3. Baliqlami muzlatish texnologiyasini tushuntirib bering.
4. Baliqlar qanday usullar yordamida muzlatiladi?
5. Baliqlami muz-tuz aralashmasida muzlatish qanday
amalga oshiriladi?
6. Muzlatilgan baliqlar qanday navlarga bo‘linadi?
X V I I I B O B. BALIQ KONSERVALARIVA
PRESERVALARINIISHLAB CHIQARISH
TEXNOLOGIYASI
Baliq konservalari baliq go'shtidan
tayyorlangan
va bankalarga joylashtirilib, texnologik talab asosida
dumaloqlangan va sterilizatsiya
qilingan mahsulot
hisoblanadi. Baliq konservalarini tayyorlash texnikasi
go‘sht konservalarini tayyorlash texnikasidan birmun-
cha farq qiladi.
Baliq konservalariga preservalar ham kiradi.
Lekin
ular sterilizatsiya qilinmaydi. Faqat mahsulot solin-
gan idish og'zi havo kirmaydigan holda zich qilib
berkitiladi.
Baliq konservalari to'yimliligi yuqori bo‘lgan
mahsulot bo‘lib, iste'mol
uchun tayyor holda ishlab
chiqariladi. Baliq konservalari o ‘zining energetik qiy-
matiga ko‘ra (ayniqsa, o ‘simlik moyi, hamda pomidor
sousi qo‘shilgan) xom
ashyo mahsulotidan nihoyat
yuqori darajadaligi bilan ajralib turadi. Buning asosiy
sababi
sifatida
baliqlaming
iste’molga
yaroqsiz
yoki oziqaviy qiymati tuban bo'lgan qismlarini olib
tashlashgina bo‘lmasdan,
balki asosan konservaga
pomidor sousi, yog‘, sabzavot, krupa va har xil ziravor
va dorivorlar qo‘shilganligi hisoblanadi.
Bundan
tashqari, konserva tayyorlashdan oldin xom
ashyoga dastlabki ishlov berish (qovirish, dudlash,
so‘ldirish va h.k.), mahsulot sifatini oshiradi, ta'mini
yaxshilaydi va yaxshi hazm bo‘lishini ta'minlaydi.
200
www.ziyouz.com kutubxonasi
Inson organizmida barcha turdagi baliq konservalaridagi
oqsillaming 85-90 foizi, yog‘ning 84-96 foizi to‘la
o'zlashtirilishi aniqlangan.
Konserva ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra,
quyidagicha bo‘lishi mumkin: