Baliqlarga ishlov berishda muz erib, baliqning tana
haroratini pasaytiruvchi sovuq namakob hosil b o ‘ladi.
Namakob baliq go‘shtiga singadi. Namakob ta ’sirida
baliq jabralari oqarib ketadi, go‘shti esa deyarli qorayib,
baliqning tashqi tomoni xira bo‘lib qoladi.
Baliqlar bu usulda muzlatilishi natijasida ayrim
hollarda muzning qirrali b o ‘laklari baliqlami ezadi va
terisi shikastlanadi. Shuningdek, yuqori qatlamning
og‘irligi natijasida quyi qatlamdagi baliqlaming shak-
li o ‘zgaradi. Binobarin, uning har qavati orasida
m xlangan tunika to ‘siqlari qo‘yish tavsiya etiladi.
B a l i q f l l e s i
- baliq tanasidagi iste’molga yaroqsiz
qismlarini olib tashlab, asosan baliq go‘shtidan
tayyorlangan mahsulotdir. Uni tayyorlash uchun,
oldin baliq yuviladi, briket yoki yarim nimta (treska
baliqlar) ko ‘rinishida bo ‘lak-bo‘lak qilib muzlatiladi.
File - asosan, treska, kerex, leshch, sazan, laqqa baliq,
sudak, dengiz okuni, cho‘rtan baliq, paltus va boshqa
tur baliqlardan tayyorlanadi.
File tayyorlash uchun belgilangan baliqtaming
tangachasi tozalanib
(treska balig‘idan tashqari),
ichak-chavag‘i olib tashlanib, boshi ajratiladi, yelka
kamar suyaklari, umurtqa pog‘onasi va qovurg‘a
suyaklari ajratib olinadi. Treska balig‘ining qomidagi
qora pardasi olib tashlanadi. Treska, paltus va leshch
baliqlari go‘shtidan tayyorlangan filelarda qovurg‘a
suyaklari boTishi mumkin. Shuningdek, laqqa, paltus
va treska baliqlarining ustidagi terilarini olib tashlashga
mxsat beriladi.