• Preservalar tayyorlash
  • Baliq konservalarini ishlab chiqarish
  • Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/141
    Sana16.09.2024
    Hajmi5,56 Mb.
    #271209
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   141
    Bog'liq
    Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

    1. Tabiiy holicha, 
    ya’ni 
    mahsulotning tabiiy tarkibini deyarli o‘zgartirmay 
    tayyorlanadigan konservalar. Ular o ‘z sharbatida tay- 
    yorlanadi. 2. Tarkibiga qo‘shimcha mahsulotlar (pomi- 
    dor sousi, o ‘simlik moyi va turli dorivorlar) qo‘shib 
    tayyorlanadigan konservalar. 3. Isitib iste'mol qilina- 
    digan konservalar. Ularga ba’zan suv qo‘shib, suyul- 
    tirib iste’mol qilish mumkin. Jumladan, kotletlar, 
    solyankalar, sabzavotli konservalar, baliq sho‘rvalari 
    bimga misol bo‘ladi.
    Preservalar tayyorlash 
    uchun xushbo‘y tuzlangan 
    va dorivorlar qo‘shib sirkalangan, bankalarga joylash- 
    tirilgan va zich qilib berkitilgan (kilka, salaka, seld, 
    xamsa) mahsulotlar birmuncha ma’qul hisoblanadi. 
    Preservalar pishirilmaydi, binobarin, ular sterilizatsiya 
    qilinmagan deb hisoblanadi..
    Konservalar iste'mol qilinishiga ko‘ra ozuqabop va 
    zakuskabop xillarga bo‘linadi.
    Baliq konservalarini ishlab chiqarish
    Baliq konservalari yangi uxlagan baliqlardan, 
    sovutilgan va muzlagan baliqlardan tayyorlanadi. 
    Qo‘shimcha mahsulot sifatida: sabzavot, turli krupalar, 
    pomidor sousi, o‘simlik moyi, dorivor va ziravorlardan 
    foydalaniladi.
    Baliq konservalari ishlab chiqaradigan zavodlarda 
    dastavval mahsulot sifati organoleptik jihatidan teks- 
    hirib chiqiladi. Sifatsiz mahsulot (xom ashyo) qabul 
    qilinmaydi. Baliqlarga dastlabki ishlov berishdan oldin 
    ulami harorati 0°C bo‘lgan sovuq xonalarda 2 sut-
    201
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    kagacha saqlash mumkin. Muzlatilgan baliqlami -18°C 
    da baliq turiga ko‘ra 1-5 oygacha saqlash mumkin.
    Muzlagan baliqlami muzdan tushirish ishlari 
    ochiq havoda yoki chuchuk suvda, yoki uncha sho'r 
    bo‘lmagan namakobda saqlash mumkin. Baliqlami 
    keyin shu suvda yuvish mumkin. Baliqlar suvda uzoq 
    qolib ketmasligi lozim, aks holda baliq go‘shti bo‘kadi 
    va uning tarkibidagi ekstraktiv moddalar parchalanib 
    ketadi.
    Baliq tanasidagi iste'molga yaroqsiz yoki tuban 
    sifatga ega qismlari olib tashlanadi. Baliq tanasi 
    tozalanadi, bo'laklarga bo‘linadi. Mahsulotga maza ki- 
    ritish uchun u tuzlanadi (tuz baliq vaznining 1,2-2% 
    ga teng bo‘lishi mumkin). Talab etilsa sirkali namakob 
    eritmasi va sous quyiladi.
    Tayyorlanayotgan mahsulotning turiga ko‘ra chala 
    tuzlangan va chala quritilgan baliqlar issiqlik ta'sirida 
    ishlanadi. Ya’ni qaynatiladi (blanshirovaniya), qaynab 
    turgan suvda qisman saqlanib, o‘simlik moyiga solinadi, 
    keyin sirkali namakobda saqlanadi, o ‘simlik moyida 
    qovuriladi, qizdiriladi, issiq havoda chala quritiladi yoki 
    infraqizil nurlar ta'sirida ishlanib dudlanadi.
    Issiqlik yordamida ishlash natijasida baliqlaming 
    konsistentsiyasi yaxshilanadi, mazasi, hidi va tashqi 
    ko‘rinishi 
    talab 
    darajasiga keltiriladi. 
    Ko‘pincha 
    mahsulotning oziqaviy qiymati ortadi, oqsil tarkibidagi 
    (ammiak va serovodorod) ayrim qo‘lansa hidlar bartaraf 
    etiladi.
    Konservalami qaynatish (blanshirovaniye), faqat- 
    gina ayrim tur baliq (sardin, sayra, stavrida, yirik atlan- 
    tika seldi kabi)lar uchun qoTlaniladi. Ayrim hollarda 
    ularga moy, pomidor sousi qo‘shish tavsiya etiladi.

    Download 5,56 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   141




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash

    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish