
olingani holda nazorat ishlari olib boriladi. Sutning
kislotalik darajasi va tozaligini hisobga olgan holda u
navlarga ajratiladi