jabrennaya - bunda jabralari va ayrim ichki organlari olib
tashlanadi. K o‘krak suzgichlari ham olib tashlanadi;
jabrovannaya - jabrasi va qisman ichki qismi olib
tashlangan seldlar hisoblanadi;
ko‘ndalangiga kesish - tuz yaxshiroq singishi uchun yirik baliqlar tanlab
olinadi. Baliq kallasi ba'zan olib tashlanadi, ba’zan
olinmaydi. Qorin qismini yorib, ichki organlari ham
olib tashlanadi;
plast - orqa tomonidan umurtqa
pog‘onasi bo‘ylab yuqori labidan, to dum suzg‘igacha
yoriladi va baliq ikkita yaxlit nimtaga ajratiladi. Yi-
rik baliqlaming kallasi olib tashlanadi. Qalin go‘shti
qismlariga ko‘ndalang kesiklar qilinadi;
yarim plast - ikki kesik bilan: orqa tomoni bo‘ylab, o ‘ng ko‘zidan
to dum suzgichigacha va chap tomonidan orqasining
go‘shtdor qismigacha yoriladi;
spinka - baliq ichak-
chavoqlaridan tashqari baliqning qorin qismi, ko‘krak
suzg‘ich qanotidan o ‘tib, to anal teshigigacha kesib
olib tashlanadi. B a’zan kallasi ham olib tashlanadi.
Baliq yarim fabrikat sifatida dudlash va so‘litish uchun
ishlatiladi;
tesha (qorin) - yirik va semiz baliqlaming
qorin
qismi
alohida baliq mahsulotlari
sifatida
tayyorlash uchun ishlatiladi;
kusok va bokovinok - ichak-chavag‘i olingan, m a’lum o ‘lchamda tartibli
kesilgan yirik baliq bo‘laklaridan iborat bo‘ladi.
Baliqlar qanday tartibda tozalanganligi idishning
markirovkasida ko‘rsatilishi talab etiladi.
207
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tuzlash kuchi, ya'ni baliq go‘shtidagi tuz miqdori
mahsulotning sifatiga katta ta’sir ko'rsatadi. Sarflangan
tuz miqdoriga qarab tuzlash turlari quyidagicha bo‘lishi
mumkin: -