muzlatilsa, ulaming suzg‘ich qanotlari va jabra qop-
qoqchalari ochiq holda qotib qoladi. Jabra bargchalari
och qizg‘ish rangga aylanadi. Baliq tarkibidagi bar-
cha oziqaviy moddalar saqlanib qoladi. Agar baliq
yaxshilab yuvilmagan bo‘lsa, uning yuza qismidagi
shilliq oqarib ketadi va u baliqning tashqi ko'rinishini
yomonlashtiradi. Baliqlar sun’iy holda qumq muzla-
tilganda baliqning ustidagi shilliqlar yuvib yo‘qotiladi,
ayrim turlarining ichak-chavaqlari ham olib tashlanadi.
Quruq sun'iy holda muzlatilgan baliqning usti toza,
tabiiy rangda, tanasining shakli to‘g ‘ri saqlangan,
suzg‘ich qanotlari va jabra qopqoqchalari tanasiga
yopishgan holda bo‘ladi. Bu usulda baliqlar odatda
donalab yoki sochilgan holda muzlatiladi.
Ho‘l usulda
m uzlatish - muzlatgich yordamida
sovutilgan namakobga joylashdan iborat. Bunda baliq
bevosita sovutuvchi namakobga (kontakt usulda)
yoki namakob tegmasligi uchun maxsus idishlarga
(kontaktsiz usulda) joylanishi talab etiladi. Kontakt
usulda muzlatishda baliqlar ikki marta yuviladi. Bi-
rinchi marta muzlatish oldidan (ustidagi shillig‘ini
yo'qotish uchun) va ikkinchi marta muzlatilgandan
so‘ng (ustidan namakoblami yo‘qotish uchun) yuviladi.
Shunga qaramasdan, bu usulda muzlatilgan baliqlaming
usti, ayniqsa, qomining yupqa qismi birozgina tuzlanib
qolishi natijasida qisman bo‘lsa-da biroz xiralashib
qoladi. Mayda baliqlar ko‘pincha maxsus qoliplarda
blok shaklida, filelar briket shaklda bo‘ladi. Baliq fi-
lesi baliqlardan tayyorlangan chala tayyor mahsulot
hisoblanib, ulami muzlatish texnologiyasi yuqorida
bayon qilingan talablar asosida bajariladi.