Bankalar sovitilgandan keyin saralash xonasiga o‘t-
kaziladi. Sterillangan konservalami birinchi
marta sara-
lash bankalaming zich yopilganligini tekshirishdan
iborat. Agar bankalar zich yopilgan bo‘lsa, sterillash
davrida ichidagi mahsulotning suyuq qismi tashqariga
chiqmaydi, ya’ni bankalaming usti toza va oq bo‘ladi.
Zich yopilmagan bankalardan esa sterillash davrida
oldin havo, keyin esa suyuqlik chiqadi. Bunday ban-
kalar oq yoki qoramtir-sariq
rangli tomchilar bilan
ko‘zga tashlanganligi uchun yaroqsiz hisoblanib ochi-
ladi va ichidagi mahsulot qiyma qilinib tezda sotishga
yuboriladi.
Sterillangan bankalar 24 soat ichida yana ikkinchi
marta saralanadi va ular termostat xonasiga yuboriladi.
Bu xonada bankalar piramida shaklida teriladi va 3 7 -
39° haroratda 5-10 kun saqlanadi.
K onserva tayyorlashda sanitariya-giniyena sha-
roiti tekshirilib boriladi. Bunda avtoklavkadagi ste-
rillangan har bir partiya bankalaming 5-10
foizi ter-
mostatda saqlansa, shu kifoya hisoblanadi. Natijada
hamma partiya mahsulotning sifatini va qancha muddat
saqlanishi lozimligi aniqlanadi.
Har bir partiya konservalar savdo tashkilotlariga
chiqarilishidan oldin organoleptik va bakteriologik
nazoratdan o‘tkaziladi. Bunda ijobiy natijaga ega bo‘l-
gan konservalarga realizatsiya
qilinishi uchun mxsat
beriladi.
Konservalar termostatda saqlangandan so‘ng ular
ikkinchi marta tekshiriladi. Bunda bankalaming tagi va
ustki qopqog‘i teri qoplangan tayoqcha bilan uriladi,
yaxshi yopilgan bankalar urilganda, past ovoz chiqib,
ulaming tagi va qopqog‘i avvalgi holatini egallaydi.
Shishgan bankalardan aniq va jaranglagan ovoz chi-
qib, tagi va qopqog‘i qavargan holda qolaveradi. Tek-
shirilgan konserva bankalar qumq yog‘och qirindisi
bilan artilib, etiketka yopishtiriladi
va taglari neytral
78
www.ziyouz.com kutubxonasi
(texnikaviy) yog‘, vazelin yoki serezin bilan yupqa qi-
lib moylanadi.
Bankalar artilmasdan issiq 0,5-1 foizli ishqor
eritmasi bilan yuvilsa ham bo‘ladi. Bunda ular yashik-
larga joylashtirilib
saqlash
omboriga jo ‘natiladi.
Omborda konservalar yashiklarda yoki yashiksiz
saqlanishi mumkin. Barcha bankalar 1,75—2,5 m ba-
landlikda «piramida» usulida teriladi.
Bunda pastki
qatordagi bankalar yog‘och panjaralar ustiga terilishi
mumkin. Shuningdek, yashiklar orasini 0,5 m dan qilib
bir-birining ustiga 8-10 qatordan terish tavsiya etiladi.
Ombor qish vaqtida issiq bo‘lishi uchun yaxshilab
berkitilishi, havo issiq bo‘lganida sovitilib turilishi
lozim. Ombordagi harorat 0° dan +6°
gacha va havo
namligi 75-80 foiz b oiishi maqsadga muvofiq hisob-
lanadi.