• Baliq to ‘qim alari
  • Yog‘ to‘qimasi
  • Tog‘ay va suyak to‘qimalari
  • Bilimni tekshirish uchun savollar
  • Baliqning  muskulaturasi




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/141
    Sana16.09.2024
    Hajmi5,56 Mb.
    #271209
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   141
    Bog'liq
    Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

    Baliqning 
    muskulaturasi 
    umurtqa 
    pog‘onasi 
    bo‘ylab joylashgan to‘rtta katta asosiy muskuldan 
    hamda skelet suyagiga yoki tog‘ayiga birlashgan mayda 
    bosh va suzg‘ich qanotlari muskullaridan iborat.
    Ichki organlari 
    - ovqat hazm qilish tizimi, qon 
    aylanish organlari, jigar, buyrak, suzg‘ich pufakchasi, 
    nafas olish va jinsiy organlaridan iborat.
    Baliq to ‘qim alari
    Baliq to ‘qimalari bir qancha turlarga bo‘linadi. Bi- 
    riktiruvchi, yog‘, tog‘ay, suyak va muskul to‘qimalar 
    shular jumlasidandir.
    Biriktiruvchi to‘qima baliq tanasining hamma 
    qismida, har xil shakllarda'uchraydi. Bu to ‘qima barcha 
    hujayra, to‘qima va organ guruhlarini o‘zaro bog‘lashda 
    muhim ahamiyat kasb etadi.
    Yog‘ to‘qimasi 
    - yog‘ hujayralaridan tashkil 
    topgan bo‘lib, asosan g‘ovak biriktiruvchi to‘qimalarda 
    rivojlangan bo‘ladi.
    Bu to‘qima baliq mahsuloti sifatini oshirish imkonini 
    beradi. Muskuullari oralig‘iga yog‘ joylashgan baliqlar 
    nihoyatda qimmatli hisoblanadi. Masalan, osyotrlarda 
    10% gacha, ilon baliqlarda 30% gacha, sudak va treska 
    baliqlarida 1-2% yog‘ bo‘lishi aniqlangan.
    Tog‘ay va suyak to‘qimalari 
    - baliq tanasida 
    tayanch vazifasini bajaradi. Baliq konservalarida 
    ulaming hamma suyaklari yumshab ketadi.
    M uskul to ‘qim aIari ko‘ndalang yo‘l-yo‘l tuzilgan 
    tolalardan iborat bo‘lib, ular «miofibrill» deb ataladi. 
    Muskul hujayralari - hujayra yadrosi, sarkoplazma va 
    sarkolemma qobig‘idan tashkil topgan.
    186
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Bilimni tekshirish uchun savollar
    1. Ovlanadigan baliqlar to‘g ‘risida nimalami bilasiz?
    2. Baliqlaming qanday biologik xususiyatlarini bilasiz?
    3. Baliqning tana to‘qimalari to‘g ‘risida tushuncha bering.
    X V I B O B . BALIQ MAHSULOTLARINING KIMYO- 
    VIY TARKIBI, FIZIK XUSUSIYATI VA OZIQAVIY 
    QIYMATI
    Baliq go‘shtining kimyoviy tarkibi birinchi nav- 
    batda uning oziqaviy qiymatini belgilashda eng mu- 
    him ko‘rsatkichi hisoblanadi. Baliq go‘shtining ozi- 
    qaviy qiymati va uning sifati (ta’mi, mazasi, xush- 
    xo‘rligi) dastavval uning tarkibidagi oqsil, yog‘, 
    uglevod, vitamin, mineral elementlar va suv miqdoriga 
    bog‘liq. Bundan tashqari, baliq go‘shtida inson uchun 
    hayotiy muhim hisoblangan aminokislotalar va modda 
    almashinuvida hayotiy jarayonlami boshqara oladigan 
    turli organik moddalar bo‘lishi uning oziqaviy qiymatini 
    yanada oshiradi.

    Download 5,56 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   141




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish