kuvlanadi. Yog‘ qumoqlari hosil bo‘lgach, ayron qismi
quyib olinadi. Yog‘ qismi 7-15°C suv bilan yuviladi va
unga mexanik ishlov beriladi. Bunda yog‘ qumoqlari
birlashib, bir xil massani hosil qiladi. Shu usulda
sariyog1 vujudga keladi. Tayyor bo‘lgan sariyog‘
ma'lum idishlarga joylashtiriladi hamda yuqorida
koTsatilgan sovuq haroratda saqlanadi. Agar tuzli
sariyog‘ tayyorlash talab etilsa, u holda yog‘ qumoqlari
yuvilib boTingach, unga yetarli miqdorda tuz solinadi
va mexanik ishlov beriladi. Sariyog‘ning rangi oq yoki
tiniq-sariq boTadi. Namligi navlariga ko‘ra 16-20 foiz,
yog‘ darajasi 81,5-82,5 foiz atrofida va tuzli sariyog‘da
tuz miqdori 15 foiz atrofida boTadi.