|
Baliq konservalari va preservalari sifatiga Pdf ko'rish
|
bet | 128/141 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 5,56 Mb. | | #271209 |
Bog'liq Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)Baliq konservalari va preservalari sifatiga
b oigan talablar.
Konservalaming tashqi ko‘rinishiga,
bankalar holatiga ko‘ra b o ig an talablar xuddi go‘sht
konservalarinikiga o ‘xshash va bir xil boiadi.
Bunda asosan quyidagilarga alohida e ’tibor beriladi:
konservaning sof og‘irligi, tarkibi (baliq, moy,
sho‘rva, tomat va h.k.), baliqlami bankaga joylash
usuli (chalqancha, yonlama, ustma-ust chalishtirib
terilganligi), baliq holati, zalivkasi, hidi, mazasi va
uning konsistentsiyasi shular jumlasidandir.
Agar
ayrim nuqson va kamchiliklari bo‘lsa
mahsulot sotuvga chiqarilmaydi. Jumladan, bankalar
zich qilib berkitilmagan bo‘lsa, bakteriologik va kimyo-
viy holati, bankalar shishib ketgan bo‘lsa, mahsulotning
rangi, ta'm i va hidi yomonlashgan b o isa va texnologiya
talablariga javob bermasa, mahsulot brak qilinadi.
K onservalarni joylash. Bunda ulami tunika yoki
shisha bankalarga qadoqlanganligi hisobga olinadi.
Qimmatli konserva turlari (tabiiy konservalar, shprot,
sardinka va h.k.) faqat tunika idishlarga joylanadi.
Bunda bankalaming hajmi 100 g dan 550 g gacha,
ba’zan zakaz uchun 1-3 kg gacha bo‘lishi ham mumkin.
K onservalarni saqlash. Bu tadbir, nisbiy namligi
75 foizdan ortiq bo'lmagan, shamollatib turiladigan
xonalarda olib boriladi. Bunda havo harorati 0° dan
15°C gacha bo'lishi mumkin. Agar havo harorati yuqori
bo‘lsa, mahsulot buzilishiga imkon yaratilgan bo‘ladi.
Agar havo harorati pasayib ketsa, konservalaming
konsistentsiyasi yomonlashadi va baliq go‘shti uvalanib
ketadigan bo‘lib qoladi. Tabiiy konservalami 2 yilgacha
saqlash mumkin. Moyli va pomidor sousli konservalar
1 yilgacha, preservalami 6 oygacha saqlanadi.
205
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |