qiyofasi bilan bir xil va hatto ular bir xil oila va turga
mansub bo‘lsa-da, ulaming yashash sharoiti, yoshi,
ovlash davri va h.k.lar ta'sirida go‘shtining kimyoviy
xususiyat bo‘yicha birmuncha farqlari bo‘lishi tabiiydir.
Baliqlaming shakli ulaming boshi va og‘zini tuzi-
lishing va suzg‘ich qanotlarining
soni va joylashishiga
bog‘liq bo‘ladi. Bular baliq turlarini aniqlashda eng
asosiy belgilar hisoblanadi.
Baliqlaming tashqi qoplami ham ulaming xarak-
terlovchi muhim belgilaridandir. Ulaming tanasi teri
bilan qoplangan bo‘lib, ko‘p baliqlaming terisi tan-
gachalardan iborat. Lekin, minoga va laqqa baliqlarda
tangachalar bo‘lmaydi.
O syotr baliqlarining terisi
suyaksimon rombik qal-
qon bilan qoplangan bo‘ladi. Bu qalqonlar baliq tanasi
bo‘ylab besh qator joylashgan. Shuningdek, ayrim
qalqonchalar baliqlaming butun tanasiga yoyilgan
bo‘ladi.
Baliq terisi ikki qatlamdan iborat bo‘ladi.
Birin-
chisi - epidermis yoki terining ustki qatlami va ikkin-
chisi - derma, yoki tig‘iz to‘qimadan iborat. Teri ustki
qatlamida shilliq chiqarib bemvchi bezlar joylashgan.
Baliqlaming rangdorligi, tanasidagi dogTar, xollari,
teridagi pigment hujayralariga bogTiq.
Baliq skeleti suyakdan yoki tog‘aydan
tashkil
topgan. Suyakli baliqlarda tog‘ay suyaklaming bir-
biriga birikkan joyida boTadi; tog‘ayli baliqlarda
esa suyak boTmaydi yoki skeletning ba’zi bir joylari
qisman suyaklangan boTishi mumkin. Ko‘p baliqlarda
skeletning
asosiy suyaklaridan tashqari, go‘shtining
orasida, ajratib olish birmuncha qiyin boTgan muskul
oraligi qiltanoq (mayda suyakjlari boTadi.
Baliqning suzgTch qanotlari qattiq, qayishqoq
boTib, suyaklar orqali teri pardasiga birikkan boTadi.
Ulaming asosi tog‘aydan iborat. SuzgTch qanotlari
jufit va toq suzg‘ich qanotlariga boTinadi. Juflt suzg‘ich
185
www.ziyouz.com kutubxonasi
qanotlariga ikkita ko‘krak va ikkita qorin suzg‘ich
qanotlari, toq suzg‘ich
qanotlariga - orqa, dum osti
hamda dum suzg‘ich qanotlari kiradi.