U c h i n c h i b o ‘ l i m
BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI
TEXNOLOGIYASI
Avvalo shuni aytish lozimki, sobiq sovet ittifoqi
g ‘oyat katta baliq boyligiga ega bo‘lgan.
Uning suv
havzalarida xilma-xil oila va turlarga mansub baliqlar
yashaydi. Bir qancha baliq turlari shu qadar ko‘p
ovlanadiki, ular savdoda alohida mahsulot guruhlarini
tashkil qiladi.
Jumladan, seldlar, mayda seldlar, treska
va boshqalar bunga misol bo‘la oladi.
Shuningdek,
osyotrlar oilasiga mansub, qimmatbaho baliq turlari
ko‘p ovlanadi. Lekin,
bunday baliq turlari boshqa
mamlakat suv havzalarida kamdan-kam uchraydi.
Baliq va baliq mahsulotlari oziq-ovqat resurslarida
muhim ahamiyat kasb etadi. Ular to‘yim!iligi va
oziqaviy qiymati jihatidan uy hayvonlari go‘shtiga
o ‘xshash bo‘lib, hazm qilinishi borasida undan yuqori
turadi. Adabiyotlardagi ayrim ma'lumotlarga qaraganda
har bir kishi bir yil davomida 14,6 kg baliq go‘shti
iste’mol qilishi lozim ekan.
Ovlanadigan hamma baliqlaming 82
%i
ochiq
suv havzalarida tutiladi.
Baliqlami ochiq dengizlarda
ko‘plab ovlash bilan birga, qirg‘oq bo'yidan va ko‘l-
dengiz havzalaridan baliq tutish ham o‘z ahamiyatini
saqlab qolmoqda. Masalan, oq dengiz qirg‘oqlaridan
seld, treska, syomga, navaga,
koryushka deb nomla-
nuvchi baliqlar tutiladi. Bu baliqlaming oziqaviy sifati
boshqa havzalardagi shu xil baliqlarga qaraganda ancha
yuqori turadi.
Azov - qora dengiz havzalarida (dunay, dnepr,
don, kuban daryolari bilan birga) turi va nomlari juda
xilma-xil bo‘lgan baliqlar ovlanadi. Bu havzalardan
182
www.ziyouz.com kutubxonasi
ov qilinadigan asosiy baliqlar: leshch, sudak, kambala,
xamsa, bichki, stavrida,
skumbriya va kefal kabilar
hisoblanadi.